4.3 rasm.p-v va T-s diagrammalardagi aylanma sikl
Siklga termodinamikaning 1 - qonunini qo‘llaylik.
- 1V2A1 yopiq kontur bo‘yicha integrallashni bildiradi. Ishchi jism dastlabki holatiga qaytgani uchun uning ichki energiyasi ham yana dastlabki holatiga qaytadi. SHuning uchun . U holda qts = lts Bu yerda qts = =q1-q2 ishga aylangan issiqlikdir. Issiqlikning termik f.i.k. deb siklning bajargan lts ishini shu ishni bajarish uchun siklga keltirilgan q1 issiqlikka nisbatiga aytiladi.
Termik f.i.k. issiqlik dvigatelining mukammallik darajasini ko‘rsatadi.
Sovutkichsiz ishlay oladigan dvigatelg‘, ya’ni isitkichdan olingan issiqlikni to‘la ishga aylantira oladigan dvigatelga 2-tur abadiy dvigatellar deyiladi.
Termodinamikaning 2-qonunidan ko‘rinadiki, 2-tur abadiy dvigatellar bo‘lishi mumkin emas.
To‘g‘ri va teskari Karno sikllari
To‘g‘ri Karno sikli ikkita izoterma va ikkita adiabatadan iborat (rasm 4.4). Ushbu sikl yordamida frantsuz olimi S. Karno 1824 yilda issiqlikni mexanik ishga aylantirish qonuniyatlarini ishlab chiqdi
4.4 rasm.To‘g‘ri Karno sikli
Ishchi jism T1 haroratda va hajmdan vb gacha izotermik kengayib, isitkichdan q 1=T1 (S2 - S1) issiqlik oladi. Ishchi jismni keyingi kengayishi adiabata bo‘yicha boradi. Ishchi jismni bunday kengayishi ichki energiya hisobiga bo‘lgani uchun harorat T2 ga tushadi.
Endi ishchi jismning dastlabki holatiga qaytarish uchun uni T2 haroratli sovutkichga qo‘yamiz va cd izoterma bo‘yicha qisamiz. Bunda sistema ustida l2 ni bajaramiz va q 2=T2 (S2 - S1) issiqlikni sovutkichga uzatamiz so‘ng silindrni izolyatorga quyib da liniya bo‘yicha qisishni davom ettiramiz. Bunda bajarilgan ish sistema ichki energiyasini oshirishga sarf bo‘ladi va gaz xaroratii T1 ga ko‘tariladi. Topilgan q 1 va q2 qiymatlarini (4.7) ga kuysak.
demak,
Karpo sikli uchun termik f.i.k.
Karpo siklining termik f.i.k. termodinamika 2-qonunining mohiyatini ko‘rsatadi. Undan ko‘rinib turibdiki, isitkichdan olingan issiqlikni to‘la ishga aylantirish, ya’ni t = 1 bo‘lishi uchun T1à yoki
T2à 0 bo‘lishi kerak. Ikkala haroratni ham olib bo‘lmaydi. SHuning uchun t< 1.
Karno qaytar siklini teskari yo‘nalishda amalga oshiraylik (4.5-rasm). Ishchi jism avval a nuqtadan b nuqtagachi ichki energiyasi hisobiga kengayish ishini bajarib adiabatik kengayadi, bunda uning harorati T1 va T2 gacha soviydi, sungra b nuqtadan s nuqtagacha ishchi jism T2 xaroratli sovitgichdan q2 issiqlik olib izotermik kengayadi. Keyin gaz s nuqtadan d nuqtagacha adiabatik qisilib, harorati T2 dan T1 gacha ko‘tariladi. So‘ng d nuqtadan a nuqtagacha T1=const sharoitda izotermik qisilib, q1 issiqlikni isitgichga uzatadi. 4.6 – rasmda sovitish mashinasining termodinamik sxemasi keltirilgan.
Teskari siklda ishchi jism yuqori haroratda siqilgani uchun, tashqi kuchlarning qisish ishi kengayish ishiga nisbatan siklning absd konturi yuzasi qiymatiga katta. Bu ish issiqlikka aylanib, q2 issiqlik bilan isitgichga uzatiladi.
4.5– rasm.
Teskari Karno sikli
|
Иситкич T1
q1
Ишчи
жисм
lts
Совуткич T2
q2
4.6 – rasm. Sovutishmashinasining
termodinamik sxemasi
|
Shunday qilib teskari siklni amalga oshirish uchun lts ish bajarib, past haroratli manbadan yuqori haroratli manbaga issiqlik uzatish mumkin. bunda past haroratli manba q2 issiqlik uzatib, yuqori haroratli manba q1=q2+lts issiqlik oladi. Teskari Karno sikli sovitish qurilmalari va isitish nasoslarining ideal sikli xisoblanadi.
Sovutish kurilmalarida ishchi jism sifatida oson qaynovchi suyuqliklar (freon, ammiak va boshqalar) bug‘lari ishlatiladi. sovutish kamerasidagi issiqlik elektr energiyasi sarfi hisobiga tashqariga uzatiladi.
Sovutish qurilmalarining samaradorligi sikl mobaynida sovitish kamerasidan olingan issiklik miqdorini siklni amalga oshirish ishiga sarf bo‘lgan ishga nisbati sifatida topiluvchi sovutish koeffitsienti orqali aniqlanadi:
Teskari Karno sikli uchun
Formulalardan ko‘rinib turibdiki, tashqi muhit bilan sovutish kamerasi o‘rtasidagi haroratlar farqi qanchalik kichik bo‘lsa sovutish koeffitsienti ham shunchalik katta bo‘ladi va shunchalik oz energiya sarf bo‘ladi.
Teskari Karno siklidan foydalanib termodinamika 2-qonunining yana bitta, ya’ni Klauzius tahrifini aytish mumkin: ”Issiqlik o‘z-o‘zidan past haroratli jismdan yuqori haroratli jismga o‘ta olmaydi. Ushbu tahrif Tomson bergan tahrif bilan ekvivalentdir. Aks holda ikkinchi turdagi abadiy dvigatelni yaratish mumkin bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |