Tergov idoralari tomonidan aniqlanishicha mustaqillik yillarida O’zbekistondan 10dn ortiq siyosiy-diniy ekstremistik oqimlar va harakatlar noqonuniy ravishda faoliyt ko’rsatgn. Jumladan: “Hizb ut-tahrir”, “Akromiylar”, “Tablih”, “Uzun soqol”, “Vahhobiylar”, “Adolat” uyushmasi, “Islom lashkarlari”, “Tavba”, “Nur”. Ularning ba’zilari to’g’risida tergov idoralarid mavjud bo’lgan ma’lumotlrga suyanib qisqacha to’xtalib o’tamiz. “Akromiylar” guruhi 50-yillarda Farg’ona vodiysida vujudga kelgan. Oqim tashkilotchisining nomi “Mulla Akrom” nomi bilan bog’liq, ularning g’oyasi Allohni tan olish, Payg’ambarni, ota-onani, har qanday davlat boshqaruvini rad etib faqat oqim sardoriga itoat qilish. “Adolat” uyushmasi 1991-yilning boshida Namangan viloyatida faoliyat ko’rsatgan, ular viloyatdagi dinga e’tiqod qiluvchi qishloq aholisini o’ziga jalb qilib ularni huquqni muhofaza qiluvchi idora hodimlariga qarshi qilib qo’ygan. Dunyodagi eng xavfli terrorchi ekstremistik guruhlar ro’yxatida rasman AQSH davlat departamenti tomonidan kiritilgan “O’zbekiston Islom harakati” vatangadolar jinoiy uyshmasi ham bor. Bu jinoiy uyushma tashkilotlari J.Hojiyev, T.Yo’ldoshevlar hisoblanadi. Uning tarkibida minglab jangarilar, yollangan ajnabiy jinoyatchlar mavjud. “Hizb ut-tahrir” boshqa norasmiy diniy tashkilotlardan frqi shuki u hujumni avvalo fikrga qaratadi, ya’ni fikriy kurash olib borib g’oyaviy inqilobga erishadi. Mafkuraviy ta’sirni kuchaytirish uchun o’zlarining nomaqbul kurash yo’llarini 3 bosqichdan iborat deb hisoblaydilar. Birinchisi, tushuntirish ishlarini olib borish orqali ongi to’liq shakllanmagan yoshlarni tuzoqqa ilintirish, huquq tartibot idoralari, hokimliklardagi tashqi ta’sirga beriluvhi hodimlar bilan aloqani mustaxkamlash, ya’ni ularni o’z domiga tortish. Ikkinchisi, fikriy kurash orqali ommani oyoqqa turg’azish, ya’ni odamlar ongiga salbiy g’oyalarni zo’raki singdirish. Uchinchisi, manqurdga aylangan ekstremistik kuchlarni hukumatga qarshi qo’yish, begunh kishilarni qonini to’kish. Din niqobi ostida terrorchilik yo’li bilan hokimiyatni egallash. Shaxslarga diniy mafkura, g’oya qarashlar asta sekinlik bilan, y’ni o’rtacha 3 oydn 1,5 yilgacha bo’lgan vaqt mobaynida singdirish, ularni barqarorligini,3 oydn 1,5 yilgacha bo’lgan vaqt mobaynida singdirish, ularni barqarorligini, uushqoqligini ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |