johiliya
tushunchasini ilgari surgan holda, uni bosh mezonga aylantirgan. U arab
tarixidagi islomgacha bo„lgan, «Olloh so„zi» noma‟lum bo„lgan davrga
oid tarixnavislikda qo„llaniladi. S.Qutbning fikricha, insoniyat izchil
tarzda yangi
johiliyaga
mahkum etilgan
.
U arab, g„arb va sotsialistik
tizimlarni «varvarlik» va «soxta islom» tizimlari sifatida tilgan olgan.
S.Qutb uchun jamiyatdagi yagona qonuniy hokimiyat – bu Alloh
4
Qarang: Коран, 15:20; Маудуди, С.А.А. Политическая теория ислама. Основы ислама //
Отечественные записки. – Москва, 2003. – №5.; Sayyid [Sayed] Abul A„la Maudidi. Political
Theory of Islam.-Lahore: Islamic Publications Limited, 1976. – Р.4 – 22.
13
hokimiyatidir. Musulmonlar va ularning «dushmanlari» o„rtasidagi
kurashni u g„oyaviy, siyosiy, iqtisodiy va harbiy qarama-qarshilikda
ko„rgan. Islom, S.Qutbning fikricha, bu «inson erkinligi idealini
amaliyotga tatbiq etish va tashkiliy harakat shaklini ifodalashga
yo„naltirigan uslubir». Islomiy bo„lmagan jamiyat va hayot tarzi mazkur
dinga tarafdorlarining shaxsiy ko„rsatmalar asosida faoliyat yuritishini
ta‟minlashga to„sqinlik qiladi. Tabiiyki, islom uchun insoniyat erkinligi
uchun to„sqinlik qiluvchi barcha ijtimoiy tizimlarga yakun yasash
muhimdir. Shu yo„l bilangina Tangri butun olamda to„la hukmronlik
o„rnatishi mumkin». Uning konsepsiyasi yuzasidan «islom tartiboti»ni
qurolli jihod yo„li bilangina o„rnatish mumkin.
Ushbu tashkilotlar tez orada musulmon olamida shuhrat qozonib, turli
davlatlarda ko„psonli bo„limlar shaklida keng tarqaldi. «Birodar-
musulmonlar» Sudan, Suriya, Iordaniya, Fors ko„rfazi va Afrikaning arab
davlatlarida keng shuhrat qozongan. «Djamoat-e islomi» Hindiston,
Pokiston, Afg„oniston va Bangladeshda ommaviy asos kasb etdi.
Dj.Espozitoning fikricha, mazkur tashkilot asoschilari «zamonaviy
islom revayvalizmi arxitektorlari, jamiyatni isloh etish g„oya va usullari
batafsil o„rganilib, Sudandan to Indoneziyagacha bo„lgan keng
maydonda taqlid predmeti sifatida xizmat qiluvchi kishilar edi». Mazkur
tashkilot rahnamolari o„z konsepsiyalarini shakllantirgan bo„lib, ulardagi
islom qonunlari zamonaviy jarayonlarga moslashtirilgan edi. Qur‟on va
sunnat nufuziga tayangan holda, ular nazariy jihatdan islom doktrinasi
va g„arb va sotsialistik taraqqiyot yo„liga alternativ bo„lgan asosga
tanuvchi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning «o„ziga xos, uchinchi yo„lini»
ishlab chiqdilar.
XVIII-XIX asrlardagi fundamentalistik harakat «an‟analari»ga amal
qilgan holda, ular musulmon jamiyatlari inqirozini tanqid ostiga olib,
zamonaviy sivilizatsiyaning barcha yutuqlaridan islom qonunlarining
zamonaviy talqiniga asoslangan islom jamiyatining ijtimoiy-siyosiy
tuzilmalarini tuzishda foydalanishga chaqirganlar.
X.al-Banna, A.Maududiy va S.Kutb islom qadriyatlariga asoslangan
qudratli islohotchilar harakatini yaratish ustida faol ish olib borganlar.
Unga yoshlar, talabalar, o„qituvchilar, ziyolilar, tijoratchilar va davlat
xizmatchilarini, shahar jamiyatining o„rta qatlamini jalb etganlar. Shu
tariqa, zamonaviy bilimga ega bo„lgan, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy
muammolaridan yaxshi xabardor bo„lgan, ammo shu bilan bir vaqtda
chuqur «islomiy» kayfiyatdagi kishilarni «ijtimoiy qatlamga ajratish»
jarayoni intensiv ravishda olib borildi. Mazkur ijtimoiy asos mazkur
14
tashkilot yetakchilariga uzoq muddatli maqsadlarini – ya‟ni musulmon
davlatlarining jamoatchilik, siyosiy, iqtisodiy va g„oyaviy ustunlarini
izchil ravishda va ketma-ketlikda islomiylashtirishga qaratilgan «islom
inqilobi»ni amalga oshirishga xizmat qilishi darkor edi.
Islom reformatorlik harakatidagi keskin o„zgarishlarga sabab
bo„lgan tashqi omillar ta‟siri xususida alohida to„xtalish joiz. Mazkur
jarayonda, avvalo arab olamining qaqshatqich mag„lubiyatini namoyish
etgan 1967 yilgi Arab-Isroil mojarosi, 1973 yilda A.Sadatning Misr
prezidenti lavozimini egallashi hamda isroilliklarga qarshi «muqaddas
urush»ning boshlanishi muhim rol o„ynadi. Isroil bilan urushdagi
mag„lubiyat, Falastin va arab yerlarining bir qismining bosib olinishi
islom fundamentalistlarini mazkur inqirozning ichki omillarini
aniqlashga undadi. Bunda «to„g„ri yo„ldan chekinish» natijasida yuz
bergan arab davlatlari «tanazzuli» asosiy sabab sifatida ko„rsatildi.
Islomchilarning fikricha, musulmon davlatlarining islom qadriyatlariga
qaytishi va shaxsiy hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda ularga og„ishmasdan
amal qilinishigina musulmonlarni qutqarishi mumkin. Bunda islomning
me‟yor va qadriyatlari axloqiy va g„oyaviy asos ekani bilan bog„liq shart
asosida ilmiy-texnik taraqqiyot va uning G„arb ta‟siri ostida erishilgan
amaliy qiymati inkor etilmadi.
Boshqa tashqi ta‟sir omili sifatida 1978-79 yillarda Eronda yuz
bergan islom inqilobini keltirish mumkin. Uning natijasida shox
hokimiyati ag„darilib, konstitutsiyaga asoslangan va din arboblariga
alohida huquq beruvchi Eron Islom Respublikasi (EIR)ga asos solindi.
Ko„plab tadqiqotchilarning fikricha, Erondagi islom inqilobi o„n yilliklar
davomida Yaqin va O„rta Sharqda kuzatilgan siyosiy va etnik
jarayonlarning ob‟ektiv oqibati edi. U musulmon olamiga kuchli ta‟sir
ko„rsatgan bo„lib, mazkur voqelik islomning tiklanish harakati tarixida
muhim rol o„ynadi. Espozitoning fikricha, Eron inqilobi musulmonlarda
o„z diniga nisbatan ishonchning ortishi hamda o„z e‟tiqodi qonunlariga
amal qilgan holda, «islomning oltin davri – Muhammad payg„ambar
davri»ga qaytishga bo„lgan umid uchqunlarini yuzaga keltirdi. Eron
inqilobining
zamonaviy
islom
fundamentalizmi
g„oyasining
shakllanishiga ko„rsatgan ta‟siriga keladigan bo„lsak, bunda iqtisodiy
manfaatlari o„zaro nomutanosib bo„lgan aholining turli ijtimoiy qatlami
vakillarini o„zaro birlashtira olgan islom shiorlariga alohida e‟tibor
qaratish darkor.
Eron inqilobining din peshvolaridan Oyatullo Humayniy islomning
ilk bor G„arb va butun dunyoga bo„lgan qarshiligini oshkor etibgina
qolmay, balki «Qonun boshqaruvi» sifatida islom davlati konsepsiyasini
ham shakllantirdi. Zero, u «mazkur qonun inson yoki kishilar guruhi
15
tomonidan qabul qilinmay, balki Qudratli zot Olloh tomonidan
yaratilganini» ta‟kidlagan. Mazkur qonun davlat rahbari, parlament
a‟zolari, ijroiya hokimiyati, sud hokimiyati va xalq uchun teng asosda
dahldordir. Islom boshqaruvi shaklida Payg„ambar, xalifalar va
boshqalar Olloh qonunlariga amal qilganlar, mazkur jarayon Oxiratga
qadar davom etadi».
Eron islom inqilobining mazkur farazlari, dunyoning g„oyaviy va
siyosiy qutblashuvi hamda «teokratik» islom davlati va «inqilobiy islom
eksporti»ni yaratish ehtiyoji bugungi kunda ko„plab fundamentalistik va
diniy ekstremistik guruhlar uchun o„ziga xos belgi vazifasini o„tab
kelmoqda.
Shunday qilib, islom fundamentalizmi diniy-siyosiy oqim sifatida arab
davlatlarining tarixiy taraqqiyotidagi muayyan ichki va tashqi omillar
mevasiga aylandi. Uning g„oyaviy asoschilari aholining keng qatlami uchun
tushunarli bo„lgan konsepsiyalarni yaratgan holda, bir vaqtning o„zida
davlatning tarixiy taraqqiyotiga bo„lgan ishonchini yo„qotgan milliy
ziyolilarning so„rovlariga to„la javob bera boshladilar.
Radikal islom fundamentalistlari panislamizm va reformatorlikning
g„oya va shiorlarini o„zgartirgan holda, barcha musulmonlarni
birlashtiruvchi va «islomning tiklanishi» g„oyasiga asoslanuvchi yagona
ideal davlatchilikni shakllantirish maqsadini ilgari surdilar. Musulmon
yetakchilari va g„oyaviy asoschilari tomonidan taraqqiyotning turli
davrlarida ilgari surilgan islomni isloh etish modellari 1960-70-yillarda
yuz bergan yechimsiz vaziyatlarda uzib qo„yildi. Ayni shu davrda islom
fundamentalizmi siyosiy va jismoniy zo„ravonlikka asoslangan radikal
diniy harakatlarga aylantirildi.
Islomning siyosat, iqtisod, qonunchilik tizimi, ta‟lim va jamiyat
hayotining deyarli barcha sohalaridagi roli masalasi ko„plab musulmon
davlatlaridagi dolzarb muammolardan biriga aylantirildi. Musulmon
davlatlaridagi «islomning uyg„onishi» va dinning siyosiylashuvi
masalasi ko„plab tadqiqotchilar tomonidan batafsil yoritilgan. Bunda
«islomning uyg„onishi» borasidagi bahslarda musulmonlarning bugungi
kun hamda tarixiy va diniy-ma‟naviy o„tmishga bir xilda mos keluvchi
hayotbaxsh siyosiy va ijtimoiy sintezni amalga oshira olmaganliklari
borasidagi konsensus ilgari surilgan. Musulmon davlatlaridagi ijtimoiy-
siyosiy bahslarda ko„plab musulmon hukumatlarining samarasizligi,
milliy va sotsialistik g„oyalar inqirozi, g„arb qadriyatlariga bo„lgan
ishonchsizlik hamda o„zlikni anglashga bo„lgan intilishga doir masalalar
ko„tarildi.
16
Bugungi kunga kelib, musulmon ummatining «chetga chiqib
qolgani» yohud «inqirozni boshdan kechirayotgani», shuningdek, «g„arb
andozasi»ga asoslangan demokratiyadan tortib, nosir-baasistik «davlat
sotsializmi» bilan yakun topgan boshqaruv shakllarining inqirozi
ko„plab musulmonlarni islom tamoyillaridan chekinishi bilan bog„liq
ekani borasidagi xulosaga kelishiga sabab bo„ldi. Islom tamoyillarining
tiklanishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa muammolarning yechimi
sifatida ko„rila boshladi. Shunday qilib, islom fundamentalizmi inqirozni
yengish yo„llarini axtarish faol kechayotgan musulmon tafakkurida
yetakchi rol o„ynay boshladi.
Zamonaviy tendensiyalar islom omilining turli mintaqalardagi
siyosiy vaziyatni shakllantirishga intensiv ta‟sir ko„rsatishda davom
etayoganini ko„rsatmoqda. Misr, Turkiya, Sudan, Jazoir, Pokiston,
Malayziya va Indoneziya kabi musulmon davlatlarida kechayotgan ichki
siyosiy taraqqiyot hususiyatlari mazkur ta‟sirning kuchayishiga sabab
bo„lmoqda. Islom omilining siyosatdagi kuchayuvi haqida Afg„oniston
va Iroqda davom etayotgan qarama-qarshiliklar sharoitida yuz
berayotgan siyosiy va etno-diniy jarayonlar guvohlik bermoqda. Arab va
Osiyodagi musulmon davlatlaridan Yevropa, AQSh, Kanada va
Avstraliyaga kirib keluvchi muhojirlar hisobiga islom va turli islomiy
harakatlarning yoyilishi geografik jihatdan kengaymoqda.
«Islom ulg„ayishi»ning kuchayish jarayoni uning global hususiyati
bilan xarakterlanib, bugungi kunning muhim g„oyaviy harakatlaridan
biriga aylanmoqda. Kelgusida islom omilining xalqaro, millatlararo va
jamoalararo munosabatlarga ta„sirining o„sishi, davlatlararo islom
tashkilotlarining siyosiy va iqtisodiy yo„nalishdagi faolligining ortishi
hamda nohukumat islom tashkilotlari sonining ko„payishini bashorat
qilish mumkin.
Islomdagi reformatorlik harakati asosida yotuvchi ko„plab ta-
moyillar bugungi kunda ko„plab xavfsizligiga jiddiy xavf tug„dirayotgan
radikal fundamentalizmni shakllantirishda g„oyaviy asos bo„lib xizmat
qildi. Bundan tashqari, islomni xalqaro miqyosdagi yetakchi kuchga
aylantirish
maqsadidagi
«reinterpretatsiyasi»
g„oyasi
ko„plab
tadqiqotchilarning jahondagi islom radikal harakatining xalqaro
siyosatning muhim bo„g„inlaridan biriga aylanishi borasida fikr
yuritishga majbur qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |