Rasululloh s.a.v.ning ilk g’azotlari qaysi edi?
To’g’ri javob: Abvo (yoki Vaddon).
Izoh: Abvo’ yoki Vaddon g‘azoti Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning birinchi g‘azotlari edi, unda o‘n besh kun Madinada bo‘lmadilar. Bayroqlari oq rangli bo‘lib, uni Hamza ibn Abdulmuttalib ko‘tarib olgandi. (“Rahiyq al-maxtum”).
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Ota-onam sizga fido bo‘lsin!» — deb aytganlar?
To’g’ri javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos
Izoh: Sa’d ibn Abu Vaqqos (Sa’d ibn Molik) raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni menga: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytdilar», — deydilar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)
Haj ibodati qaysi payg’ambar davrlaridan buyon ado etiladi?
To’g’ri javob: Ibrohim alayhissalom.
Izoh: Haj ibodati Ibrohim alayhissalom davrlaridan buyon bo‘lib kelar edi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida nimani mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik deganlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |