O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO’NALISHI 2-BOSQICH TALABASI
TESHABOYEVA LOLANING
DAVLAT KADASTR ASOSLARI
FANIDAN BAJARGAN
1-AMALIY ISHI
Bajardi: Teshaboyeva L
Qabul qildi: Bekanov Q
Toshkent 2021
Kirish
Asosiyqism
Kadastr ishlarini yuritish mobil GIS
Locus GIS mobil ilovasini avzalliklari va telefonga o’rnatish
Madaniy meros obyektlari va ularni tasniflanishi
Madaniy meros obyektlari davlat kadastri ma’lumotlar bazasini strukturasini shakllantirish
Madaniy meros obyektlari kadastr ma’lumotlarini to’plash
To’plangan meros obyektlarini izohlash
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida o’tgazilayotgan iqtisodiy rivojlanishini hisobga olib tabiiy va xo’jalik resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda hududlarning tabiiy iqtisodiy salohiyatlarini majmuaviy tahlil qilish va baholash eng zarur maslahatlardan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining asosiy elementlaridan hisoblangan kadastr tizimi O’zbekiston Respublikasi rivojlanishining asosiy tamoyillari.
Davlat kadastri ma’lumotlari asosida geografik axborot tizimi qatlamlari yaratilib ushbu axborotlar bazasi vazirliklar, davlat qo’mitalari, mahalliy hokimiyat, soliq organlari yuridik va jismoniy shaxslar uchun zaruriy ma’lumotlarni olishga xizmat qiladi. Davlat hududini o`rganish va muhofaza qilish maqsadida turli dasturlar ishlab chiqilgan shulardan biri Locus GIS dasturi hisoblanadi.
GISni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash ko`cha tarmog`I ma’lumotlar bazalaridan foydalanish asosida GIS sohasida eksperimantal ishlarni rivojlanishini rag`batlantirdi:
Avtomatlashtirilgan navigatsiya tizimlari
Chiqindilar va axlat yig`ish tizimlari
Favqulotda vaziyatlarda transport vositalarining harakati va boshqarish.
Geoinformatika tomonidan GISni loyihalash, yaratish va undan foydalanishning ilmiy, taxnik, texnologik va amaliy jihatlari o`rganiladi.
II. Asosiy qism
Geografik axborot tizimi (GIS)-bu atrofimizdagi dunyoni yangicha yaratish imkoniyati. Agar biz umumlashtirib tasvirlashdan voz kechsak, u holda GIS- bu haqiqiy dunyodagi obyektlarni, shuningdek sayyoramizda sodir bo’layotgan voqealarni xaritalash va tahlil qilish uchun zamonaviy kompyuter texnolo- giyasi. Ushbu texnologiya xaritaning vizualizatsiyasi va geografik tahliliy afzalliklari bilan so’rov va statistika tahlil kabi an’anaviy ma’lumotlar bazasini birlashtiradi. Ushbu imkoniyatlar GISni boshqa axborot tizimlaridan ajratib turadi, va uni strategic qarorlarni rejalashtirish bilan asosiy omillar va sabablarni, shuningdek ularni yuzaga kelish sabalarini tushinib va yoritib berib, atrofdagi hodisa va hodisalarni tahlil qilish va prognoz qilish bilan bog’liq keng ko’lamli vazifalarda qo’llash uchun noyob imkoniyat yaratadi. Xarita va geografik tahlillar mutlaqo yangi narsa emas. Biroq GIS texnologiyasi muammolarni tahlil qilish va umuman inson oldida turgan muammolarni, xususan ma’lum bir tashkilot yoki odamlar guruhini hal qilishda yangi, zamonaviyroq, yanadasamarali, qulay va tezkor yondashuvni ta’minlaydi.
GIS real dunyo haqidagi ma’lumotlarni geografik joylashuvga qarab guruhlangan tematik qatlamlar to’plami sifatida saqlaydi. Ushbu soda, ammo o’tamoslashuvchan yondashuv o’z ahamiyatini turli xil hayotiy vazifalarda isbotladi: transport vositalari va materiallarning harakatini kuzatish, hayotiy ma’lumotlarni batafsil rejalashtirish va rejalashtirilgan tadbirlar va global atmosferani modellashtirish. Har qanday geografik ma’lumot hududiy joylashuv to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi, bu geografik yoki boshqa koordinatalarga havola bo’ladi yoki manzilga, pochta indeksiyaga, saylov okrugi yoki aholini ro’yxatga olish okrugiga, yer yoki o’rmon maydonining identifikatoriga, yo’lning nomiga va h.k.
Bunday obyektlarni joylashuvini aniqlashda geokodlash deb nomlangan prodsedura qo’llaniladi. Uning yordami bilan siz o’zingizni qiziqqan narsangiz yoki hodisangizni joylashgan joyini, masalan, do’stingiz yashaydigan uy yoki sizga kerak bo’lgan tashkilot. Zilzila yoki toshqin sodir bo’lgan joyni, kerakli nuqtaga yetib boorish uchun qaysi yo’nalishni osonroq va tezroq aniqlab, xaritada ko’rishingiz mumkin.
GISdan foydalanishdan oldin ularning bir nechtasi zamonaviy yondashuvlar va vositalra asosida maqbul optimal qarorlar qabul qilish uchun geografik ma’lumotlarni umumlashtirsh va to`liq tahlil qilish san’atiga ega edi. Hozirgi kunda dunyodagi yuz minglab odamlarning qamrab oladigan millionlab dollorlik sohasidir. GIS maktablarda, kollejlarda va universitetlarda o`rganiladi. Ushbu texnologiya inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo`llaniladi- xoh bu aholi sonining ko`payishi, hududning ifloslanishi, o`rmon maydonlarining qisqarishi, tabiiy ofatlar kabi global muammolarni tahlil qilish va aniq vazifalarni hal etish, masalan, punktlar orasidagi eng yaxshi yo`lni topish, yangi ofis uchun maqbul joyni tanlash, qidirish, uning manzillaridagi uylar, yer quvur yotqizish, turli shahar vazifalari. Hududiy qamrashga ko`ra, ko`pincha davlat, mintaqaviy GIS, subregional GIS va mahalliy yoki mahalliy GIS maqomiga ega bo`lgan global GIS, subkontinental GIS, milliy GIS mavjud.
Hududlarda to’g’ridan -to’g’ri ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilishda telefon va planshet yaxshi uskuna. Bu qurilmalarni o`zimiz bilan birga olib yurish ham juda qulay va hech qanday noqulaylik tug`dirmaydi. Bu qurilmalarda istagn joy haqida istagan paytimiz ma’lumot olishimiz esa bu yanad qulaylik tug`diradi. Biz endi aynan kerakli manzilga borib uni o`rganishiz shart emas, aksinch bizni mobil qurilmamizdagi Loguc GIS dasturi orqali bizga kerak bo`lgan manzil haqida ma’lumot olsak bo`ladi. Bu dastur millionlab odamlarning dollarlik ishi hisoblanadi.
Yaqinda mobil navigatsiya sohasida faoliyat yurituvchi Asamm Software kompaniyasi geoincormatsion texnologiyalar sohasidagi mutaxassislar va ixlosmandlar uchun mo`ljallangan dasturni- Locus GISni ishga tushirdi. Ilova geodeziklarni to`g`ridan-`to`g`ri dalada, Android operatsion tizimidagi telefon yoki planshet yordamida Internetga ulanmasdan, oson va tez yig`ish va yangilashga imkon berdi. Locus GIS to`g`ridan- to`g`ri ESRI SHP fayllari bilan ishlashi mumkin, shuningdek GPX va KML formatidagi ma’lumotlarni aks etadi. To`plangan ma’lumotlar SHP va CSV-ga eksport qilinishi mumkin. Bundan tashqari, butun loyihalarni QGISga osongina eksport qilishi mumkin. Shuningdek, foydali xususiyatlariga atributlar jadvalida batafsil qidirish, masofa va maydonlarni o`lchash vositalari yoki maydonning belgilangan nuqtasiga visual va akustik yo`l-yo`riq berish qobiliyatiga ega. Locus GIS dasturi asosiy versiyada bepul bo`lib, ikkita xarita va uchta ma’lumotlar qatlami bilan ishlashga imkon beradi.
Mobil qurilmalardan foydalanish qulayligi va umuman mavjudligi ko`plab sanoat, qishloq xo`jalik va tadqiqotlarda Locus GISdan foydalanishga imkon beradi. Ilova atrof-muhit, o`rmon xo`jaligi, yerni boshqarish bo`yicha ma’lumotlarni to`plash uchun javob beradi. Shuningdek, bu taqsimlash tarmoqlarini, shamol stansiyalarini rejalashtirish va qurilshda, konlarni qidirishda juda foydali. Fuqarolik-maishiy xizmat sohasoda u shahar ob’ektlarini boshqarishda, yo`llarni qurish va saqlashda va boshqarishda yordam beradi. Bu dasturda o`rganilayotgan ob’ektni xususiyat nuqtalari, chiziq uslublari va ko`pburchaklar uchun plomba belgilarini va ranglarini tanlasa ham bo`ladi. Shuningdek, xususiy yorliqlarining mazmuni va uslubini sozlashimiz mumkin. Bundan tashqari loyihamizni xususiyatlari haqida batafsilroq ma’lumot berish uchun ularni fotosuratlar, audio, video va shaxsiy eskizlarni qo`shish imkoniga egamiz.
Madaniy meros- bu o’tmishdan qolgan qadriyatlar, g’oyalar, tajriba bilimlar, ularni o’zlashtirish yo’llari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat va uni tashkil qilish hamda uni natijalaridir. O’zlashtirish yoki aniqrog’i, madaniy meros jarayoni o’ta muhim bo’lib, madaniyatni harakatdagi asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon insoniyatning o’tmishi, bugungi va kelajagini bir butun holda birlashtirib, odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi. Bor narsani izlash, ma’lum narsani ochish, qilingan kashfiyotni kashf qilish kerak bo’lmaganday o’tmish ajdodlar qilgan ishni takrorlash shakrt emas. Erishilgan yutiqlardan kelib chiqib jamiyat o’z maqsadlarini amalga oshirishning qisqa yo’llarini tanlaydi.
Mustaqil O’zbekistonda, qadimiy me’morlarning ushbu noyob asarlar, bebaho madaniy meros obyektlari sifatida maxsus maqomga ega bo’ladi va ular davlatning alohida muhofazasi ostida.
Madaniy meros obyektlari turiga ko`ra 4ga bo`linadi:
Arxetektura
Arxeologiya
Monumental san’at yodgorligi
Diqqatga sazovor joylar
Bugungi kunda mamlakatimizda moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar salmog`I katta. Ayni paytda YUNESKO umumjahon madaniy merosi ro`yxatiga O`zbekistondagi 4ta me’moriy majmua- Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy anzaralari kiritilgan. Madaniy meros obyektlari ko`chmas mulk hisoblanib, u doimiy davlat tasarrufidadir. Davlatimizda madaniy meroslarni muhofaza qilish to`g`risida ko`pgiba qonunlar qabul qilingan. “O`zbekiston Respublikasi Madniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730 qaroriga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi:
Moddiy madaniy meroslarni muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida so`ngi yillarda qonunchilik hujjatlari bilan, quyidagilar belgilanganligi ma’lumotlar uchun qabul qilinsin: moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobut qilish, buzish va ularga shikast yetkazish bo`yicha tegishlicha ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
Madaniy meros obyekti tavsifi bo’lib:
-obyektnomi
-tipologikmansubligi
-manzili
-zamonaviyfoydalnishi
-tarixiyma’lumotlari
-yodgorliknidastlabkiqiyofasinio’zgatirganqaytaqurishlarvayo’qotishlar
-ilmiy-tarixiyvabadiiyahamiyati
Texnik holati:
-muhofazqilishtizimi
-muhofazaqilishtoifasi
-muhofazaqilishgaqabulqilinganligito’g’risidagihujjatningsanasivatartibraqami
-muhofazazonasichegaralash
-balans bo’yicha mansubligi
Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo`lgan obyektlarni kadastrga kiritish to`g`risidagi takliflarni tegishli ravishda obyektlarning egalari yoxud joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan keishgan holda mintaqaviy inspeksiyalari hamda kiritishga haqlidir.
Tarixiy-madaniy ekspertiza natijalariga ko‘ra, Kengash seksiyalari ekspert xulosasi, shuningdek, tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi loyihasini tayyorlaydi va unga barcha materiallar ilova qilingan holda Kengash majlisida ko‘rib chiqiladi. Kengash majlisida tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasining loyihasi tasdiqlanadi. Kengash qarori majlis protokolibilan rasmiylashtiriladi.
Biz arxitektura, arxeologiya, diqqatga sazovor joylar va monumentlarga kiruvchi obyektlar haqida ma’lumotlar bazasini Locus GIS mobil ilovasida shakllantirdik va har biri uchun quyidagilarni bajardik:
Biz dala amaliyotida arxitektura, arxeologiya, diqqatga sazovor joylar va monumentlarga kiruvchi obyektlar haqida ma’lumotlar to’pladik. Ular quyidagila
Do'stlaringiz bilan baham: |