Termiz tuman kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"



Download 2,62 Mb.
bet20/28
Sana18.02.2022
Hajmi2,62 Mb.
#456271
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
Теxnikaviy chizmachilik fanidan O\'MT (4)

Mashg’ulot yakuni
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.

Uyga vazifaning berilishi
2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.

Baholari bilan tanishadilar.


Yozib oladilar.





Mavzu: Tekis shakl va geometrik jismlarning texnik rasmlarini qurish.
Tekislik kompleks chizmada quyidagi ko‘rinishlarda berilishi mumkin: Bir to‘g‘ri chiziqlarda yotmagan uchta nuqta proyeksiyalari bilan.

To‘g‘ri chiziq va unda yotmagan nuqta bilan . Ikki kesishuvchi to‘g‘ri chiziq proyeksiyalari bilan . Ikki parallel to‘g‘ri chiziq proyeksiyalari bilan.

Geometrik shakl proyeksiyalari bilan Tekislik izlari bilan.
Gorizontal, frontal, profil proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan og‘ma joylashgan tekislik umumiy vaziyatdagi tekislik deyiladi.

Gorizontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikular bo‘lgan R tekislik gorizontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. Frontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikular bo‘lgan S tekislik frontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. Profil proyeksiyalar tekisligiga perpendikular bo‘lgan T tekislik profil proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. Bunday tekisliklarning bitta proyeksiyasi to‘g‘ri chiziq bo‘lib, uning asosiy izi bilan qo‘shilib qoladi. Bunga proyeksiyalovchi tekislikning xossasi deb ataladi.

Frontal va profil proyeksiyalar tekisliklariga perpendikular va gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan R tekislik gorizontal tekislik deyiladi.

Gorizontal va profil proyeksiyalar tekisliklariga perpendikulyar va frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lgan, S tekislik frontal tekislik deyiladi. Frontal va gorizontal proyeksiyalar tekisliklariga perpendikulyar va profil proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lgan T tekislik profil tekislik deyiladi. Berilgan P tekislikning proyeksiyalar tekisliklari bilan uchrashgan (kesishgan) chiziqlari tekislikning (РН, РV, PW) izlari deyiladi. Bunda tekislik izlari proyeksiyalar tekisliklarining bittasiga haqiqiy kattaliklarida va ikkitasiga qisqarib tasvirlanadi.
Berilgan tekislikda yotib, H, V, W teksiliklarga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlarga maxsus vaziyatdagi to‘g‘ri chiziqlar deyiladi. Tekislikning gorizontal proyeksiyalari tekisligiga parallel bo‘lgan [АВ] to‘g‘ri chizig‘iga Р tekislikning gorizontali deyiladi.Tekislikning frontal proyeksiyalari tekisligiga parallel bo‘lgan [СD] to‘g‘ri chizig‘iga Р tekislikning frontali deyiladi. Tekislikning profil proyeksiyalari tekisligiga parallel bo‘lgan [ЕF] to‘g‘ri chizig‘iga Р tekislikning profili deyiladi. Tekislikning maxsus chiziqlari ularning izlariga mos ravishda parallel bo‘ladi.

Tekislikning izlarini aniqlash uchun, tekislikda yotuvchi to‘g‘ri chiziqning izlarini topish kerak bo‘ladi. umumiy vaziyatdagi Р tekislik berilgan. РН, РV, PW lar shu Р tekislikning izlari. Tekislik gorizontalining frontal izi РV da yotgan N nuqta va profil izi PW da yotgan K nuqta bo‘ladi.

Agar istalgan nuqta tekislikka tegishli to‘g‘ri chiziqda yotsa, u holda nuqta ham tekislikda yotadi. Chizmalarda berilgan nuqtaning bitta proyeksiyasi orqali boshqa proyeksiyalarini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, uchburchak АВС tekislikka tegishli К nuqtaning frontal proyeksiyasi К' nuqta berilgan.

К nuqtaning yetishmagan proyeksiyalarini aniqlash uchun uchburchakning А uchi va К nuqtadan o‘tib uchburchakning BС tomonini kesuvchi yordamchi to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi va chizmada m' nuqta hosil qilinadi. Bu m' nuqtani uchburchakning tegishli tomoniga proyeksiyalab m nuqta hosil qilinadi. a va m nuqtani birlashtirib, k' nuqtadan bog‘lovchi chiziq o‘tkaziladi. Yordamchi chiziqda К nuqtaning gorizontal proyeksiyasi k nuqta aniqlanadi. Nuqtaning profil proyeksiyasi k" nuqta proyeksion bog‘lovchi chiziq yoki yordamchi АМ to‘g‘ri chiziq yordamida topiladi. Tekislik ustida cheksiz ko’p nuqtalar va to’g’ri chiziqlar mavjuddir. Shunga ko’ra tekislik nuqtalar yoki to’g’ri chiziqlar to’plamidan iboratdir. Quyidagi hollarda birgina tekislik o’tkazish mumkin: bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan uchta nuqta orqali yoki bir to’g’ri chiziq yoki unda yotmaydigan bir nuqta orqali, yoxud kesishuvchi ikki to’g’ri chiziqlar.
Tekislikda yotuvchi to’g’ri chiziqlarni ham ikki turga ajratish mumkin:
1.Tekislikning chekli (xos) chiziqlari. Bu chiziqlarni tekislikda chizib vaziyatini belgilash mumkin:
2.Tekislikning cheksiz uzoqlashgan (xosmas) chizig’i. To’g’ri chiziq va tekisliklarning xosmas elementlari nazariy masalalarni talqin qilishda keng qo’llaniladi. Tekislikdagi to’g’ri chiziqlarning xosmas nuqtalarning geometrik o’rni tekislikni xosmas chizig’i deyiladi. Tekislikdagi nuqtalar to’plamining ma’lum bir qismidan biror qonuniyatga asoslanib ko’pburchaklar va egri chiziqlar hosil qilish mumkin.
Texnik rasm loyihalash amaliyotida keng qo'llaniladi. Konstruktor o‘zining yangi fikrini yaqqol qilib ifodalash uchun dastawal uning rasmini chizishi va bunday rasmlar texnik rasm qonun-qoidalariga amal qilgan holda bajariladi. Texnik rasm deb, detaining nisbatini ko‘z chamasida saqlagan holda chizmavhilik asboblari ishlatilmay qo'lda bajarilgan aksonometrik tasvirga aytiladi. Buyumning chizmalarini o'qish jarayonida ham texnik rasmlardan foydalaniladi.Buyum chizmasini tez va oson qiynalmay o'qish uning texnik rasmini chizsh orqali amalga oshiriladi. U orqali buyumning shaklini ko‘z oldiga keltirishga yordam beradi
va fazoviy tasawurni rivojlantiradi.
Detaining texnik rasmi ko‘pincha izometriya yoki frontal dimetriyada bajariladi.
1.Texnik rasmni izometrik proyeksiya asosida bajarish. Oldin texnik rasm chizish uchun qo'lda, ko‘z bilan chamalab izometriya o‘qlarini o‘tkazish uchun yarim aylana chiziladi va uning yarimi teng uchga bo‘lib olinadi va 1 hamda 2 nuqtalar О bilan tutashtiriladi. Yoki О dan ikki tomanga beshtadan bir xil bo‘lak o‘lchab qo‘yiladi va oxirgi nuqtadan pastga uchtadan boiak qo‘yilib, 1 va 2 nuqta О bilan birlashtiriladi.

Texnik rasmlarni millimetrlangan yoki kataklangan qog'ozga chizish ham mumkin. Shunda texnik rasmni chizish ancha osonlashadi.
2. Texnik rasmni frontal dimetriya asosida bajarish. Bu yerda у o‘qni 45° burchak chizish uchun yarim aylana qo'lda, ko‘zda chamalab chizilgandan keyin uning yarimisi teng ikkiga bo‘lib olinadi hamda 1 nuqta О bilan tutashtiriladi. Shunda frontal dimetriya o'qlari hosil bo'ladi.

Aylana V da o‘z kattaligida, ya'ni aylanaligicha tasvirlanadi. Qolgan H va W lardan bir xil ko‘rinish va kattalikdagi qisiqroq elips ko'rinishida bajariladi. H da chizilishi lozim bo'lgan ellipsni bajarish 2.5.8 -chizma, b da ko'rsatilgan. z o‘qqa nisbatan 7° burchakda ellipsning kichik o'qi o'tkazilib, unga perpendikulyar qilib katta o'qi o'tkaziladi. О dan kichik o'qqa bir bo'lagdan, katta o'qa 3 bo'laklardan bir xil kattalikdagi bo'laklar o'lchab qo'yiladi. 1 va 2 uqtalar О bilan birlashtirilib, ularning davomiga 1C,=0C, 2Ai=2A masofalar olib o'tiladi hamda A, A,, C,,C shu tartibda bajariladi. Bunday ellips W da ko'rsatilgan tartibda chiziladi. Detaining texnik rasmini frontal dimetriyada bajarilishi misol tariqasida 2.5.9 - chizmada berildi. Bu yerda z o'qi у o'qqa almashtirilgan.

Texnik rasm loyihalash amaliyotida keng qo'llaniladi. Konstruktor o‘zining yangi fikrini yaqqol qilib ifodalash uchun dastawal uning rasmini chizishi va bunday rasmlar texnik rasm qonun-qoidalariga amal qilgan holda bajariladi. Texnik rasm deb, detaining nisbatini ko‘z chamasida saqlagan holda chizmavhilik asboblari ishlatilmay qo'lda bajarilgan aksonometrik tasvirga aytiladi. Buyumning chizmalarini o'qish jarayonida ham texnik rasmlardan foydalaniladi.Buyum chizmasini tez va oson qiynalmay o'qish uning texnik rasmini chizsh orqali amalga oshiriladi. U orqali buyumning shaklini ko‘z oldiga keltirishga yordam beradi.
va fazoviy tasawurni rivojlantiradi.
Detaining texnik rasmi ko‘pincha izometriya yoki frontal dimetriyada bajariladi.
1.Texnik rasmni izometrik proyeksiya asosida bajarish. Oldin texnik rasm chizish uchun qo'lda, ko‘z bilan chamalab izometriya o‘qlarini o‘tkazish uchun yarim aylana chiziladi va uning yarimi teng uchga bo‘lib olinadi va 1 hamda 2 nuqtalar О bilan tutashtiriladi. Yoki О dan ikki tomanga beshtadan bir xil bo‘lak o‘lchab qo‘yiladi va oxirgi nuqtadan pastga uchtadan boiak qo‘yilib, 1 va 2 nuqta О bilan birlashtiriladi.








Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish