Klinika va diagnostika. QAning birinchi simptomi – bola yuta olmaydigan
so‘lakning ko‘p miqdorda ajralishi (11.2-rasm). Agar yangi tug‘ilgan bolani
ovqatlantira boshlansa, unda u tiqilib qoladi, yo‘taladi, bunda
tez-tez
ko‘karish
va
qayt qilish
paydo bo‘ladi. Distal TQT bo‘lganida, ko‘p ifodalanadigan dinamikada
nafas olish buzilishlari ko‘payadi.
11.2-rasm. Qizilo‘ngach atreziyasi bilan yangi tug‘ilgan bola.
Mabodo UTTda sersuvlik
aniqlansa
va homilaning qorni ko‘rinmasa QA
tashxisi antenatal qo‘yilishi mumkin. Ba’zan qizilo‘ngachning proksimal bo‘limini
kengayganligi aniqlanadi, bu ham xususan QAni tasdiqlaydi (11.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |