rx=rx
To’yingan nam bug’g’ning 1 kg suyuqlikni qaynash haroratiga qadar isitishga va uning qisman bug’g’lanishiga (bug’nda x kg suyuqlik bug’lanadi) sarflangan issiqligi quyidagiga teng:
x=q+rx
Quruqlik doimiysining egri chiziqlari. Bug’g’ning quruqlik parametri x ni pv va TS - diagrammalarida oson tasvirlash mumkin.
Agar pv - diagrammada x ning muayyan qiymatiga (masalan, x=0,2 ga) mos keladigan va turli izobaralarga taaluqli a, b, c, d nuqtalar o’zaro tutashtirilsa, o’zgarmas bug’g’ saqlami x=0,2 egri chizii olinadi. x ning turli qiymatlari (x=0,4, x=0,6 va xokazo) uchun ana shunday yasashlar qilib, o’zgarmas quruqlik (x=const) egri chiziqlar to’plamini hosil qilamiz.
TS - diagrammada ham xuddi shunga o’xshash quruqlik egri chiziqlari yasash mumkin.
Diagrammada shunday egri chiziqlarning bo’lishi bug’g’ning istalgan holati uchun uning barcha asosiy parametrlarini: bosimi, hajmi, harorati va quruqlik darajasini aniqlashga imkon beradi; bug’g’lar bug’g’ holatini xarakterlash uchun yetarii ma׳lumot beradi.
Yuqoridagi tenglamadan bug’g’ning quruqlik darajasi (bug’g’ saqlami) x ni aniqlash mumkin:
7-MA’RUZA
MAVZU: GAZLARNING OQISHI. ASOSIY TENGLAMALAR.
7. Gazlarning oqishi. Asosiy tenglamalar.
7.1.Oqim uchun termodinamikaning birinchi qonuni.
7.2.Oqim bajaradigan ish.
7.3.Gazning oqib chiqish tezligi va sarfi.
7.4.Gaz oqimini drossellash.
7.1Oqim uchun termodinamikaning birinchi qonuni
Bug’ va gaz turbinalari, turbokompressorlar, reaktiv dvigatellar va boshqa ko’pchilik hozirgi zamon mashinalaridagi ish jarayonlari ish jismi-gaz yoki bu oqimining kinetik energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Gaz oqimining kinetik energiyasi uning oqish tezligining kvadratiga proportsional bo’ladi, binobarin oqish tezligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning ish bajarish xususiyati shunchalik katta bo’ladi. Gazning ichki energiyasini harakatning kinetik energiyasiga aylantiradigan kanallar coplolar deyiladi. Gaz soplo bo’ylab harakatlanganda uning bosimi pasayadi, tezligi esa ortadi. Agar kanalda ishchi jismning siqilishi natijasida uning bosimi ortib, tezligi kamaysa, bunday kanalni diffuzor deb aytiladi. Gaz oqimini tekshirishda, odatda, barqaror oqim issiqlik almashinuvisiz (adiabatik) amalga oshiriladi, deb faraz qilinadi. Kanalning istalgan kesimida gazning barcha parametrlari (v, , p, T) vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydigan oqib chiqish jarayoni barqaror oqib chiqish jarayoni deyiladi.
Gaz oqimi uchun termodinamikaning birinchi qonuni quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
(7.1)
bunda dq–1kg gazga tashqi issiqlik manbaidan berilgan issiqlik:
du – gaz ichki energiyasining o’zgarishi;
d (Pv) – 1kg gazni kanal bo’yicha siljitishga sarflangan ish (siljitish ishi);
dw2/2 – gaz siljiganda kinetik energiyaning o’zgarishi.
(u+Pv) kattalik entalpiya bo’lgani sababli,
(7.2)
yoki
/2 (7.3)
(7.2) tenglamadan ko’rinib turibdiki, gazning oqish jarayonida keltirilgan issiqlik ichki energiyaning o’zgarishiga, siljitish ishiga va ishchi jismni kinetik energiyasining o’zgarishiga sarflanadi yoki gaz oqimida keltirilgan issiqlik entalpiyaning hamda kinetik energiyaning o’zgarishiga sarflanadi. Adiabatik jarayonda dq=0, shuning uchun:
yoki
(7.4)
Demak, gaz tashqi muhit bilan issiqlik almashinmay kanal bo’ylab harakatlanganda uning entalpiyasi kamayishi natijasida kinetik energiyasi ortadi.
Agarda ishchi jismni boshlanich tezligi nolga teng bo’lsa, u holda oqim tezligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
Agar entalpiya kJ/kg da o’lchansa, u holda oxirgi tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
(7.5)
h1 va h2 kattaliklar hs – diagrammadan yoki shu moddani jadvallaridan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |