Termodinamika” fanidan o`quv- uslubiy majmua



Download 4,79 Mb.
bet6/182
Sana11.04.2022
Hajmi4,79 Mb.
#543693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Bog'liq
маъруза-мажмуа

Temperatura


Eng muhim parametrlardan biri absolyut temperaturdir.Temperatura jismning issiqlik holatini tavsiflaydi.Issiqlikning faqat ko’proq qizdirilgan jismdan kamroq qizdirilgan jismgagina, ya’ni yuqori temperaturali jismdan past tmepraturali jismga o’tishi tajribadan juda yaxshi mahlum.Shunday qilib, jismlar temperaturasi bu jismlar orasida issiqlikning o’z-o’zidan o’tishi mumkin bo’lgan yo’nalishni aniqlaydi.
Temperatura, masalan, termometrlar yordamida o’lchanadi.Temperaturani o’lchash uchun foydalaniladigan har qanday asbob qatoiy belgilangan temperatura shkalasiga muvofiq graduslarga bo’lingan bo’lishi kerak.
Hozir turli temperatura shkalalari – Stelpsiy, Farangeyt, Reomyur va Renkin shkalalaridan foydalaniladi. Bu shkalalar orasidagi nisbat 1-1 jadvalda keltirilgan.
Termodinamikaviy tadqiqotlarda 1848 yilda buyuk ingliz olimi Kelpvin taklif etgan shkaladan foydalaniladi. Kelpvin shkalasining noli sifatida ideal gaz molekulalarining tartibsiz harakati to’xtaydigan temperatura qabu qilingan: bu temperatura absolyut nolp deyiladi. Absolyut nolp Selpsiy shkalasi bo’yicha – 273,15C temperaturaga muvofiq keladi. Kelpvin shkalasi bo’yicha hisoblanadigan temperatura doimo musbat bo’ladi. U absolyut temperatura yoki Kelpvin bo’yicha temperatura deyiladi va K bilan belgilanadi.
1-1 jadval.
Turli temperatura shkalalari orasidagi nisbat

Shkalalarning nomi

Selpskiy shkalasi, t,C

Renkin shkalasi, T,Ra

Farangeyt shkalasi, t,

Reomyur shkalasi, t,R

Selg’kiy shkalasi, C

-





1,251

Renkin shkalasi, Ra

1,8(tC++273,15)

-

1+459,67

1,8(1,25tR+ +273,15)

Farangeyt shkalasi 

1,8tC+32

tRa–459,67

-



Reomyur shkalasi, R

0,8tC





-

Absolyut shkala bo’yicha olingan temperatura bilan Stelpsiy shkalasi (tC) bo’yicha olingan temperatura orasidagi bog’lanish quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


T K =273,15+tC.


Bosim
Idishdagi gaz molekulalari to’xtovsiz va xaotik harakatda bo’ladi. Ular bir—biri bilan to’qnashib, idish devoriga uriladi va devorga gaz molekulalari zarbiy kuchining ta׳siri seziladi.
Suyuqlik va gaz molekulalarning, plazma yoki zarralar oqimining idish devorining yuza birligiga uzatgan ta׳sir kuchi kattaligi bosim deyiladi:

Har qanday gaz o’zi joylashgan hajmini to’ldirib, shu hajm hosil qilgan idish devorlariga normal yo’nalishda ta׳sir ko’rsatadi, ya׳ni devorga bosim beradi. Bosim SI o’lchov birligi sistemasida paskalda (1 Pa =l N/m2; 1 kPa = 103 Pa; 1 MPa=106 Pa) o’lchanadi. Fizika kursidan ma׳lumki molekulyar- kinetik nazariya nuqtai nazaridan gaz bosimi , bunda n - birlik hajmdagi molekulalar soni; m-molekulalar massasi; v-molekulalarning ilgarilanma harakatdagi o’rtacha kvadratik tezlik.
Temperatura sistemaning issiqlik holatini tavsiflaydigan asosiy holat parametrlaridan biri. Jismning isiganlik darajasi harorat orqali ifodalanadi. Jism tarkibidagi zarralami qancha katta bo’lsa, ularning kinetik energiyasi ham shuncha katta qiymatga etadi.
Gazning harorati gaz molekulalarining o’rtacha kinetik energiyasi o’lchovi bo’lsa, unda haroratni energiya o’lchov birligida, ya׳ni joulda o’lchash kerak. Bunday o’lchov birligini (joul) Texnikada qo’llash noqulay. SHu sababli harorat Texnikada gradusda o’lchanadi.
L. Bolsman ideal gaz molekulalarining tezliklar bo’yicha taqsimotini o’rganib, harorat modda tarkibidagi zarralarning issiqlik harakati jadalligini o’lchovidir degan xulosaga kelgan. SHuning uchun ham issiqlik harakati jadalligini son qiymati modda tarkibidagi zarra (molekula) larning o’rtacha kinetik energiyasi bilan bolanganligini matematik ifodasini bergan:

bunda k=l,380662•10-23 j/K-Bolsman doimiysi;
mv2/2 -zarraning kinetik energiyasi..
Termodinamik harorat shkalasining "nol" nuqtasi uchun ideal gaz molekulasining tartibsiz harakati go’yoki to’xtaydigan harorat qabul qilingan bo’lib, u absolyut nol deyiladi.
Absolyut harorat ideal gaz qonuniyati nuqtai nazaridan qaralsa, unda o’zgarmas hajmdagi ideal gaz bosimi shu gazning absolyut haroratiga mutonasibdir, RT. SHu holat asosida gaz termometrlari yaratilgan. Demak, harorat bevosita o’lchanmaydigan kattalik ekan. Temperatura boshqa fizik kattaliklarni o’lchash yo’li bilan aniqlanadi. Bunga gaz yoki suyuqlik termometrlari misol bo’la oladi.

Download 4,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish