Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Klinika  va  diagnostika.  Girshpring  kasalligida  ichak  obstruksiyasi  qisman, 
distal  joylashgan  ichakning  cho‘zilishi  esa  turlicha  ekan,  unda  kasallikning  klinik 
kechishi  bir  necha  variantlarga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Bunda  farq  nafaqat 
simptomatika  munosabatida,  balki  klinik  namoyon  bo‘lishlar  boshlanish  vaqtida 
(yoshi) mavjud. Garchi kasallik ko‘pincha yangi tug‘ilganlik davrida boshlansada, 
biroq  safro  aralashmasi  bilan  qusish  bilan  ichak  obstruksiyasi  omillari,  qorinning 
kattalashishi  va  ichak  bo‘shashi  ushlanishi  kabi  simptomlar  hamma  bemorlarda 
ham  yetarlicha  ifodalangan  va  doimiy  emas.  Ular  faqatgina  anamnezda  namoyon 
qilinishi mumkin.  
 Suyuq  stul,  qusish  va  sepsis  namoyon  bo‘lishi  enterokolit  haqida  guvohlik 
beradi,  odatda,  aniqlanmagan  surunkali  obstruksiya  bilan  jiddiy  o‘tkir 
keskinlashuv.  Aganglioz  zonasi  uzunligi  va  kasallik  diagnostikalanadigan  yosh 
orasidagi korrelyatsiya yo‘qligi ko‘p kuzatiladi, lekin to‘g‘ri tushuntirilmaydi.  
Hozirgi vaqtda Girshprung kasalligi tashxisi yangi tug‘ilganlik davrida tobora 
ko‘p  qo‘yilmoqda.  Bunga,  shubhasiz,  neonatologlar  malakasining  oshishi, 
shuningdek,  biopsiyaning  yangi  zamonaviy  metodlari  rivojlanishi  sharoit 
yaratmoqda.  Kasallikning  klassik  kartinasi  simptomlarning  triadasini  o‘z  ichiga 
oladi: safro bilan qusish, qorinning kattalashuvi va ichak bo‘shashi ushlanishi yoki 
nochor  stul  bo‘lishi.  Bunday  simptomatikada  reaktal  tadqiqot,  qorin  bo‘shlig‘i 
rentgenogrammasi, bariy bilan irrigografiya va rektal biopsiyani o‘tkazish zarur.  
Agar  94  %  sog‘lom  o‘z  vaqtida  tug‘ilgan  bolalarda  mekoniy  hayotining 
birinchi 24 soatida ketsa, Girshprung kasalligida shuningdek, 94 %da mekoniy bu 
vaqt  davomida  yo‘q.  Bu  simptomning  ahamiyati  hazirgi  vaqtda  kamaymoqda, 
chunki  normada  ham  mekoniy  ketishi  ushlanishi  kuzatiladigan  muddatidan  oldin 
tug‘ilgan  bolalar  soni  sezilarli  oshmoqda.  Har  qanday  holatda  tug‘ilgandan  so‘ng 
faqat  48  soatdan  keyin  mekoniyning  paydo  bo‘lishi  sog‘lom  yangi  tug‘ilganlar 
uchun noodatiy.  
Rektal tadqiqot katta ahamiyatga ega, chunki anorektal anomaliyalarni yo‘qqa 
chiqarish, shuningdek, to‘g‘ri ichakda mekoniy borligini namoyon qilishga yordam 


 
165 
beradi.  Bunda  ko‘pgina  yangi  tug‘ilganlarda  barmoq  orqasida  stul  ketadi.  Eski 
ishlarda  ushbu  tadqiqotdan  so‘ng  ichakning  effektli  bo‘shashi  bilan  ichak 
ichidagilarning  ko‘p  chiqishi  sodir  bo‘lishiga  ko‘rsatmalar  bor,  biroq,  mening 
shaxsiy  tajribam  bunday  effect  doimiy  emasligini  ko‘rsatdi.  Girshprung  kasalligi 
klinik  kartinasining  yo‘g‘on  ichak  perforatsiyasi  namoyon  bo‘lishi  yoki  yangi 
tug‘ilganlarda  appenditsit  bilan  o‘xshashligi,  Girshprung  kasalligining  yo‘g‘on 
ichak atreziyasi bilan qo‘shilishi kabi shuningdek, kamdan kam kuzatiladi. 
Hamma  yangi  tug‘ilganlarda  ham  Girshprung  kasalligi  ichak  obstruksiyasi 
bilan  namoyon  bo‘lmas  ekan,  unda  qator  holatlarda  tashxis  kechroq  qo‘yiladi, 
odatda  kal  massalari  ancha  quyuq  konsistensiyaga  ega  bo‘ladigan  dieta 
kengayganidan  keyin.  Bunda  asosiy  shikoyat  –  stulning  kesilishi.  Ichakning 
bo‘shashi  ko‘pincha  barmoq  bilan  manipulyatsiya  yoki  shamlarning  kiritilishidan 
so‘ng  sodir  bo‘ladi.  Shuningdek,  ishtaha  pasayishi  va  yoshga  mos  keladigan  tana 
massasining oshishi bo‘lmasligi kuzatiladi.  
Tekshiruvda  qorin  devorchasi  orqali  konturlanadigan  ichakning  kuchaygan 
peristaltikasi,  shuningdek,  qorin  kattalashishi,  qovurg‘a  yoyining  kengayishi  va 
qorin  devorchasi  yupqalashishi  ko‘rinadi.  Kal  massalari  massivli  to‘plamlar 
ko‘rinishida  palpirlanishi  mumkin.  Tekshiruvda  Girshprung  kasalligini  qoidaga 
ko‘ra,  kalomazaniya,  anal  og‘riqlari  va  qon  ketishi,  shuningdek,  ba’zan  sfinkter 
ortida  distal  tarqaladigan  to‘g‘ri  ichak  ampulasida  kal  toshlari  bo‘ladigan 
funksional qotishlardan differensiyalash mumkin. Girshprung kasalligi boshlangan 
bemorlarning ota-onalari, odatda, klizmalar yordamida qotishlarni faol davolashadi 
(to‘g‘rirog‘i, davolashga majbur bo‘lishadi).  
 Girshprung  kasalligida  rentgenogrammalar  kam  axborot  beradi.  Ular 
faqatgina  ichak  o‘tib  bo‘lmasligi  bilan  differensial  diagnostikani  o‘tkazish, 
shuningdek,  kamdan  kam  holatlarda  irrigografiyaga  qarshi  ko‘rsatiladigan 
qandaydir  topilmalarni  namoyon  qilish  imkonini  beradi.  Irrigografiya  uchun 
bariydan foydalanish shubhasiz ustunliklarga ega, chunki boshqa kontrast moddalar 
odatda yo gipertonik hisoblanadi, yo kechiktirilgan rentgenogrammalar (24 soatdan 
so‘ng)  interpretatsiyasini  qiyinlashtiradigan  yuzaki  faol  ingredientlarga  ega 


 
166 
bo‘lishadi.  Sog‘lom  bolalarda  to‘g‘ri  ichak  diametri  yo‘g‘on  ichakniki  kabi  (yoki 
kattaroq)  bo‘lishi  kerak.  Eng  qimmatli  axborotni  ayniqsa,  o‘tish  zonasi  to‘g‘ri 
ichakda joylashgan holatlarda to‘ldirish vaqtida o‘tkazilgan yon rentgenogrammasi 
beradi.  Kengaygan  ichak  to‘g‘ri  soyasining  o‘tish  zonasiga  yotqizilishi  uni 
yashirishi  mumkin,  shuning  uchun  yon  tomondan  proeksiya  ancha  axborotli 
hisoblanadi (16.2-rasm).  

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish