Test
1. Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) qachon tashkil etilgan?
a) 1960
b) 1958
c) 1956
d) 1985
2. TIMSS dasturi nimani aniqlaydi?
a) boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligini
b) 15 yoshdagi o‘smirlarning o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligini
c) 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini
d) maktabgacha ta’lim sohasidagi yutuqlarni
3. PIRLS dasturi nimani aniqlaydi?
a) maktabgacha ta’lim sohasidagi yutuqlarni
b) 15 yoshdagi o‘smirlarning o‘qish, matematika v a ijtimoiy fanlar savodxonligini
c) 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini
d) boshlang’ich sinfda tahsil oluvchi o’quvchi-yoshlarning matnni o’qish va tushunish darajalari sifatini
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qachon tasdiqlandi?
a) 2021yil 29 aprel
b) 2018 yil 19 mart
c) 2020 yil 2 may
d) 2019 yil 29 aprel
5. O‘zbekiston PISA xalqaro dastur reytingi bo‘yicha 2030 yilga kelib jahonning birinchi nechta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishga erishish belgilangan?
a) 10 ta ilg‘or mamlakat qatoriga
b) 30 ta ilg‘or mamlakat qatoriga
c) 40 ta ilg‘or mamlakat qatoriga
d) 20 ta ilg‘or mamlakat qatoriga
6. Yaxshi o’qish malakasining sifatlari bu-
a) Ifodali she’r o’qish
b) Qoidalarni to’g’ri yod olish
c) tez, to’g’ri, ongli, ifodali o’qish
d) Qayta hikoya qila olish
7. O’qituvchi o’quvchining ongli o’qishini nimaga qarab baholaydi?
a) nutq jarayonida nafas olishdan foydalana bilishiga qarab
b) asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to’g’riligiga qarab
c) xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qishiga qarab
d) tinish belgilariga rioya qilib o’qishiga qarab
8. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi qaysi kompetensiya turiga kiradi?
a) fanga oid
b) umumiy
c) tayanch
d) xususiy
9. PIRLS, odatda, 4-sinf o‘quvchilarining keng qamrovli nechta tushunish jarayonlarini baholaydi?
a) 2 ta
b) 4 ta
c) 5 ta
d) 3 ta
10. PIRLS dasturi qachon tashkil etilgan?
a) 2001
b) 1990
c) 2000
d) 2019
11. ePIRLS (o‘quvchilarning onlayn o‘qish savodxonligini baholashga mo‘ljallangan) dasturi qachondan boshlab qo‘shimcha tanlov asosida otkazilayapti?
a) 2001
b) 2016
c) 2000
d) 2019
12. PIRLS-2001 tadqiqotida jami nechta mamlakat ishtirok etdi?
a) 20
b) 45
c) 60
d) 35
13. PIRLS ning 2016-yilda tadqiqotida qaysi davlat dunyo bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan?
a) Qozog’iston
b) Rossiya Federatsiyasi
c) Finlyandiya
d) Singapur
14. O’qish savodxonligining ikki muhim maqsadi nima?
a) tushunish va aytish
b) Badiiy tajriba orttirish va axborot olish va undan foydalanish.
c) yod olish va aytish
d) 1 daqiqada ko’p so’z oqish va ko’p she’r yod olish
15. Tushunish jarayonlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
a) aniq ko‘rinishda berilgan ma’lumotni topish; to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish; g‘oyalar va axborotni umumlashtirish, talqin qilish va uyg‘unlashtirish; kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish
b) aniq ko‘rinishda berilgan ma’lumotni topish; to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish.
c) g‘oyalar va axborotni umumlashtirish, talqin qilish va uyg‘unlashtirish; kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
d) to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish; matnni yoddan aytib berish.
16. ePIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uzunligi taxminan qancha bo’ladi?
a) 350 ta so‘zgacha
b) 100 ta so‘zgacha
c) 200 ta so‘zgacha
d) 1000 ta so‘zgacha
17. PIRLS tadqiqotidagi matnlar murakkabligiga ko'ra, o'rtacha 500 dan 800 tagacha belgilanadi. O'quvchilarning o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun nechta so'zdan iborat bo'lishi mumkin?
a) 1000 ta bo’lishi mumkin
b) 900 ta so'zdan iborat bo'ladi.
c) 100-200 ta so'zdan iborat bo'ladi.
d) 400–500 ta bo’lishi mumkin
18. PIRLS tadqiqotida eng yuqori daraja necha ball bilan belgilanadi?
a) 475 ball
b) 625 ball va undan yuqori
c) 550 ball
d) 400 ball
19. PIRLS tadqiqotlarida foydalanilgan “Uch, burgut, uchaqol!” ertagida cho‘pon burgut bolasini uyiga olib kelib nima qildi?
a) Uni uchishga o‘rgatdi.
b) Uni ozod qildi.
c) Uni tovuqlar bilan birga boqib, tovuqlardek bo‘lishni o‘rgatdi.
d) Unga yangi uya qurib berdi.
20. PIRLS tadqiqotlarida foydalanilgan “G‘aroyib tun” matnida timsoh qayerdan paydo bo‘ldi?
a) Yuvinish xonasidan
b) Jurnal muqovasidan
c) Yotoq tagidan
d) Yaqin oradagi daryodan
Do'stlaringiz bilan baham: |