10-bob. KO‘KRAK QAFASI RIVOJLANISHINING NUQSONLARI VA
ANOMALIYALARI
Ko‘krak
qafasining
tug‘ma
deformatsiyalari
ko‘krak,
qovurg‘alar,
umurtqaning rivojlanish nuqsonlari tufayli kelib chiqadi va turli darajadagi
kosmetik yetishmovchiliklar chaqiradi, lekin ko‘pincha ko‘krak qafasi a’zolarining
funksiyalarini ham buzadi. Ko‘pincha «voronkasimon» va «bo‘rtgan» ko‘kraklar
uchraydi. Kamroq holatlarda ko‘krakning yo‘qligi yoki yopilmasligi uchraydi.
Qovurg‘alarning rivojlanish anomaliyasi (qovurg‘alarning yo‘qligi yoki
rivojlanmaganligi, qo‘shimcha qovurg‘alar, ularning noto‘g‘ri o‘sishi) kamdan kam
holatlarda ichki a’zolar deformatsiyasi va funksiyasining buzilishi bilan kechadi, va
odatda, operativ muolajani talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |