int Factorial (int n)
{
int i, fact=1;
for (i=2; i<=n; i++)
fact*=i;
return fact;
}
Bu dastur rekursiv dasturga nisbatan tezroq ishlaydi. Ixtiyoriy rekursiv dasturlarni juda murakkab bo’lsa ham rekursiyasiz yozish mumkinligi isbotlangan.
43. Shablon tushunchasi, funktsiya shabloni misol yordamida tushuntirib bering?
Shablon (angl. template) —umumlashgan algoritmlarni ba’zi parametrlarida o’zgarishlar kiritmasdan (masalan, ma’lumot turini, bufer o’lchami va h.k.) qabul qilish va kodlash uchun mo’ljallangan C++ tilining muhim vositasi hisoblanadi.
Shablonlarni tavsiflash template kalit so’zidan boshlanib, undan keyin burchakli qavs («<» va «>») ichida uning parametrlar ro’yxati keltiriladi. Shundan keyin shablon muhitini e’lon qilish amalga oshiriladi (masalan, funktsiya yoki klass), umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |