A) kichik, katta B) katta, kichik C) tur, tip D) tur, turkum
1318. Har bir individ o'zining shaxsiy rivojlanishini — ontogenezida filogenezning, ya'ni tarixiy rivojlanishining qisqacha takrorlanishini ifodalaydi. Bu qaysi qonun hisoblanadi?
A) biogenetik B) abiogenetik C) embrionning o’xshashlik qonuni D) filoembriogenez
1319. Biogenetik qonun kimlar tomonidan yaratilgan?
A) ingliz olimlari Gekkel va Myuller B) nemis olimlari Gekkel va Meller
C) nemis olimlari Myuller va Gekkel D) Kyuve va Lamark
1320. Oldin yaxlit plastinkali, keyinchalik ikki, uch, to'rt, besh bo'lakli barglar hosil qiladigan o’simlikni ko’rsating?
A) raymondiy B) klotsshianum C) herbatsuim D) Meksika g’o’zasi
1321. Qaysi g'o'za turlari poyasidagi barcha barglar yaxlit plastinkadan iborat?
A) raymondiy, herbatsium B) klotsshianum, raymondiy
C) herbatsuim, barbadenze D) Meksika g’o’zasi, Misr g’o’zasi
1322. Filoembriogenez nazariyasi muallifi kim?
A) Seversov B) Shmalgauzen C) Gekkel va Myuller D) Lamark
1323. Quyidagilardan qaysi biri filoembriogenez nazariyasiga taaluqli?
A) odam embrionining dastlabki bosqichida jabra yoriqlarining bo’lishi
B) tulkining embrional rivojlanish davrida kaltakesakka xos tangachalarni hosil bo’lmasligi
C) laqqa baliqda urug’lanish tashqi bo’lib, jabralarining lichinka va voyaga yetgan davrda bo’lishi
D) madaniy g’o’za navlarining barglari dastlab yaxlit bo’lib, keyinchalik ko’p bo’lakli barglar hosil qilishi
1324. Sudralib yuruvchilar terisidagi tangachalar qaysi hujayralarning rivojlanishi hisobiga paydo bo’ladi?
A) biriktiruvchi va uning ostidagi epitelial B) biriktiruvchi va yog’ hujayralari
C) epiteliy va yog’ hujayralari D) epitelial va uning ostidagi biriktiruvchi
1325. Sutemizuvchilarda … to'qima hosilalari rivojini o'zgartirib, teri orasida soch xaltasini rivojlantiradi.
A) biriktiruvchi va uning ostidagi epitelial B) biriktiruvchi va yog’ hujayralari
C) epiteliy va yog’ hujayralari D) epitelial va biriktiruvchi
1326. Toshbaqaning odingi oyog’i qanday suyaklardan tashkil topgan?
1.kaft, 2.kaftusti, 3.bilak, 4.tirsak, 5.barmoq, 6.yelka,
A) 6,3,4,5 B)6,5,4,1 C) 6,4,3,1,5 D) 6,3,4,2,1,5
1327. Bajaradigan funksiyasidan qat'i nazar, tuzilishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biridan farq qiladigan organlar (a), bajaradigan funksiyasi jihatidan farq qiladigan, ammo kelib chiqishi jihatidan bir xil organlar(b) qanday nomlanadi?
A) gomologik, analogik B) analogik, gomologik
C) gomologik, nogomologik D) rudiment, analogik
1328. Quyidagilarning qaysilari shakli o’zgargan barg (a), shakli o’zgargan poya(b), shakli o’zgargan epidermis?
1. no'xat gajaklari, 2. do'lananing tikanlari, 3. atirgul, 4. zirk tikanlari, 5. malinaning tikanlari, 6. kaktus tikanlari,
A) a-4,7,1; b-2; c-5,3 B) a-7,1; b-2; c-5,3,4 C) a-3,7,1; b-2; c-5,4 D) a-5,3; b-2; c- 4,7,1
1329. Boshoyoqli molluskalarda va sutemizuvchilarda ko’z qayerdan hosil bo’ladi?
A) bosh miyaning yon o’simtasidan va ektodermadan
B) endodermadan va bosh miyaning yon o’simtasidan
C) ektodermadan va bosh miyaning yon o’simtasidan
D) endodermadan va ektodermadan
1330. Ixtiozavr qaysi tipga kiradi va u qaysi erada yashagan?
A) sudralib yuruvchi, mezozoy B) xordalilar, paleozoy
C) xordalilar, mezozoy D) sudralib yuruvchilar, paleozoy
1331. Qaysi o’simlikni tikani yon bargning o’zgarishidan hosil bo’ladi?
A) oq akatsiya B) do’lana C) maymunjon D) zirk
Do'stlaringiz bilan baham: |