Ultrafiltrlash Buning uchun boshqacha parchalanish mexanizmi taklif qilingan. Molekulalarning olcham i g‘ovaklarning o‘lchamidan katta bo‘lgani uchun erigan moddalar membranada ushlanib qoladi. Jarayonni o‘tkazish uchun kvazigomogen — gel ko£rinishidagi g'ovakli va g'ovaksiz, polimer materiallaridan tayyorlangan yupqa pardali va asetatsellulozadan tayyorlangan polimer membranalar ishlatiladi. Hozirda polietilendan, ftorlangan (etilen-propilenli) sopolimerdan, politetraftoretilendan, g‘ovakli shishadan, asetobu-tiratsellulozadan tayyorlangan membranalar ishlab chiqarilmoqda. Teskari osmos uchun qo‘llaniladigan asetatsellulozali membranalar anizotrop tuzilishga ega. Uning 0,25 mkm qalinlikdagi ustki faol yuzasi parchalanish sodir bo‘luvchi qatlam hisoblanadi. Pastki yirik g'ovakli (100 + 200 mkm) qatlam esa membranalarning mexanik zichligini ta’minlaydi. Asetatsellulozali membranalar bosimning 1 + 8 MPa, haroratning 0 + 30°C va pH=3 + 8 oraliqlarida yaxshi ishlaydi. Ultrafiltrlash uchun nitratsellulozali, shuningdek, polielektrolitli membranalar ishlatiladi. Tuzilishi bo‘yicha ular asetatsellulozali membranalarga o‘xshaydi. - Membranali ajratish jarayoni bosimga, gidrodinamik sharoitga va qurilma tuzilishiga, oqova suvning tabiati va konsentratsiyasiga, ular tarkibidagi iflosliklarga, shuningdek, haroratga bog‘liq.
- Eritma konsentratsiyasining ortishi erituvchining osmotik bosimining ko'payishiga, eritma qovushoqligining oshib borishiga va konsentratsiya qutblanishining o‘sishiga, ya’ni o‘tkazuvchanlik va tanlanuvchanlikning pasayishiga olib keladi.
- Teskari osmosni elektrolitlaming quyidagi konsentratsiyalarida ishlatish tavsiya etiladi: bir valentli tuzlar uchun 5 + 10 %; ikki valentli tuzlar uchun 10 15 %; uch va undan ortiq valentli tuzlar uchun 15 + 20%.
- Organik moddalar uchun ushbu chegaralar ancha yuqori bo‘ladi. Konsentratsion qutblanish ta ’sirini kamaytirish maqsadida aralashtirgich, tebranma qurilma ish tezligini oshiriladi va eritma resirkulatsiya qilinadi.
- Erigan moddalarning tabiati tanlovchanlikka ta’sir ko'rsatadi. Bir xil molekular massali anorganik moddalar organik moddalarga nisbatan membranada yaxshiroq ushlanadi. Bosim ortishi bilan membranalarning solishtirma mahsuldorligi oshadi, chunki jarayonning harakatlantiruvchi kuchi ko‘payib boradi.
- Harorat ko‘tarilishi bilan o‘tkazuvchanlikning ortishiga olib keluvchi eritmaning qovushoqligi va zichligi kamayadi. Bundan tashqari, harorat ko‘tarilayotganda membrana g'ovaklari o‘tirib qoladi va cho'zila boshlaydi. Bu mahsuldorlikning kamayishiga olib keladi. Bu holatda membrananing ishlash muddatini kamaytiruvchi gidroliz tezligi oshadi. 50°C da asetatsellulozali membranalar parchalanadi, shu sababli bunday membranalar 20—30°C da ishlatiladi.
- Teskari osmos va ultrafiltrlash jarayonini olib borishda ish-latiladigan qurilmalarning tuzilishida quyidagilar: membranalar yuzasining kattaligi, yig'ish va montajning osonligi, mexanik zichlik, mustahkamlikvagermetiklikhisobga olinadi. Qurilmalardagi membranalar joylashtirilishiga qarab 4 ta asosiy turga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |