Test-1.Bo’lim bo’yicha sinov.
O’rnimdan turib, uy eshigini ochsam o’g’im bilan o’rtog’i sovuqdan qulog’i va burni qizarib ketgan holda yig’lab turardi.
Berilgan gapning necha o’rnida fonetik hodisa sodir bo’lgan?
A) 12 ta B) 10 ta C) 8 ta D) 6 ta
Qaysi so’zlarda nuqtalar o’rnida bo’g’iz undoshi qo’llanishi lozim?
A) mu…lis, ma…sus B) so…ta, sar…il
C) ba…il, mu…bir D) mav…um, mo…ir
Bilim baxt keltirar.
Maqoldagi yopiq bo’g’inlarda qo’llangan til oldi portlovchi jarangsiz shovqinli undosh(lar) miqdorini aniqlang.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
Chuqur til orqa undoshlari berilgan javobni toping.
A) d, j, sh B) g, k, ng C) f, v, m D) q, g’, x
Sanab sanog’iga yetolmadim.
Berilgan gapda yuz bergan fonetik o’zgarishlar miqdori qaysi javobda to’g’ri qayd etilgan?
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
Qaysi qatordagi so’zlar faqat yopiq bo’g’inlardan iborat?
A) ko’ngil, singil,
dengiz
B) maktab, maqsad, mas’ul
C) tulki, parvo, mavzu
D) kohin, qonun, ta’lim
Yopiq bo’g’inlardan biri faqat lab undoshlaridan tashkil topgan so’zni toping.
A) bodomzor B) mafkura C) konduktor D) paluba
Urg’u ma’no farqlaydigan so’zlar berilgan javobni toping.
A) yangi, hozir, toza B) sekin, bugun,
ancha
C) uzoq, qalin, tiniq D) behad, yayov, kecha
Berilgan so’zlarning nechtasi tarkibida fonetik o’zgarish ro’y bergan?
yig’lamoq, o’ynamoq, anglamoq, sanamoq, qiynamoq, chaqnamoq, saylamoq, ayblamoq
A) 7 tasi B) 6 tasi C) 5 tasi D) 4 tasi
“Kecha kerak bo’lding, bolalik chog’im!
Senga qo’l uzatdim, yo’q, yetolmadim.
Oshkora g’irromlik qildi o’rtog’im,
Men: bor, o’ynamayman, deb ketolmadim…”
(Erkin Vohidov)
Berilgan to’rtlikda yuz bergan fonetik o’zgarishlar miqdorini aniqlang.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
Qor, qol, qot so’zlarining ma’nosini farqlash uchun xizmat qilayotgan tovushlar haqidagi to’g’ri fikrni toping.
A) jarangli undoshlar B)
portlovchi undoshlar
C) til undoshlari D) shovqinli undoshlar
Olma eksa bog’iga har kim,
Mehmoniga ol, ye, demasmi?
“
Olma” mening mehmondo’st xalqim,
Odatiga yot so’z emasmi?
Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning urg’usi haqida aytilgan to’g’ri fikrni toping.
A) 1-so’zning 1-bo’g’ini, 2-so’zning 2-bo’g’ini urg’uli.
B) 1-so’zning 2-bo’g’ini, 2-so’zning 1-bo’g’ini urg’uli.
C) har ikkala so’zning 1-bo’g’ini urg’uli.
D) har ikkala so’zning 2-bo’g’ini urg’uli.
13.Undosh tovushlar qaysi xususiyatiga ko’ra lab, til va bo’g’iz undoshlariga bo’linadi?
A) qaysi nutq azosi ishtirok etishiga ko’ra
B) tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra
C) paydo bo’lish usuliga ko’ra
D) ovozning ishtirok etishiga ko’ra
14.Qaysi javobda til oldi jarangli sirg’aluvchi shovqinli undosh berilgan?
A) sh B) l C) d D) z
15.Qaysi so’zdagi quyi keng til orqa lablangan unli yuqori tor til oldi lablanmagan unli sifatida talaffuz qilinadi?
A) direktor B) kometa C) oktabr D) tonna
16.So’zlarga qaysi kelishik qo’shimchalari qo’shilishi natijasida fonetik hodisa sodir bo’lishi mumkin?
1) qaratqich 2)
tushum
3) jo’nalish 4) o’rin-payt
5) chiqish
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2 C) 3,4,5 D) 1,2,3
17.Qaysi javobda bir havo zarbi bilan talaffuz qilinadigan so’zlar berilgan?
A) sport, punkt B)
kongress, shtanga
C) kauchuk, aorta D) ma’no, da’vo
18.Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi.
Gapdagi o’zi qo’shilgan so’zni boshqa so’zga bog’laydigan qo’shimchalar miqdorini toping.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
19
.Bo’g’inlar qaysi tovushlar asosida hosil bo’ladi? a) lab undoshlari b) portlovchilar c) lablanmagan unlilar d) unlilar.