2018-yil yakunlariga ko‘ra dunyodagi yirik moliyaviy texnologiyalar to‘g‘risidagi ma’lumot
Muqobil moliyalashtirish Zamonaviy moliya tizimiga hozirgi kunda “muqobil moliyalashtirish” kabi moliyaviy yangiliklar kirib keldi. Bu esa “muqobil moliyalashtirish bozori”ni vujudga keltirdi.
O‘zida moliyalashtirishning noan’anaviy ikki va undan ko‘proq bo‘lgan variant (shakl)larini taklif qiluvchi moliyaviy manba (mablag‘)lar bozoriga muqobil moliyalashtirish bozori deyiladi.
Muqobil moliyalashtirish shakllariga misol qilib P2P kreditlash (peer-to-peer lending) va kraudfanding (crowdfunding)larni keltirishimiz mumkin.