To’g’ri javob: b) Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ahli oilalari ichidan birinchi bo‘lib u zotning ortlaridan boradigan kishi ekanliklarini aytganlari uchun;
Izoh: Choshgoh vaqti Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotimani chaqirib, uning qulog‘iga shivirladilar, Fotima yig‘ladi. Keyin yana chaqirib, qulog‘iga shivirladilar, u bu safar xursand bo‘lib kuldi. Oisha aytadi: «Biz keyinchalik Fotimadan bu haqda so‘raganimizda u: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam shu kasalliklarida vafot etishlarini aytdilar, shunda men yig‘ladim. Keyingisida ahli oilalari ichidan birinchi bo‘lib u zotning ortlaridan boradigan kishi men bo‘lishimni aytdilar, shunda men xursand bo‘lib kuldim», deb javob berdi. (“Sahihi Buxoriy”)
"Rasululloh vafot etdilar", degan gapni eshitganida oyoqlari bo'shashib, yerga qulab tushgan sahoba kim edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |