Elektr ta’minoti tizimi haqida umumiy ma’lumotlar
Evropa va Osiyoda elektr energiyasini ishlab chiqish, uzatish va taqsimlash 50 Gs chastotali uch fazali o‘zgaruvchan tok bilan bajariladi. Buni o‘zgaruvchan tokni oson boshqa turdagi energiyaga aylantirilishi va juda ishonchi bo‘lgan asinxron elektr mashinalarini ishlatish mumkinligi bilan tushuntirish mumkin.
Elektr qurilmalarining tayyorlash sonini kamaytirish maksadida Davlat standarti tomonidan generatorlar, transformatorlar, tarmoqlar va iste’molchilar uchun quyidagi nominal kuchlanishlarning muayyan kiymatlari belgilangan:
1.1-jadval
Tarmoqlar-ning nominal kuchlanish-lari kV
|
Generatorlar-ning nominal kuchlanishlari
|
Transformatorlarning nominal kuchlanishlari
|
Izolyasiyalarining uzok muddat ishlashi mumkin bulgan kuchlanishi
|
Birlamchi chulgam uchun
|
Ikkilamchi chulgam uchun
|
0,22
0,38
0,66
(3)
(6)
10
20
35
110
(150)
220
330
500
750
|
(3,15)
(6,3)
10,5
21
|
0,22
0,38
0,66
(3)
(6)
10
20
35
110
(150)
220
330
500
750
|
0,23
0,4
0,69
(3,15)
(6,3)
10,5
21
38,5
121
(165)
242
347
525
787
|
(3,6)
(7,2)
12.0
24.0
40,5
126
(172)
252
368
525
787
|
Ilova; qavsda ko‘rsatilgan kuchlanishlar yangi loyihalashtirilayotgan tarmoqlarga tavsiya etilmaydi.
Elektr stansiyasidagi generatorlar va elektr stansiyalar parallel ishlaydilar. Bu esa elektr ta’minoti tizimining ishonchligini oshiradi, zahiradagi elektr uskunalarining sonini kamaytiradi, elektr energiyasining narxini arzonlashtiradi va qurilmalarini tekis yuklanishini ta’minlaydi.
Elektr va issiqlik energiyalarini ishlab chiqaruvchi, taqsimlovchi va iste’mol qiluvchi qurilmalarning o‘zaro elektr va issiqlik tarmoqlari bilan bog‘lanishini energetik tizim deyiladi. Bunday tizimning issiqlik ishlab chiqaruvchi va issiklik tarmoqlari kirmaydigan qismi elektroenergetika tizimni tashkil etadi.
Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tizimi korxonalar istemolchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bunyod etiladi. Istemolchilarga quyidagilar kiradi; har xil mexanizmlarning elektr yuritgichlari, elektr pechlari va elektrotermik uskunalar, elektroliz qurilmalari, elektr payvandlashlar uchun kerakli apparat va mashinalar, yoritish qurilmalari, elektr filtrlar va boshqalar.
TP - transformator podstansiyasi
BPP - bosh pasaytiruvchi podstansiya
TK - tarqatuvchi qurilma
TTP - tugun taksimlash podstansiyasi
NTP - nohiya transformator podstansiyasi
YUL - yuqori kuchlanish liniyasi
IES - issiqlik elektr stansiyasi
SES - Gidroenergetik stansiya
IEM - Issiqlik elektr markazi
Sanoat korxonalarining asosiy man’bai bulib tuman elektroenergetika tizimi hisoblanadi. Misol tariqasida 1.1. rasmda elektroenergetika tizimi qismining soddalashtirilgan sxemasi ko‘rsatilgan bo‘lib, undan ikki sanoat korxona energiya bilan ta’minlanadi. Tizimning IES, SES va IEM stansiyalari o‘zaro 220 va 110 liniyalar bilan bog‘lanib barcha istemolchilarni elektr bilan ta’minlaydilar. Elektr stansiyalarida o‘rnatilgan generatorlarda energiya (6-21) kV kuchlanish bilan ishlab chiqiladi. Iste’molchilar va energiya man’balari oralaridagi masofalar juda uzok bulganligi uchun elektr stansiyalarida o‘rnatilgan transformatorda kuchlanish 110 kV va undan yuqori miqdorga oshirilib korxonalarga yuboriladi. Bu esa uzatish va taqsimlash liniyalarida energiya isrofini kamaytiradi. Korxonalarning elektr energiyani qabul qilish podstansiyalarida kuchlanish miqdori pasaytirilib istemolchilarga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |