Izolirlangan sistemalarda entropiya ortib borishi va muvozanat holatida maksimal qiymatlarga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham bunday sistemalarda jarayonlarni yo’nalishi haqida muloxaza qilishda entropiya va uning o’zgarishi mezon sifatida qo’llanilishi mumkin. Ammo amaliyotda ko’pincha jarayonlar izolirlanmagan sistemalarda amalga oshiriladi. Deyarli hamma sanoatdagi ishlab chiqarish qurilma – uskunalar harakati issiqlik almashinuv, hajm o’zgarishi bilan bog’liq. Bu jarayonlarga entropiyani mezon sifatida qo’llash xatoliklarga olib keladi. Chunonchi, Klauzius, termodinamika taraqiyotiga ulkan xissa qo’shgan zabardast olim, o’zining “olamni issiqlik halokati” maqolasida shu xatolikka yo’l qo’ygan. Uning fikricha, tabiatda borayotgan jamiki jarayonlar o’z – o’zidan borganligi natijasida olam entropiyasi ortib boradi. (Axir tepadan pastga suv oqqanda, issiq toshdan issiqlik sovuq buloq suviga o’tganda va shunga o’xshash jarayonlarda entropiya ortadi-ku).U: “Entropiya ortishi issiqlik bilan to’g’ridan–to’g’ri bog’langanligidan olam isib boradi va ma’lum bir vaqtga kelib odamzod katta miqdordagi issiqlikdan xalokatga uchraydi”,- deydi.