7. Sovg‘alarni qabul qilib olish joyi, vaqti va tartibi
7.1. Sovg‘alar, Operator bilan telekommunikatsion xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma imzolangan shaxsga - Ishtirokchiga taqdim etiladi.
7.2. Sovg‘alarni qabul qilib olish vaqtida, Ishtirokchi pasport nusxasi (ro‘yxatdan o‘tgan joyi ko‘rsatilgan varog‘i bilan birgalikda), Abonent raqami Ishtirokchining nomida ekanligini tasdiqlovchi hujjatni, soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) va jamg`arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasini (agar bu hujjad mavjud bo`lsa) taqdim etishi lozim. Ishtirokchi tomonidan yuqorida qayd etilgan hujjatlar taqdim etilmagan holatda, sovg‘a taqdim etilmaydi va Test yakunlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.
7.2.1 Birinchi o`rinni egallagan Ishtirokchi, sovg`ani olish vaqtida O`zbekiston Respublikasi Fuqarosining amal qiluvchi biometrik pasporti, ro`yxatdan o`tgani to`g`risidagi ma’lumot ustiga urilgan gerbli muhr va Kirish-chiqish va Fuqarolarni ro`yxatga olish boshqarmasining ruxsatnomasi (OVIR) bo`lishi kerak.
7.3. Sovg‘alarni qabul qilib olishdan oldin Ishtirokchilarga sovg‘alarni olganligini tasdiqlovchi hujjatga imzo qo‘yish taklif etiladi.
7.4. Sovg‘alarga qo‘yilgan barcha soliqlar «Cron Telecom» Kompaniyasi hisobidan qoplanadi.
7.5.Ishtirokchilar bilan natijalar e’lon qilingandan so‘ng uch kun davomida Ishtirokchining telefon raqami o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilmaganligi sababli, salbiy balans yoki Abonentning Operator oldidagi boshqa qarzlari uchun o‘chirib qo‘yilganligi sababli u bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmasa, Test natijalari qayta ko‘rilmaydi va sovg‘alar Test o‘tkazishning sovg‘alar fondida qoldiriladi.
7.6. Sovg‘alar «Zava Mobile» MChJ va «Cron Telecom» Kompaniyasi vakillari tomonidan Toshkent shahrida taqdim etiladi.
7.7. Sovg‘alar taqdim etiladigan joyga kelib ketish harajatlarini Sovrindor o‘z bo‘yniga oladi va o‘z hisobidan hal qiladi.
7.8.Tashkilotchilar quyidagi holatlarda Ishtirokchilarga sovg‘alarni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga egalar:
a) Ishtirokchi sovg‘ani qabul qilib olish vaqtida, ushbu Qoidalarning 7.1.-7.2.- bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan holatda;
b) Test yakunlari e’lon qilingandan so‘ng, 15-kalendar kuni davomida Ishtirokchi tomonidan sovg‘adan bosh tortish to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozma ravishda taqdim etilgan holatda;
с) Ishtirokchi sovg‘a taqdim etilayotgan vaqtda taklif qilingan hujjatlarga imzo qo‘yishdan bosh tortganda;
d) Test sovrindorlarini aniqlash va taklif qilish jarayonida uch ish kuni mobaynida Testda ishtirok etgan Ishtirokchining abonent raqami Operator oldidagi qarzdorlik uchun o‘chirib qo‘yilganligi sababli, Ishtirokchi bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan holatda.
7.9. Sovg‘alarni talab qilib olish (“Cron Telecom” kompaniyasiga murojaat etish) uchun Test yakunlari e’lon qilingandan so‘ng 15 kundan kechikmasdan murojaat etish lozim.
7.10. Test natijalariga ko‘ra sovg‘alarni taqdim etish joyi va tartibi, ushbu qoidalarning ajralmas bo‘lagi hisoblangan №1-Ilovaga asosan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |