TERORIZM TUSHUNCHASI, SHAKLLARI, SABABLARI VA UNGA QARSHI KURASHISH MEXANIZMLARI REJA 1.Terorizm tushunchasi 2.Shakllari va sabablari 3.Unga qarshi kurashish
Terrorizm (lotincha. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.).
Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.
Bugungi kunda terrorizm siyosiy maqsadlar uchun, jamiyatning qarashlari va harakatlariga qarshi, qonun ustivorligi va davlat hokimiyatini inkor etish, zaiflikdan kuchlilikka evrilish, qarama-qarshilikni rivojlantirib hukmronlik qilish, qurquvda ushlab turish orqali boshqarsh, milliy, iqtisodiy, biznes, mafkuraviy, mavqe, sinfiy va boshqa kuplab sabablarni o’zida birlashtiruvchi insonni mavh etishga qaratilgan ijtimoiy, siyosiy, harbiy, aqliy, individual va global halokatli harakatlarni umumlashtiruvchi tushuncha sifatida dalillar asosda tahlil qilinadi.
Dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa, so'nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi, asosan, kuch ishlatish yo'li bilan kurashish usuli o'zini oqlamayotganidan dalolat beradi.
Bu borada ko'p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.
Shu nuqtai-nazardan, Prezidentimizning ikki global ahamiyatga ega, ya'ni yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat — BMTning “Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiya”sini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Assambleyasining «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi takliflari barcha mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va qo'llab-quvvatlandi.
Xulosa sifatida ta'kidlash joizki, mintaqa va umuman dunyodagi vaziyatning murakkabligiga qaramay, mamlakatimizning yangi islohotlar va rivojlanish davrida Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida amalga oshirib kelinayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat hamda xalqimizning kuchli irodasi, mehnatsevarligi, bag'rikengligi va ma'rifatparvarligi tufayli mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik ta'minlanib kelinmoqda.
Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo'shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan turli millat va din vakillarining eng asosiy vazifalaridan bo'lmog'i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |