Termoelektrik aktinometr yordamida to‘g‘ri radiatsiyani o‘lchash Ishning maqsadi


Termoelektrik aktinometr yordamida to‘g‘ri radiatsiyani o‘lchash



Download 199,56 Kb.
bet2/2
Sana17.07.2022
Hajmi199,56 Kb.
#815974
1   2
Bog'liq
10-Lab

Termoelektrik aktinometr yordamida to‘g‘ri radiatsiyani o‘lchash
Ishni bajarish tartibi. Termoelektrik aktinometr yordamida to‘g‘ri radiatsiyani o‘lchash quyidagi tartibda olib boriladi:


aktinometr termobatareyasining uchlaridan tashqariga chiqarilgan ikkita sim GSA-1 tipdagi galvamometrning (+) va «С» klemmalariga ulanadi (1 va 2-rasm). Bunda galvanometr strelkasining nolinchi bolimidan o‘ngga og‘ishiga erishish kerak. GSA-1 galvanometrining yuz tomoniga joylashtirilgan termometrning ko‘rsatkichi yozib qo‘yiladi.

1-rasm. Termoelektrik aktinometming tashqi ko ‘rinishi.
2-rasm. Termoyulduzcha sxemasi.
•aktinometr trubkasining qopqog‘i olinadi va quyoshga qaratib, termobatareyasi 1-2 minut davomida qizdiriladi;
•aktinometr trubkasi qopqoq yordamida berkitiladi va 20-25 sekunddan keyin (strelka tebranishi to‘xtagach) galvanometrning nol vaziyati N0 aniqlanadi;
•trubka qopqog‘i yana olinadi va har 20 sek o‘tgandan keyin galvanometr strelkasining ko‘rsatishlarini 0,1 bo‘limigacha aniqlikda shkaladan yozib boriladi. Galvanometr strelkasining ko‘rsatkichlari N1,N2,N3,N4,N5 bo‘limlarga teng bo‘lsin. Shu tarzda o‘lchashlarning soni 5 martadan kam bo‘lmasligi kerak;
•trubka qopqog‘i olib qo‘yilgan holdagi o‘lchashlar tamom bo‘lgach, qopqoq berkitiladi va 20-25 sekunddan, so‘ng galvanometr strelkasining keyingi nol vaziyati N0 aniqlanadi. Bu bilan bir seriyani o‘lchash tamom bo‘ladi;
• galvanometr ko‘rsatkichining o‘rtacha nol vaziyati quyidagicha aniqlanadi:

trubka ochiq bo‘lganda galvanometr strelkasi ko‘rsatishlarining o‘rtacha qiymati aniqlanadi:

galvanometr strelkasi ko‘rsatkichining tuzatilgan qiymatini olish uchun o‘rtacha qiymat No‘rt ga, galvanometr shkalasiga tuzatma N va galvanometr guvohnomasida berilgan temperaturaviy tuzatmani qo‘shib, No ni esa ayirish kerak;
Ntuzat=No‚rt+ΔN+ ΔN1-N0
quyosh nurlariga tik sirtdagi radiatsiya intensivligini kal/sm2·min birlikda ifodalash uchun Ntuzat ni xuddi shu temperatura uchun olingan aktinometrning o‘tkazma koeffitsienti α ga ko'paytirish kerak.
S=α·Ntuzat= α(No‚rt+ΔN+ ΔN1-N0)
Quyoshning gorizontdan balandligi hquyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
sinh=sinφ·sinδ+cosφ·cosδ·cost
(φ-kuzatish joyining geografik kengligi;
δ-kuzatish kunidagi I quyosh og‘ishi (uning qiymati jadvallardan olinadi);
haqiqiy tush vaqtiga nisbatan hisoblangan t-quyoshning soat burchagi.
Quyoshning soat burchagi ushbu formula bo‘yicha aniqlanadi:
t = (t-12soat)
unda, t-haqiqiy quyosh vaqti bilan hisoblangan vaqt.
O‘lchashlar va hisoblashlar natijalari quyidagi 1-jadvalga yoziladi:
1 -jadval
Aktinometr yordamida o‘lchashlar va hisobotlar natijalari
Aktinometr № Kuzatish kuni
Galvanometr № O‘tkazma koeffitsient I
Kuzatish joyi

Kuzatish
nomeri

Galvanometr bo‘yicha
hisobotlar (N lar)

N0

Ntuzat

S

1
2
3
4













O'rtacha
qiymat













Nazorat savollari
1. Quyosh radiatsiyasi nima?
2. To‘g‘ri radiatsiya haqida tushuncha bering.
3. To‘g‘ri radiatsiya intensivligi deb nimaga aytiladi?
4. To‘g‘ri radiatsiya qanday aniqlanadi?
5. Termoelektrik effekt deb qanday hodisaga aytiladi?
6. Termoelektrik aktinometr bilan quyosh to‘g‘ri radiatsiyasini o‘lchash tartibini tushuntirib bering.
Download 199,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish