O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TERRORIZMGA QARShI KURASh TO‘G‘RISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
garovga ushlab turilgan shaxs — qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs;
terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar;
terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta’minlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berishga yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat;
terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs;
terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko‘rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi;
terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi;
terrorchilikka qarshi operatsiya — terrorchilik harakatiga chek qo‘yish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o‘zaro bog‘liq maxsus tadbirlar majmui;
terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan zona — joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo‘shlig‘i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar;
terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta’minlashdan iborat bo‘lgan faoliyat;
terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo‘lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik obyektlarni shu jumladan kontinental shelfda joylashgan statsionar platformalarni bosib olish, shikastlantirish, yo‘q qilish, portlatishlar, o‘t qo‘yishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo‘rqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qo‘lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo‘q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda vahima ko‘tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo‘li bilan zarar yetkazish yoki xavf tug‘dirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish;
xalqaro terrorizm — bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm.
3-modda. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik
Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
Do'stlaringiz bilan baham: |