Termiz
Termiz, O‘zbekiston Respublikasining
Surxondaryo viloyatidagi shahar.
Termiz
shahar
37°13′01″N 67°17′10″E / 37.21694°N
67.28611°E
Mamlakat
Oʻzbekiston
Viloyat
Surxondaryo viloyati
Aholisi
140 404
Vaqt mintaqasi
UTC+5
Pochta indeks(lar)i
Termiz
Viloyat markazi Amudaryoning oʻng
sohilida, Oʻzbekistonning janub qismida,
Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha
310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro
daryo porti. Temir yoʻl stansiyasi.
Toshkentdan 708 km. Maydoni 27,8 km².
Aholisi 119,6 ming kishi (2004). Iqlimi
kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama
issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar –
eng yuqori temperatura 49,5°, 1914-yil 21-
iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa.
Yillik oʻrtacha temperatura 16–18°.
Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,8–3,6,
iyulniki 28–32°. Baʼzida, qishda sovuq –
20° va undan ham past boʻladi. Yillik yogʻin
133 mm.
[1]
Arxeologik topilmalar, arab va yunon
manbalarida keltirilgan maʼlumotlar
Termizning Sharqdagi qad. shaharlardan
biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning
qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga
molik joyda boʻlganligi, sharqni gʻarb, jan.ni
shimol bilan bogʻlovchi savdo
chorrahasida barpo etilishi, uning tez
surʼatlar bilan rivojlanishiga zamin
yaratgan. Buyuk ipak yoʻlinint muhim bir
tarmogʻi ham Termiz orqali oʻtgan.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining
shakllanishida Termizning oʻziga xos oʻrni
bor. Koʻxna Termizning qalʼa qismida olib
borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va
yozma manbalarning tahliliga koʻra
shaharga mil. av. 1ming yillikning
oʻrtalarida asos solingan. T. Sugʻdiyona,
Xorazm, Margʻiyona va Parfiya davlatlari
bilan madaniy va savdo aloqalarini
oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda
shaharning Hindiston bilan madaniy va
savdo aloqalari ham juda faol va uzviy
boʻlgan.
Mil. av. 4–3-asrlarda 10 ga maydonni
egallagan Termizning qad. qalʼasi oʻrnida
aholi manzili boʻlgan. Hofizi Abruyning
yozishicha, shahar nomi "Taramastxa"
(baqtriycha "narigi sohildagi manzil")
soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida
turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya,
Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo),
10-asrdan Termiz deb atala boshlagan.
Termiz mil. av. 3–2-asrlarga kelib
Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy,
iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga
aylandi. Ashyoviy dalillarga koʻra bu
davrlarda shaharda meʼmorlik va
hunarmandchilikning bir qancha sohalari
(kulolchilik, degrezlik va metallsozlik,
shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya
shohlari tovarpul muomalasi
Movarounnahrning boshqa shaharlariga
qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan
dalolat beradi.
Termiz shahrining gullab yashnagan davri
Kushonlar hukmronligi davriga toʻgʻri
keladi. Bu davrda Termiz hududiy jihatdan
kengayib, Shim. Baqtriyaning yirik shahriga
aylangan. Shaharda shu davrga oid
meʼmorlik va hunarmandchilik binolari va
namunalari, turli nafis sopol va shisha
idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metall va
toshlardan tayyorlangan zargarlik
buyumlari kabi topilmalarning koʻplab qayd
qilinishi buning dalilidir. Mas.,
Dalvarzintepadan topilgan va fil
suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari
(fil va hoʻkizzebu shaklida) xrz. kunda yer
yuzida aniqlangan eng qad. shaxmat
donalari (mil. 2-asr) xisoblanadi. Oʻsha
davrda Termiz Kushonlar davlatining
muhim shahri va buddizmnint
markazlaridan biri boʻlgan.
Shaharni Termizshoxlar idora qilgan. Oʻsha
davrda Termiz Termizshoxlar
hokimligining poytaxti boʻlib turgan.
Arablar bosib olgan davrda (686–704)
Termiz 70 gektarga yaqin maydonni
egallagan, toʻrtburchak shaklidagi qalʼadan
iborat boʻlgan. 10-asrda yozilgan "Hudud
ulOlam" asarida Termiz "Jayxun boʻyidagi
kurkam va obod shahar. Qalʼasi daryo
boʻyida, ulkan bozori mashhur, Xuttalon va
Chagʻoniyon ahli shu yerda savdo qiladi",
deb taʼriflangan.
10–12-asr Boshlarida Termiz ravnaq
topgan. Toxaristonning yirik shahri,
hunarmandchilik va savdo markaziga
aylangan. Bu davrda Termiz hududi 500 ga
dan optik, maydonni egallagan. Shaharda
bir qancha mahobatli binolar barpo
etilgan. Shulardan Eski shahar qismida
Termizshohlar saroyi saklanib qolgan.
Shaharda temirchilik, shishasozlik,
kulolchilik rivojlangan. Termizda
tayyorlangan hunarmandchilik
buyumlariga talab yuqori boʻlgan.
Shaharda oʻnlab karvonsaroylar faoliyat
koʻrsatgan. Oʻsha davrda Termiz yirik
madaniyat va ilmfan markazi sifatida ham
nom qozongan. Termizlik olimu ulamolar
oʻrta asr Sharqining fan, madaniyat va
maʼrifatiga oʻz hissasini qoʻshgan.
Termiz vaqtvaqti bilan Gʻaznaviylar,
Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Saljuqiylar,
Xorazmshohlar davlatlari tarkibida boʻlgan.
1220 yilda Termiz moʻgʻullar tomonidan
vayron qilib tashlangan. Sharafudsin Ali
Yazdiyning "Zafarnoma" asarida qayd
qilinishicha, Termiz aholisi moʻgʻullarga
qattik, qarshilik koʻrsatgan va shu bois
shahar "Madinat urrijol" ("Mardlar shahri")
deb ham atalgan. Moʻgʻullar istilosidan
soʻng , 14-asrda Termiz Surxondaryo
sohiliga yaqin joyda yangidan qad. koʻtardi.
Shahar oʻz oʻrnini bir necha bor
oʻzgartirsada, asrlar davomida oʻz nomini
Tarmita, AntioxiyaTarmita, Tarmiz, Tirmiz,
Termiz koʻrinishlarida saklab kelgan.
Amir Temur Movarounnahrni egallagach
(1370), Termiz Surxondaryo vohasi bilan
birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 1407
yilda Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan
daryo sohilidagi Termiz qalʼasi qayta
tiklandi. Koʻp oʻtmay oʻz tangalarini zarb
etadigan katta shaharga aylandi. 1504–05
yillarda shaharni Shayboniyxon egalladi.
Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida boʻlib,
18-asrning 2yarmida shahar oʻzaro
urushlar natijasida butunlay vayron
qilingan. Faqat, uning atrofidagi Pattakesar
va Solihobod qishloklari saklanib qolgan.
1894 y. Term iz xarobalaridan 8 km narida
joylashgan Pattakesar qishlogʻida
ruslarning mahalliy aholi tomonidan
"Tuproqqoʻrgʻon" deb nomlangan qalʼa
istehkomi qurilgan. Hoz. Termiz shu
Tuproqqoʻrgʻon atrofida bunyod etilgan.
1916 y. Buxoro–Qarshi–Termiz temir yoʻl
qurilish munosabati bilan Termizning
iqtisodiy mavqei oʻsdi.
Oʻzbekistonni qoʻshni Afgʻoniston,
Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlar
bilan bogʻlovchi yoʻl Termiz orqali oʻtishi
shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida
muhim oʻrin egallaydi.
Termizda dastlabki arxeologik qazishma
ishlari B.P.Denike (1926–27), M.Ye.
Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik
kompleks ekspeditsiyasi (1936–38)
tomonidan olib borilgan. Eski Termizda
arxeologik qazishma ishlari keyinchalik
Sh.Pidayev, T.Annayev tomonidan davom
ettirilib, shahar tarixi yanada
oydinlashtirildi.
1933 yilda Termizda birgina paxta tozalash
zdi va yana bir necha ustaxonalar boʻlgan.
Keyinchalik va ayniqsa, mustaqillik
yillarida, sanoat, qurilish, yengil, oziqovqat
va boshqa korxonalar ishga tushdi.
Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish
ishlari yaxshilandi. Shaharda yangi temir
yoʻl vokzali qurildi. Amfiteatr, arxeologiya
muzeyi, sanʼat kolleji, akademik litsey,
tadbirkorlar markazi, markaziy stadion,
"Delfin" suzish havzasi, kurash saroyi,
tennis korti, "Alpomish" majmuasi,
markaziy bozor, "Termizning 2500 yilligi"
nomli xiyobon bor; shoshilinch tibbiy
markaz qurilib ishga tushirildi.
Termizda jami 2500 dan ziyod korxona
boʻlib, mikrofirmalar, kichik va oʻrta
korxonalar, chet el investitsiyasi
ishtirokidagi korxonalardir. Paxta tozalash,
qurilish materiallari ishlab chiqarish.,
yengil va oziq-ovqat sanoati muhim oʻrin
tutadi.
Termizda unt, 8 ta kollej (sanʼat, iktisod,
ijtimoiyiqtisodiy, ped., tibbiyot, bank ishi,
maishiy xizmat koʻrsatish, oziq-ovqat
sanoati kollejlari) bor. Akad. va fizikamat,
litseylari faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv
yilida shaharda 16 umumiy taʼlim, 2
tayanch, 1 boshlangʻich maktablari ishladi.
Oʻquvchilar saroyi, bolalar va oʻsmirlar
sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat
oʻlkashunoslik muzeyi, Hakim atTermiziy
meʼmoriy majmuasidagi "Meros" tarmoq
muzeyi bor. OʻzR Prezidenti
I.A.Karimovning loyihasi va tashabbusi
bilan Termizning 2500 yilligini aks
ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi
bunyod etildi; viloyat musiqali drama,
qoʻgʻirchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar
kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi
mavjud. Hayvonot bogʻi bor (qarang
Termiz hayvonot bogʻi).
Termizda 18 gazeta chiqariladi, 3
telestudiya eshittirishlar olib boradi.
Shahar markaziy kasalxonasi (165 oʻrin),
yuqumli kasalliklar kasalxonasi (130 oʻrin),
bolalar va kattalar, tish davolash
poliklinikalari, shahar bolalar
sanatoriybogʻchasi va boshqa tibbiy
muassasalarda 211 vrach, 700 ga yaqin
oʻrta tibbiy xodim xizmat kiladi. Undan
tashqari, viloyatga karashli 3 ta kasalxona,
viloyat tugʻruqxonasi, shoshilinch tibbiy
yordam markazi, bolalar kasalxonasi,
onkologiya, koʻz kasalliklari kasalxonalari,
endokrinologiya, sil kasalliklari, teritanosil
kasalliklari, narkologiya, asab kasalliklari
dispanserlari, "Ona va bola" va
"Reproduktiv salomatlik" markazlari,
viloyat qon quyish markazi faoliyat
koʻrsatadi. Taʼlim muassasalarida,
mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish
darajasini oshirish maqsadida tegishli
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Termizda
islom dini arboblaridan Hakim atTermiziy,
Shaxobuddin Sobir Termiziy, Muhammad
ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq
Termiziy kabi olimlar yashab oʻtishgan.
Termizda 1999 yilda Alpomish dostonining
1000 yilligi, 2002 yilda xalqaro miqyosda
Termizning 2500 yillik yubileyi oʻtkaziddi.
Ushbu qarorlar asosida 2002 yil 2 aprelda
oʻzining 2500 yillik yoshini nishonlagan
Termiz shahri koʻplab katta voqealar va
larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi
davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari
madaniy taraqqiyoti va oʻzbek xalqi
davlatchiligi tarixida muhim rol oʻynagan.
«Buyuk Ipak Yoʻli»ning asosiy
chorrahalaridan biri sifatida dunyo
sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada
hissa qoʻshgan qadim shahardir. Buddizm
dinining va u bilan bogʻliq boʻlgan
memorchilik anʼanalarining Xitoy va Uzoq
Sharq mamlakatlariga tarqalishi ham
aynan Termiz orqali yuz bergan.
Termizning geografik jihatdan qulay
joylashishi, iqlimi va strategik mavqei
koʻplab davlatlar va hukmdorlarning
diqqat-eʼtiborini oʻziga tortar edi. Shuning
uchun u Eron va grek, arab va moʻgʻul
bosqinchilarining hujumlariga duchor
boʻldi, Movarounnahr ichki qon to;kishlarini
boshidan kechirdi, mahalliy hokimlar
zulmidan azob chekdi. Termiz
istilochilarning olovli janglarida yonib ketar,
kulga aylanar, qaddini rostlab paydo
boʻlardi, oʻsib shon-shuhrat va qudratga
ega boʻlardi. U yana halok boʻlardi, yonardi,
kulga aylanardi va yana oʻzini tiklab
ulgʻayardi. Shu sababli Termizning har
safar qaytadan tiklanishi qadimgi oʻrnida
yuz bermagan.
Koʻhna Termiz yoki Kushon Termizi
amudaryo boʻyida rivoj topgan boʻlsa,
Chingizxon bosqinidan song u sharqroqda
Surxondaryo boʻyida qad koʻtarib gullab-
yashnaydi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi
oʻzaro urushlar tufayli vayronaga aylangan
Termiz XIX asrning ikkinchi yarmidan
boshlab janubroqda Pattakesar qishlogʻi
zaminida bunyod etiladi va ravnaq topadi.
Koʻhna Termiz obidalari oʻzining
takrorlanmasligi bilan hamisha qadimgi
davr mualliflari, ilk oʻrta asr Xitoy
sayyohlari va musulmon davri
tarixchilarining diqqat-markazida boʻlib
keldi.
Termiz haqidagi qimmatli yozma
maʼlumotlar VII asrda Xitoy sayyohi,
buddizm monaxi Syuan Tzyan
yozmalarida; IX–X asrlar arab muarrixlari
Ibn Xoʻrdodbeh, Ibn Xavqal, Maqdisiy,
Istahriy asarlarida; grek, arman, xitoy, fors,
arab manbalarida; qadimiy «Shohnoma»
dostonida, ulugʻ alloma Abu Rayhon
Beruniy, arab sayyohi Ibn Battuta, Ispaniya
elchisi Ryui Gonsales de Klavixo, venger
sharqshunosi Herman Vamberilar
asralarida, oʻrta asr mutafakkirlari Alisher
Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad
Bobur, Hofiz Abru, Anvariy, Hofizi Tanish
Buxoriy, Davlatshoh Samarqandiy
asarlarida berilgan. Termiz tarixini
oʻrganishga qiziqish ayniqsa XIX asrning
ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan
yanada kuchaydi. Arxeolog olimlardan V. V.
Bartold, D. N. Logofet, N. A. Mayev, V. V.
Krestovskiy, I. V. Mushketov, A. A.
Semenov, M. E. Masson, V. A. Shishkin, T.
V. Grek, B. N. Kostalskiy, B. B. Piotrovskiy,
V. A. Vyatkin, D. D. Bukinich, B. N. Zasipkin,
L. A. Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V.
Rtveladze, Ya. Gʻulomov, A. A. Asqarov va
boshqalar Termizni shaxsan oʻrgandilar va
ilmiy xulosalari bilan shahar tarixini
boyitdilar.
Koʻhna Termiz tarixini oʻrganishda 1926–
1927 yillarda professor Denike boshliq
Moskvaning Sharq xalqlari madaniyati
muzeyi ekspeditsiyasi, 1936–1939 yillarda
professor M. E. Masson rahbarligidagi
Termiz arxeologik kompleks
ekspeditsiyasi, 1961 yili B. Ya. Staviskiy
boshchiligidagi Sharq xalqlari muzeyi va
Davlat Ermitaji arxeologik ekspeditsiyasi,
1959 yildan professor G. A. Pugachenkova
boshliq Oʻzbekiston Respublikasi
Sharqshunoslik instituti ekspeditsiyasi,
1972 yildan professor V. M. Masson
boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi
FA Arxeologiya Institutining Baqtriya
ekspeditsiyasi, 1980 yildan akademik A. A.
Askarov boschiligidagi kompleks
ekspeditsiyasi, 1993 yildan professor T.
Shirinov boshchiligidagi Oʻzbekiston
Respublikasi FA Arxeologiya Institutining
Pyer Lerish boshchiligidagi Fransiya Ilmiy
tadqiqotlar Instituti Milliy Markazi va
Kyudzo Kato boshchiligidagi Yaponiyaning
Buyuk Ipak Yoʻli Akademiyasi bilan
hamkorlikda olib borayotgan
ekspeditsiyalari katta ahamiyatga ega
boʻldi. Natijada, miloddan avvalgi I ming
yillik ortalaridan tortib, XVII asrga qadar
Termiz shahri xalqlarining moddiy va
maʼnaviy madaniyatini yorituvchi koʻplab
arxeologik dalillar qoʻlga kiritildi. Mazkur
ekspeditsiyalar tarkibida Termiz Davlat
Universitetining arxeolog olimlari ham faol
ishtirok etib kelmoqdalar.
Rivoyatlarga koʻra, Termizni miloddan
avvalgi VII asrda Baqtriyaning birinchi
podshosi Zaroastr bunyod etgan.
Miloddan avvalgi VI asrda bu yerlarni bosib
olgan Eron Ahamoniylari Termizni juda
koʻhna shahar deb taʼriflashgan. Shahar
Aleksandr Makedonskiy bosqiniga qadar
Ahamoniylar davlatiga boʻysungan.
Termizning tarixiga kirgan ilk nomlaridan
biri Taramasta – Taramata (baqtrcha –
daryo qirgʻogʻi) boʻlgan. MIloddan avvalgi
327 yili Aleksandr Makedonskiy Termizni
zabt etib, shaharni oʻz nomi bilan
Aleksandriya deb ataydi. Aleksandr
Makedonskiy hukmronligi tugaganidan
keyin Grek-Baqtriya davlatining asoschisi
Demetriy shaharga Demetris nomini
beradi. Miloddan avvalga I asrda Grek-
Baqtria davlatining kushonlar tomonidan
tor-mor qilinishi munosabati bilan Termiz,
yozma manbalarning guvohlik berishicha,
Ta-limmi shahri deb Xitoy manbalarida
esa, Tu-mi (Tami) deb atala boshlaydi.
Termiz asosan kushonlar davrida (mil. avv.
I – mil. III asrlar) yuksak rivojlanadi. Bu
davrda Termiz Hindiston bilan gʻarb,
shimol, sharq mamlakatlari bilan
boʻgʻlaydigan savdo yoʻllaridagi yirik
shaharga aylanadi. Termizda koʻplab
budda ibodatxonalari va moʻla-maqbaralar
quriladi.
V–VI asrlarda Termiz yuz bergan urushlar
oqibatida goh eftaliylar hukmronligi,
gohida eron sosoniylari hukmronligi ostida
boʻldi. VII asrdab boshlab Termizni
termizshohlar sulolasi boshqardi. 705 yili
Termizni arab istilochilari zabt etdilar. IX–
XII asrlarda Termiz yirik feodal shahar
sifatida maʼmuriy, savdo, hunarmandchilik
va ilm-maʼrifat markaziga aylandi. Bu
davrda shaharni oʻrab turgan istehkom
devorning uzunligi 10 km ni tashkil etib, 9
ta darvozasi boʻlgan. Shu davrda Termizda
dunyoga mashhur boʻlgan shoirlar,
allomalar, muhaddislar, diniy va dunyoviy
olimlar yetishib chiqdi.
IX–XII asrlarda Termiz Gʻaznaviylar,
Saljuqiylar va Qoraxoniylar davlarlari
tasarrufida boʻldi. 1206 yili Xorazmshoh
Muhammad davlati ixtiyoriga oʻtdi. 1220
yili Chingizxon qoʻshinlari tomonidan 11
kunlik qamaldan song vayron qilindi. XIII
asrning ikkinchi yarmidan boshlab Termiz
eski oʻrnida emas, sharqroqda Sulton
Saodat maqbarasi tevaragida yana
rivojlandi. Temuriylar davlati tarkibiga
oʻtgandan keyin u gullab-yashnaydi va
Shahri gʻulgula nomini oldi.
Termiz Shayboniylar davlati tasarrufiga
oʻtgandan keyin ham rivojlanishda davom
etdi. Kohna Termiz qalʼasini qayta tiklash
ishlari olib borildi. Minoralar, masjidlar va
xonaqohlar qurildi.
Ilm-maʼrifat rivoj topdi. XVIII asrning
ikkinchi yarmida olib borilgan oʻzaro
janglar, taxt talashishlar tufayli Termiz
butunlay vayron boʻldi. Faqat Salovat va
Pattakesar qishloqlarigina saqlanib qoldi.
Masjidlar, minoralar va saroylar quladi.
XVII asrning ikkinchi yarmida Surxondaryo
boʻyidagi Koʻhna Termizdan janubda
Pattakesar qishlogʻi paydo boʻldi.
Qishloqning kengayib borishi hisobiga
oradan bir asr oʻtgandan keyin hozirgi
Termiz shahri qad koʻtardi. Yangi
Termizning vujudga kelishi Rossiya-
Angliya munosabatlarining keskinlashgan
davriga toʻgʻri keldi-ki, Rossiya bu joylarda
oʻz taʼsirini kuchaytirish maqsadida Oʻrta
Osiyoga harbiy yurishlarini boshlab
yuborgan edi.
1873 yilning 28 sentyabridagi shartnoma
Buxoroni Rossiyaga qaram davlatga
aylantirgan boʻlsa, 1888 yil 23 iyundagi
qoʻshimcha shartnoma ruslarning
Termizga kelishi va bu yerda istehkomlar
qurish masalasini hal qilgan edi. 1893
yilning 15 yanvarida Termiz Buxoro amiri
tomonidan Rossiya hukumatiga berilgan
edi. Yangi Termizda Rossiya manfaatini
himoya qilish maqsadida qurilishlar
boshlandi, koʻplab harbiy qismlar keltirildi.
Tuproqqoʻrgʻon va mustahkam istehkom
qurildi. Termir yoʻl qurilishi, telegraf, aloga,
elektr tarmoqlarining tortilishi Termizning
rivojlanishi va Amudaryo boʻyidagi harbiy-
strategik ahamiyatga ega boʻlgan
shaharga aylanishiga olib keldi.
1917 yilgi davlat toʻntarishidan keyingi
Sovet imperiyasi davrida ham Termiz
oʻzining harbiy-strategik ahamiyatini
yoʻqotmadi. Bu davrda Termizda katta-
katta inshootlar qurildi. Maʼmuriy binolar
qad koʻtardi. Ilm-fan rivojlandi, madaniyat
va sanʼat ravnaq topdi.
Mustaqillik yillarida Termiz chiroyini
yanada ochdi, shahar koʻchalari
boshqadan qurilib, ravon va keng
koʻchalarga aylantirildi, istirohat bogʻlari,
sharqona usuldagi muhtasham va obod
bozorlar, zamonaviy maʼmuriy binolar,
oʻyingohlar, teatr va kinoteatrlar, ilm-fan
maskanlari barpo etildi, borlari taʼmirlandi.
Qisqasi, shaharning qiyofasi tanib boʻlmas
darajada oʻzgardiki, bu oʻz navbatida har
bir termizlik qalbida quvonch va faxrlanish
hissini uygʻotmoqda.
1999-yil noyabr oyida YUNESCO Bosh
konferensiyasining Parijda boʻlgan 30-
majlisida Markaziy Osiyoning qadim
shahrlaridan biri Termiz shahrining 2500
yillik yubileyini 2001 yilda xalqaro
miqyosda nishonlashga qaror qilindi.
Mazkur qaror munosabati bilan
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi 1999 yilning 27 dekabrida
«Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini
2001 yilda oʻtkazish va unga tayyorgarlik
koʻrish toʻgʻrisida» maxsus qaror qabul
qilindi.
1. Qurbonov, Xolli; Botirov, Ismoil.
Do'stlaringiz bilan baham: |