15.12-rasm. To‘g‘ri va yon proeksiyadagi roentgen
tasvirda o‘rta ichak buralish belgisi
Ichak malrotatsiyasi sababli kelib chiqqan surunkali qisman duodenal ichak
tutilishi har xil yoshda namoyon bo‘lishi mumkin. Agar u ichak buralishiga bog‘liq
bo‘lsa, ba’zan diareya va malabsorbsiya sindromi kuzatiladi. Qorin og‘rig‘i bilan
(yoki qorin og‘rig‘isiz) birga keladigan, vaqti-vaqti bilan qusish bo‘lsa, obstruksiya
belgilarini aniqlashga imkon beradigan OITni yuqori qismlarining elektron optik
uskuna (EOU) nazorati ostida seriyali kontrast rentgenografik tekshiruvi
o‘tkazishga ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |