Q=QA+QR+QD (a)
(a) tenlikning ikkala qismini nuriy energiyaning umumiy miqdori Q ga bo’lsak, quyidagini olamiz:
(b)
Bu tenglikning chap qismidagi nisbatlarni tegishlicha A, R va D bilan belgilasak quyidagicha bo’ladi:
-yutilish koeffitsiyenti yoki jismning yutish hususiyati;
-qaytarish koeffitsiyenti yoki jismning qaytarish hususiyati;
- o’tkazish koeffitsiyenti yoki jismning o’tkazish hususiyati.
Bularni e’tiborga olib, (b) tenglikni shunday yozish mumkin:
A+R+D=1
Bu tenglik nurlanish energiyasi issiqlik balansi tenglamasi deyiladi.
Agar A=l bo’lsa (R=D=0), u holda jism o’ziga tushgan nurlanishni qaytarmay va o’tqazib yubormay hammasini yutadi. Bunday jism absolyut qora jism deyiladi. Tabiatda absolyut qora jismlar yo’q. Neft qurumi o’zining hususiyatlari jixatidan absolyut qora jismga yaqin turadi, uning yutilish koeffitsiyenti A=0,9-0,96. Agar jismning sirti yorulik nuridan boshqa barcha nurlami yutadigan bo’lsa, u ko’zga absolyut qora jism sifatida ko’rinmaydi, lekin uning nurlanishi absolyut qora jismning nurlanishiga yaqin bo’lishi mumkin. Masalan, qor va muz uchun spektrning keng uchatskasi bo’yicha o’rtacha olingan yutilish koeffitsiyenti A=0,95-0,98.
Agar R=l bo’lsa (A=D=0), jism o’ziga tushgan barcha nuriy energiyani qaytaradi. Bunda agar sirtdan qaytish jarayonlari qonunga bo’ysunsa, ya׳ni tushish burchagi qaytish burchagiga teng bo’lsa, u holda jismning sirti ko’zgu sirt deyiladi. Agar energiya hamma yo’nalishda qaytarilsa, ya׳ni qaytarish diffuzion bo’lsa, u holda jismning sirti absolyut oq deyiladi.
Nuriy energiya chiqarish hususiyatiga ega bo’lgan jismlar albatta yutish hususiyatiga ham ega bo’ladilar.
Agar D=l bo’lsa (A=R=0), u holda jism o’ziga tushayotgan nurlarning hammasini o’tqazib yuboradi va absolyut tiniq (shaffof) yoki diatermik jism deyiladi. Bir va ikki atomli gazlarning hammasini diatermik jismlar deb hisoblash mumkin. Uch atomli va ko’p atomli gazlar ularning aksicha issiqlik energiyasini yutadi va chiqaradi.
Tabiatda absolyut qora jismlar bo’lmagani kabi, absolyut oq va absolyut shaffof jismlar ham bo’lmaydi. Real jismlar oz yoki ko’proq darajada qora, ko’zgusimon va shaffof bo’ladi.
Spektral yutish hususiyati tushayotgan nurlanishning to’lqin uzunligiga (chatsotasiga) boliq bo’lmagan jismlar kul rang jismlar deyiladi. Barcha real jismlar uchun A, R va D larning qiymatlari doimo birdan kichik bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |