ТЕСТ ТОПШИРИҚЛАРИ 1. Odam organizmining oqsilga bo‘lgan sutkalik o‘rtacha ehtiyoji qanchaga teng?
250 g;
500 g;
odamning har 1 kg massasiga 4.5 g oqsil to‘g‘ri keladi;
odamning har 1 kg massasiga 1-1.5 g oqsil to‘g‘ri keladi.*
2.Odamning ozuqa ratsionidagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning optimal nisbati qanday bo’lishi kerak (oqsillar:yog‘lar:uglevodlar)?
1,0 : 1,0 : 1,0;
1,5 : 1,0 : 3,2;
1,0 : 4,0 : 1,2;
1,0 : 1,2 : 4,0.*
3. «Ovqatlanish» iborasining ta’rifini tanlang.
inson organizmining hayot uchun muhim bo‘lgan ehtiyoji;*
ovqatga oshlatiladigan o‘simlik va hayvon mahsulotlari;
oziq-ovqat mahsulotlarining biologik va energetik qiymatini belgilovchi moddalar kompleksi;
oziq-ovqat mahsulotlarining oziqaviy qiymati va iste’molboplik xususiyatlarining uyg‘unligi.
4. «Nutrientlar» iborasining ta’rifini tanlang.
inson organizmining hayot uchun muhim bo‘lgan ehtiyoji;
ovqat tayyorlash jarayoni;
ovqatga oshlatiladigan o‘simlik va hayvon mahsulotlari;
oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini belgilovchi omillar.*
5. Oziq-ovqat mahsulotlariga xos bo‘lmagan vazifani ko‘rsating.
energiya manbai;
inson organizmida yangi hujayralash hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan moddalarning ta’minotchisi;
organizmida moddalar almashinuvi uchun zarur bo‘lgan moddalarning ta’minotchisi;
kislorodning manbai.*
6. «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati iborasining ta’rifini tanlang.
inson organizmining hayot uchun muhim bo‘lgan ehtiyoji;
ovqat tayyorlash jarayoni;
ovqatga oshlatiladigan o‘simlik va hayvon mahsulotlari;
oziq-ovqat mahsulotlarining oziqaviy qiymati va iste’molboplik xususiyatlarining uyg‘unligi.*
7. «Mahsulotning oziqaviy qiymati» iborasining ta’rifini belgilang.
inson organizmining hayot uchun muhim bo‘lgan ehtiyoji;
ovqat tayyorlash jarayoni;
ovqatga oshlatiladigan o‘simlik va hayvon mahsulotlari;
oziq-ovqat mahsulotlarining biologik va energetik qiymatini belgilovchi moddalar kompleksi.*
9. Oziq-ovqat mahsulotlarining biologik qiymatini tavsiflovchi ko‘r-satkichni belgilang.
oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning biologik oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan energiya miqdori;
oqsil aminokislota tarkibining, organizm ehtiyojlariga mosligi darajasini aks ettiruvchi sifat ko‘rsatkichi;*
oziq-ovqat mahsulotlari yog‘li komponentlarining, tarkibidagi polito‘yinmagan yog‘ kislotalari miqdorini aks ettiruvchi sifat ko‘rsatkichi;
oziq-ovqat mahsulotlari nutrientlarining inson organizmidagi hayot uchun muhim bo‘lgan sistemalarga ta’siri.
10. Oziq-ovqat mahsulotlarining biologik samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichni belgilang.
oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning biologik oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan energiya miqdori;
oqsil aminokislota tarkibining, organizm ehtiyojlariga mosligi darajasini aks ettiruvchi sifat ko‘rsatkichi;
oziq-ovqat mahsulotlari yog‘li komponentlarining, tarkibidagi polito‘yinmagan yog‘ kislotalari miqdorini aks ettiruvchi sifat ko‘rsatkichi;*
oziq-ovqat mahsulotlari nutrientlarining inson organizmidagi hayot uchun muhim bo‘lgan sistemalarga ta’siri;