1-savol)
Termodinamikaning ikki xil qo'llanilish chegaralari mavjud bo'lib, bular:
Yuqori;
Quyi;
Yuqori chegarasi ko'p sonli zarrachalardan iborat bo'lgan makrosistemalar hisoblanadi.
Quyi chegarasi kam sonli zarrachalardan iborat bo’lgan mikrosistemalar hisoblanadi.
Bundan tashqari kam sonli zarachalar uchun termodinamikani qo’llab bo’lmaydi.
2-savol)xxx
3-savol)
Izolyasiyalangan sistemada vodorodning yonish reaksiyasi natijasida suyuq suvhosil bo'lgan bo'lsa uning uchki energiyasi ortadi.
4xxx
5xxx
6-savol)
Bu yerda:
Q=∆U+p∆V p=const
Qp=U2-U1+ p( V2-V1)= U2-U1+pV2–pV1=(U2+pV2)-(U1+pV1)
H=U+pV
Qp=H2-H1=∆H
H va U orasidagi munosabat esa ∆H=∆U+p∆V ga teng
7-savol)
Agar V=const bo'lsa :
Qv=∆U. ∆U=nCvdT bo'ladi.
P=const da esa:
Qp=∆H. ∆H=nCpdTga teng bo'ladi
8-savol)
Cp va Cv lar o'rtasidagi ayirma R ga teng bo'ladi.ya'ni
Cp-Cv=R
R=8,314 J/(mol·K)ga teng.
9-savol)
Kirxgoff qonuni jarayon issiqlik effektining
haroratga qarab o‘zgarishini ko‘rsatadi va unga ko‘ra biror jarayon issiqlik
effektining termik koeffisienti sistema umumiy issiqlik sig‘imining o‘zgarishiga
tengdir
10-savol)
Kalorik koeffisientlar deganda intensiv va ekstensiv parametrlarni bog’lovchi
tenglamalar tushuniladi. Bu koeffisientlarni kalorik deyilishiga sabab kaloriyada
o’lchanadigan issiqlik sig’imi va shunga o’xshash kattaliklarni topishga imkon
beradi.
11-savol)
Izobarik jarayon uchun:
Wp = p∆V = nR(T2-T1); Qp = nCp(T2-T1) = ∆H; ∆U = nCv(T2-T1)
Oʻgarmas bosimda sistemaga berilgan issiqlik sistemaning ichki energiyasini
o’zgartiradi va ish bajaradi:
бQp = dU+pdV; dU = CVdT; бQp = CvdT+pdV
Izotermik jarayon uchun:
Wт = nRTln(V2/V1) = nRTln(p1/p2); Qт = Wт; ∆U = 0
Adiabatik jarayon uchun:
WS = −∆U; ∆U = nCV(T2-T1); Qs = 0; Ws = nCV(T1-T2)
Izoxorik jarayonda kengayish ishi bajarilmaydi: Wv= 0
12-savol)
Adiabatik jarayonda ideal gazning holat tenglamasini ifodalovchi tenglamalar Puasson tenglamari deyiladi. Uning ma’nosi shuki, adiabatik jarayonda sistemada issiqlik almashinuvi kuzatilmaydi, lekin ideal gaz ichki energiyasi hisobiga ish bajarishini ko’rsatuvchi tenglama.
Pdv+CVdT = 0
gа p = RT/V ni qoyib T ga bo'linsa, (RdV/V)+CVdT/T = 0 ва
R = Cp-CV bo'lganligi uchun(Cp-CV)dV/V+CVdT/T = 0 hosil bo'ladi
va uni CV ga bo'lib Cp/CV = γ deb belgilasak
(γ-1)dV/V+dT/T = 0 bo'ladi
va integrallasak
lnV γ -1+lnT = const ёки TV γ -1 = const
Xosil bo'ladi.
Xussi shu yo'l bilan Tp(1- γ)/ γ = const Tenglasidan
pV γ = const kelib chiqadi. BU PUASSON tenglamalati hisoblanadi.
13-savol)
Gess qonunida quyidagi ta’riflar bor:
– kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti dastlabki va oxirgi moddalar
holati bilan tarkibiga bogʻliq boʻlib, reaksiya olib borilgan yoʻlga bog’liq emas
– har qanday yopiq jarayon uchun izoxorik yoki izobarik
jarayonlarda chiqarilgan yoki yutilgan issiqlikning algebraik yigʻindisi har doim nolga tengdir.
Gess qonunidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi.
–Lavuaze-Laplas qonuni. Kimyoviy birikmaning parchalanish issiqlik
effekti ∆N21. Uning hosil bo‘lish issiqlik effekti ∆N12 ga. Absolyut son jihatidan
teng bo‘lib, ishora unga qarama-qarshi qiymatga egadir. Yopiq jarayon bo‘lgani
uchun (1-2-1), Gess qonuni bo‘yicha:
∆H = ∆H12+∆H21 = 0, bundan ∆H12 = -∆H21
–Ikkita reaksiya borayotgan bo‘lsa va u har xil oxirgi holatga olib kelsa,
bu ikki reaksiya issiqlik effektlarining ayirmasi 1-oxirgi holatdan 2-siga o‘tish
issiqlik effektiga H32 teng.
Gess qonunini ta’rifidan: ∆H = ∆H12+∆H23 +∆H31 = 0; ∆H12∆+H13 = -∆H23,
chunki 1-xulosadan ∆H31 = -∆H13 ; -∆H23 = ∆H32.
Shuning uchun,
∆H12+∆H13 = ∆H32
–Har xil boshlang‘ich holatga ega bo‘lgan ikki reaksiya issiqlik
effektlarining ayirmasi bir boshlang‘ich holatdan ikkinchisiga o‘tish issiqlik
effektiga teng.
Yopiq sikl (1-3-2-1) uchun Gess qonuni bo‘yicha N = 0 yoki
∆H13+∆H32+∆H21 = 0 bundan ∆H13+∆H23 = ∆H12
–Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti mahsulotlar hosil bo‘lish
issiqliklarining yig‘indisi bilan boshlang‘ich moddalar hosil bo‘lish issiqliklari
yig‘indisi orasidagi ayirmaga teng:
–Har qanday reaksiyaning issiqlik effekti boshlang‘ich moddalar yonish
issiqliklari yig‘indisi bilan mahsulotlar yonish issiqliklari yig‘indisining
ayirmasiga teng:
Hreaksiya= b..m.Hb..m.mahs.Hmahs.
KIRXGOFF qonuni QUYIDAGICHA
Kirxgoffning va tenglamalari kimyoviy termodinamikada keng
qo‘llaniladi, chunki ular standart sharoitdagi ma’lumotlar asosida turli
haroratdagi issiqlik effektlarni topish imkoniyatini beradi.
(Formulasini yozishni imkoni bo'lmadi telefonda tayyorlayotganim uchun)
14-savol)
Gibbs energiyasi quyidagicha
dG=dH–TdS
Gelmgols enerhiyasi esa:
dF=dU–TdS
Ular orasidagi bog'liqlik:
dH=dU+pdV
dG=dU+pdV–TdS =dU+pdV+dF-dU=pdV+dF
dG=pdV+dF
15-savol)
Ba’zi sharoitlarda qaytar jarayonning maksimal foydali ishi yo'lga bog'liq
bo'lmasdan, faqat sistemaning boshlang'ich va oxirgi holatiga bog'liq bo’ladi,
bunda maksimal foydali ish jarayonda ma'lum holat funktsiyasining kamayishiga
teng. Ayirmasi maksimal foydali ishga teng bo'lgan bunday holat funktsiyalarini
termodinamik potentsiallar deyiladi.
16-savol)
Issiqlik sig‘imi aniq musbat bo’lganligi uchun temperatura oshishi bilan
sistemaning ichki energiyasi ham oshib boradi, va aksincha, temperatura
pasayishi bilan energiya kamayadi. Temperatura absolut nolga intilganda
energiya nolga intiladi.
17-savol)
Bu savolga javob topa olmadim.
18-savol)
Erkin energiyaning ikkinchi nomi Gelgols energiyasidir: dF=dU–TdS. Erkin
energiya shunday energiyaki, adiabatik jarayonlarda ichki energiya qanday rol
o‘ynasa, izotermik jarayonlarda erkin energiya shunday rol o'ynaydi. Boshqacha
qilib aytganda, izotermik jarayonlarda ish erkin energiyaning kamayishi hisobiga
bajariladi,
19-savol)
Gelmgols energiyasi bo'yicha:
dF=dU–TdS
TdS esa ichki energiyaning ishga aylana olmaydigan qismi va bu qism
bog‘langan energiya deyiladi.
20-savol)
Izobar-izoterm potensial bu– Gibbsning termodinamik potensiali hisoblanadi.
21-savol)
Gibbs-Gelmgols tenglamalari yordamida, izotermik jarayonda mexanik kuchlarni
va izotermik-izobarik jarayonda nomexanik kuchlarning bajargan maksimal ishini
hisoblash mumkin.
22-savol)
Termodinamikaning uchinchi qonunini asosan temperatura nolga intilganda
termodinamik parametrlar temperaturaga bog‘liq bo‘lmay qolishini tushuntiradi.
Nernst ta’rifiga ko’ra: absolut nol temperaturaga yaqinlashishda har qanday
muvozanatdagi sistema entropiyasi, izotermik jarayonlarda, holatning
termodinamik parametrlariga bog'liq bo'lmay qoladi va T = 0 yaqinida hamma
sistemalar uchun bir xil doimiy universal qiymat qabul qiladi, bu qiymatni nolga
teng deyish mumkin.(formula yozishni imkoni bo'lmadi telefonda)
Do'stlaringiz bilan baham: |