32. .XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkistonda tasviriy san’at qaysi hudud miniaturachilari ijodida namoyon bo’ldi?
1.Xiva 2.Buxoro 3.Samarqand 4.Toshkent 5.Qo’qon 6.Farg’ona
a) 2,3,5 b) 1,2,5
s) 2,3,6 d) 3,4,5
33. Otto fori Bismark iste’fosidan soʻng tuzilgan hukumat tomonidan sotsialistlarga qarshi “favqulodda qonun” bekor qilingach, qaysi partiya ochiq holatda ishlash sharoitiga oʻtdi?
A) German ittifoqi B) Pangerman
C) GSDP D) GKP
34. Quyidagi Vizantiya imperiyasi bilan bogʻliq voqealarning xronologik ketma-ketligi toʻgʻri berilgan javobni toping.
1. Konstantinopolda Magnavr oliy maktabi tashkil etildi.
2. Vizantiyaga slavyan qabilalari kelib oʻrnasha boshladi.
3. “Ziroatchilik qonunlari" yozildi.
4. Arab xalifaligi hujumlari natijasida vizantiyaliklar Suriya va Misrni boy berdi.
A) 2, 4, 3, 1 B) 3, 4, 2, 1
С) 1, 3, 2, 4 D) 4, 3, 1, 2
35. 1153-yilda koʻchmanchi oʻgʻuzlar Sulton Sanjarga qarshi koʻtargan isyoni oqibatida Saljuqiylar davlati zaiflashadi va undan qaysi hududlar ajralib chiqadi?
1. Ozarbayjon; 2. Fors. 3. Shimoliy Hindiston 4. Kichik Osiyo; 5. Uzoq Sharq; 6. Kermon
A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 3, 5, 6
C) 2, 4, 5, 6 D) 2, 3, 4, 5
36. Quyidagi qaysi tarixiy shaxlar nomlari mill.avv. IV asr voqealarida zikr etilgan?
1) Aleksandr ; 2) Doro III 3) Bess; 4) Chandragupta; 5) Aristotel; 6) Frada; 7) Ashoka; 8) Kiaksar; 9) Miltiad.
A) 2, 4, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 5, 6, 7, 8, 9 D) 1, 3, 5, 6, 7, 9
37. 1868-yil Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomaga ko'ra qaysi shaharlar Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o'tdi?
A) Urgut, Samarqand, Panjikent, Zarafshon, Kattaqo'rg'on, Ko'lob
B) Xo'jand, O'ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo'rg'on
C) Chimkent, O'zgan, Qorategin, O'ratepa, Xo'jand, Ko'lob
D) Toshkent, Panjikent, Samarqand, Kattaqo'rg'on, O'ratepa, Urgut
38. Amir Temur davlatining tarkibiy tuzilishi harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan bo'lsa-da, …
A) turkiy qabilalar boshqaruvidagi ittifoq edi
B) jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalarining manfaatlarini ta'minlash nazarda tutilgan edi
C) an'anaviy boshqaruv tizimini inkor etardi
D) barlos zodagonlarining manfaati yuqori turardi
39. Quyidagi qaysi tarixiy shaxlar nomlari milodiy I asr voqealarida zikr etilgan?
1) Kaligula; 2) Brut; 3) Iso Masih; 4) Pontiy Pilot; 5) Vima Kadfiz; 6) Arrian; 7) Kudzula Kadfiz; 8) Poliyen; 9) Antiox
A) 2, 4, 5, 7, 8 B) 1, 3, 5, 6, 7, 9
C) 1, 3, 4, 5, 7 D) 2, 5, 6, 7, 8, 9
40. Kushon davlati tarixi bilan bog'liq to'g'ri ma'lumotlarni aniqlang.
1) Demetriy hukmronligi davrida Hindistonning bir qismini o'z davlatiga qo'shib oldi; 2) mil. avv. III-II asrlarda Jonbosqal'a va Qo'yqirilganqal'a shaharlari barpo etilgan; 3) Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Afg'oniston
va Kashmir Kushon davlatiga qo'shib olindi; 4) milodiy I asrda Guyshuan xonadonining boshlig'i barcha mulklarini birlashtirib, Kushon davlatiga asos soldi; 5) milodiy I-II asrlarda Kanishka hukmronligi davrida Kushon podsholigi o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishdi; 6) So'g'diyona xalqi Spitamen boshchiligida bosqinchilarga qarshi qo'zg'alon ko'tardi
A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 6
Do'stlaringiz bilan baham: |