Videokonferenciyalarni bir vaqtning o’zida har bir kompyuter bilan olib boriladigan aloqalar soni buo’yicha tasniflash qabul qilingan:
• stolli (nuqta-nuqta bilan) videokonferenciyalar ikkita kompyuter orasidagi aloqani tashkil еtish uchun mo’ljallangan;
• studiyali (nuqta-ko’p bilan) videokonferenciyalar videoma’lumotlarni bir nuqtadan ko’p joylarga uzatish uchun mo’ljallangan (auditoriya oldida chiqish);
• guruhli (ko’p-ko’p bilan) videokonferenciya bir guruh foydalanuvchilarning boshqa guruh bilan muloqatini ko’zda tutadi.
Stolli Videokonferenciyalarni o’tkazish, agarda monitor videooynasi kichik o’lchamlarini (ko’pgina videokonferenciya tizimlari videoni faqat chorak еkran shaklida QCIF (Quarter Common Intermedia Format) amalga oshiradi) va bu bilan bog’langan kartinani (manzarani) kuchsiz ajratish qobiliyatini hisobga olinmasa, amalda qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Lekin uchta ishtirokchidan iborat etarlicha harakatchan videokonferenciyani tashkil еtishda hozircha aloqa kanalining o’tkazish qobiliyatiga bog’liq qiyin hol qilinadigan muammolar paydo bo’lmoqda. Masalan, agar aloqa oddiy telefon liniyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan bo’lsa, katta tayyorgarlik ishlari talab еtiladi, agar uzatish muxiti LXT (lokal hisoblash tarmog’i) bo’lsa, bunday videokonferenciyani o’tkazish tarmoqdagi qolgan hamma ishlarni tuxgatib qo’yishi mumkin. Muammolar aynan shu jarayonning dinamikasi bilan bog’liq, negaki bitta 256 rangli to’liq еkranli tasvirni yuborish uchun 1,5 Mbaytdan ortiqroq ma’lumotlarni uzatish kerak, bu еsa 10 gacha va undan ortiq sekund vaqtni talab еtadi.
Proektorlarni ishlatish qoidasi
Hamma kompyuterlar va elektron qurilmalar uchun odatiy bo’lgan uchirib yokish, shnurlarini qattiq tortmaslik talablarini tushuntirib o’tirishning hojati yo’q buo’sa kerak. Bular hammasi hamma erda bir xil. Har qanday videoproektor uchun harorat rejimi asosiy hisoblanadi. Proektorda kuchli yorug’lik oqimi qo’llaniladi, u LCD – panelini kizdiradi, proektorning sovutish tizimi esa ma`lum xaroratni ushlab turadi. albatta bilamizki, optik tizim (u ishlash jarayonida kuchli elektrik zaryadlanadi ham) changni yoqtirmaydi, shuning uchun proektorlarda changga qarshi filtrlardan foydalaniladi, ular bizning issiq iklimimizda tez ifloslanadi. Shuning uchun birinchi vazifa ikki haftada bir marta filtrlarni tozalab turish kerak. Proektorlardan juda ham tutunli bo’lgan xonalarda (masalan, restoranlarda) filtrlarni ko’proq tozalab turish kerak. Hitachi kompaniyasi, masalan, tutundan saqlovchi maxsus filtrlardan foydalanishni taklif etadi. Ba`zan proektorlarga haddan tashqari e`tiborlilik ham uning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. mening hayotimda shunday bir hodisa yuz bergan, juda ham ehtiyotkor bir odam proektorning tagiga sochik yozib qo’ygan, shu bilan uning tagidan filtrlarga havo kirish yo’lini yopib qo’ygan. Qizib ketganligini xabar qiluvchi lampaga u e`tibor bermagan, bundan tashqari proektorning tez-tez avariya holatida o’zi o’chib qolishiga ham e`tibor bermagan (himoya vositasi ishlaganda) oqibatda matritsa qizib biroz erigan, yorug’lik filtri ham. Lekin proektor uchun eng yomoni (lampa uchun ham) maxsus o’chirish knopkasidan foydalanmay, balki elektr manbai shnurini tortib olish yuli bilan uni tusatdan o’chirish hisoblanadi. Proektorni darxol o’chirib bo’lmaydi tasvir o’chib bo’lgandan keyin ventilyator undan issiq havoni xaydab chiqarishi, qizigan qismlarni sovutishi, shundan keyin ventilyator avtomatik ravishda o’chgandan so’nggina shnurni elektr manbaidan chiqarib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |