K u n t a r t i b i
1. Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ahvoli va uni yaxshilash choralari to‘g‘risida.
Eshitildi: kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov gapirdi. - Hurmatli kafedra a’zolari! Universitet qoshidagi iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan komissiya 2002-2003 o‘quv yilida da’vogar talabalarni tegishli tartibda imtihondan o‘tkazib, fakultet bo‘yicha iqtidorli deb hisoblangan talabalarni ma’lum qildi. Biz yaqinda dekanatdan ana shu talabalar ro‘yxatini oldik. Mana ushbu ro‘yxat:
№
| F.I.Sh |
Kurs, guruh
|
Raven test natijasi
|
Ilmiy rahbari
|
1
|
Komilova Dildor
|
2-01
|
+47/13
|
prof. Karimov S.
|
2
|
Narziyeva Ma’mura
|
2-01
|
+47/13
|
prof. Yo‘ldoshev B.
|
3
|
Nasimova Zulayxo
|
2-01
|
+47/12
|
prof. O‘rinboyev B.
|
4
|
Shodiyeva Ozoda
|
2-01
|
+50/10
|
dos. Usmonov Q.
|
5
|
Xoliqulova Shohista
|
2-01
|
+46/14
|
dos. Qurbonov T.
|
6
|
Zulfiqorova Mahbuba
|
3-02
|
|
dos. Aliqulov Z.
|
Biz bundan keyingi iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatimizni ana shu ro‘yxat asosida olib borishimiz lozim. Demak ularga ilmiy rahbar sifatida biriktirilgan professor-o‘qituvchilar har bir talaba bilan individual tartibda ish olib borishi, ularda ilmiy ish olib borishga rag‘bat uyg‘otishi lozim. Ayni paytda, kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarur.
Aytilganlardan kelib chiqib, kafedra
q a r o r q i l a d i:
1. Iqtidorli talabalar bilan ishlash berilgan ro‘yxat asosida olib borilsin.
2. Har bir talabaning ilmiy rahbariga ular bilan shug‘ullanishni qat’iy reja asosida olib borish va o‘zbek tilshunosligi faniga rag‘bat uyg‘otish vazifasi yuklatilsin.
3. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilariga o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarurligi uqtirib o‘tilsin.
4. Iqtidorli talabalarning kafedra ilmiy hayotida faol ishtirok etish va turli nashrlarda maqolalar bilan qatnashish uchun sharoit yaratish har bir o‘qituvchining pedagogik burchi deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish A.A.Fafforov zimmasiga yuklatilsin.
II. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risida.
Eshitildi: kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov quyidagilarni bildirdi: «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ot-it turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzuidagi Xalqaro ilmiy konferensiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deyishga asoslarimiz bor. Bu konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilari faol qatnashdilar. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida o‘z xizmatlarini ayamagan kafedra a’zolariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ayniqsa professorlar B.O‘rinboyev, B.Yo‘ldoshev, dosentlar J.Hamdamov, Q.Usmonov va J.Eltazarovlarga katta rahmat. Turkiy tillar ravnaqi yo‘lida sezilarli iz qoldirgan ulug‘ ajdodimiz M.Koshg‘ariyga bag‘ishlangan konferensiyaning Samarqandda o‘tkazishlishi ayni muddao bo‘ldi. Bu konferensiyada aytilgan fikrlar, ilmiy yangiliklar tadqiqotchilarimiz uchun qo‘llanma, yo‘l-yo‘riq bo‘la oladi desak yanglishmaymiz.
O‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida prof. B.O‘rinboyev, dos. Z.Aliqulov, f.f.n. J. Eltazarovlar ham o‘z fikrlarini aytdilar.
Q a r o r q i l i n d i:
1. Kafedra mudiri prof. S.A.Karimovning «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ot-it turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
IV. Har xil masalalar.
4.1. Tayyor o‘quv qo‘llanmalarini nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.
Eshitildi: ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri prof.S.A. Karimov gapirib, kafedra a’zosi dos. J.Hamdamov o‘quv rejasida ko‘rsatilgan «O‘zbek tili tarixi» faniga doir to‘rt qismdan iborat o‘quv qo‘llanmasining birinchi qismini tayyorlab, 1999 yilda nashr qildirganligini ma’lum qildi. Bu o‘quv qo‘llanmasi kam nusxada (100 dona) chop etilgani sababli o‘sha yildayoq tarqalib ketdi, nodir nashrga aylanib qoldi. Hozir talabalar orasida ushbu o‘quv qo‘llanmasiga ehtiyoj katta. Ularning ehtiyojini qondirish maqsadida muallif qo‘llanmani qaytadan ko‘rib chiqib, o‘zgartirishlar kiritgan, ayrim joylarni yangi materiallar bilan to‘ldirib, uning ikkinchi nashrini tayyorladi. Universitetimiz talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmani qayta nashr etish zarur deb hisoblayman.
Taklifni kafedra a’zolari prof. B.O‘rinboyev, prof. B. Yo‘ldoshev va prof. v/b N. Abdurahmonovlar o‘z chiqishlarida qo‘llab – quvvatladilar.
Q a r o r q i l i n d i:
1. J. Hamdamov tomonidan tayyorlangan «O‘zbek tili tarixi» o‘quv qo‘llanmasining qayta ishlangan, to‘ldirilgan nusxasi nashrga tavsiya etilsin;
2. Universitet o‘quv-uslubiy kengashidan ushbu qarorni qo‘llab quvvatlash so‘ralsin.
Kafedra mudiri prof. KARIMOV S.A.
Kotiba BERDIQULOVA M.X.
Har bir tashkilot yoki muassasada, ularning bo‘lim va tarmoqlarida yig‘ilishlar muntazam ravishda bo‘lib turganligi uchun ular tartib raqami bilan rasmiylashtiriladi.
Zaruriyat yuzasidan majlis bayonnomasidan ko‘chirmalar berilishi ham mumkin. Ko‘chirma mazmuni ham aynan bayonnomaning o‘zi bo‘ladi. Farqi shundaki, Bayonnoma so‘zi o‘rniga Bayonnomadan ko‘chirma yoziladi. Qaysi masala bo‘yicha ko‘chirma olish lozim bo‘lsa, faqat o‘sha qism olinadi va oxirida ko‘chirmaning asliga to‘g‘ri ekanligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi. Masalan:
Alisher Navoiy nomidagi SamDU o‘zbek tilshunosligi
kafedrasining 2002 yil 28 noyabrda bo‘lib o‘tgan 5-majlisi
bayonnomasidan
KO‘CHIRMA
II. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risida.
ESHITILDI: kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov quyidagilarni bildirdi: «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzuidagi Xalqaro ilmiy konferensiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deyishga asoslarimiz bor. Bu konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilari faol qatnashdilar. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida o‘z xizmatlarini ayamagan kafedra a’zolariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ayniqsa professorlar: B.O‘rinboyev, B.Yo‘ldoshev, dosentlar J.Hamdamov, Q.Usmonov va J.Eltazarovlarga katta rahmat. Turkiy tillar ravnaqi yo‘lida sezilarli iz qoldirgan ulug‘ ajdodimiz M.Koshg‘ariyga bag‘ishlangan konferensiyaning Samarqandda o‘tkazishlishi ayni muddao bo‘ldi. Bu konferensiyada aytilgan fikrlar, ilmiy yangiliklar tadqiqotchilarimiz uchun qo‘llanma, yo‘l-yo‘riq bo‘la oladi desak yanglishmaymiz.
O‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida prof. B.O‘rinboyev, dos. Z.Aliqulov, f.f.n. J. Eltazarovlar ham o‘z fikrlarini aytdilar.
Q a r o r q i l i n d i:
1. Kafedra mudiri prof. S.A.Karimovning «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ko‘chirma asliga to‘g‘ri
Kotiba M.BERDIQULOVA
BILDIRISHNOMA
Bildirishnoma xodimning yoki quyi tashkilot rahbarining yuqori tashkilot rahbariga biron bir voqyea-hodisa munosabati bilan axborot tarzida yozilgan xatidir. Bildirishnomalar tashkilotda ishlaydigan xodimni mukofotlash yoki jazolash haqidagi taklif, belgilangan rejaning bajarilganligi yoki jarayonning borish tafsiloti mazmunida bo‘lishi mumkin.
Bu hujjatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bildirishnoma muallifi yuqori tashkilot yoki uning rahbarini ma’lum voqyea-hodisa to‘g‘risida xabardor yoki ogoh etishi bilan birga bu voqyea-hodisaga o‘z munosabatini ham bildiradi va aniq takliflarini bayon qiladi. Shundan kelib chiqib, bildirishnomani boshda bu nomaning yozilishiga sabab bo‘lgan omillar, keyin muallifning unga bo‘lgan munosabati va oxirida aniq taklif-mulohazalari bayon etilgan qismlardan iborat deyish to‘g‘ri bo‘ladi.
Bildirishnoma yuboriladigan tashkilot va rahbarning lavozimi va ism familiyasi, bildirishnomani yozgan kishi yoki tashkilot va uning rahbarining lavozimi va ism-familiyasi, lozim bo‘lganda, bildirishnomaning nima haqda yozilayotganini bildiruvchi sarlavha va yangi qatorda Bildirishnoma degan so‘z, shundan so‘ng xat mazmuni va oxirida bildirishnomani tayyorlagan xodim yoki rahbarning imzosi hamda sana yozilgan zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi.
Bildirishnomaga ayrim namunalar keltiramiz:
SamDU o‘zbek filologiyasi fakulteti
dekani dosent T.I.Qurbonovga o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dosenti Z.Aliqulov tomonidan
BILDIRISHNOMA
2003 yilning 15 yanvar kuni Siz rahbarlik qilayotgan fakultet II kurs talabalaridan Ahmedova Lola, Suyunova Dilnoza, Ubaydullayeva Shahnoza va Razzoqova Komilalar «Hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘tilgan darsga uzrsiz qatnashmaganligini ma’lum qilaman va sabablari aniqlangach, belgilangan tartibda chora ko‘rishingizni so‘rayman.
O‘qituvchi dos.Z.ALIQULOV
2003.16.01.
Samarqand oziq-ovqat kolleji
direktori Sh.S.G‘iyosovga
o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosar
R.X. Isoqjonovdan
BILDIRISHNOMA
«Navro‘z» bayrami munosabati bilan kollejda o‘quv-tarbiya jarayonining yaxshilanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan quyidagi xodimlarni moddiy-ma’naviy rag‘batlantirishingizni so‘rayman:
Hamroqulov Sh.E. – bo‘lim boshlig‘i.
To‘ychiyev B.M. - bo‘lim boshlig‘i.
Fayziyeva Z.D. – o‘qituvchi.
Ochilova T.G‘. – o‘qituvchi.
Direktor o‘rinbosari R.ISOQJONOV
2003.25.02.
BUYRUQ
Nisbiy ma’noda mustaqil sanaladigan, o‘z muhri va shtampiga ega bo‘lgan tashkilot yoki muassasa doirasida yuritiladigan asosiy hujjatlardan biri bo‘lib, shu tashkilot yoki muassasa uchun muhim hisoblanadigan vazifalar uning yordamida hal etiladi.
Huquqiy hujjat bo‘lgan buyruqni bajarish, mazmunidan kelib chiqib uni ijro etish vazifasi yuklatilgan shaxslar uchun majburiy sanaladi. Ijrosi amalga oshmay qolgan taqdirda esa bu shaxslarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilishi mumkin. Shuning uchun buyruqni chiqarish murakkab jarayon hisoblanadi va zaruriyatga qarab unga imzo chekadigan rahbar, o‘z o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim boshliqlari va mazkur buyruqni bevosita bajaruvchilar bilan oldindan kelishib olinadi. Oldindan o‘ylab, kelishib chiqarilgan buyruq to‘laligicha bajariladi hamda tashkilot va uning rahbariga obro‘ keltiradi. Hayotda buning aksi ham bo‘lishi mumkin. Buyruqlar ikki yo‘nalishda chiqariladi: asosiy faoliyatga va kadrlarga tegishli buyruqlar.
Tashkilot yoki muassasaning asosiy faoliyati birinchi turdagi buyruqlar asosida olib boriladi. Ular asosida xodimlarning kunlik va haftalik ish vaqti, o‘quv yurtlarida o‘qituvchining o‘quv soatlari hajmi, amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar, ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, maosh belgilash va lozim bo‘lganda ma’muriy choralar ko‘rish, ma’lum sanalarda amalga oshiriladigan tadbirlar singari holatlar rasmiy tarzda belgilab qo‘yiladi. Bunday buyruqlar tashkilot yoki muassasaning o‘z tashabbusi, ba’zan yuqori tashkilotlardan kelgan buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarni bajarish maqsadida yuzaga keladi. Ularning ijrosi har bir mahkamada o‘zlari belgilagan tartibda nazorat qilib boriladi.
Buyruqning asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan maxsus blankada – qog‘ozda rasmiylashtiriladi. Dastlab yuqori tashkilot yoki vazirlikning nomi, shundan so‘ng buyruq chiqaruvchi tashkilot yoki muassasaning nomi va o‘rtadan Buyruq degan so‘z yoziladi. Uning pastidan chap tomonda hujjat sanasi, o‘ng tomonda tartib raqami, biroz pastdan o‘rtada buyruq chiqqan joy nomi ko‘rsatiladi. Yangi qatordan chap tomonda buyruqning nima haqda ekanligi, ya’ni sarlavhasi yozilgach, asosiy matn beriladi va oxirida tashkilot va muassasa rahbari tomonidan imzo chekiladi. Masalan:
B U Y R U Q № 06-ij
2003.06.01.
Do'stlaringiz bilan baham: |