Diqqatning ko'chishi ma'lum obyektning bir
faoliyatdan ikkinchi bir faoliyatga, bir
obyektdan ikkinchi bir obyektga, bir
harakatdan ikkinchi bir harakatga o'tishida
namoyon bo'ladi. Diqqatning ko'chi- shi yo
ongli ravishdagi xulq-atvorga, faoliyatning
talablariga yoki o'zgarib ketayotgan shart-
sharoitlarga muvofiq tarzda yangi
faoliyatga kirishish zaruratiga bog'liq
bo'ladi.
Faqat obyektlar va jarayonlar o'zgarib,
faoliyat esa uzoq vaqt da- vomida
o'zgarmasdan qolgan hollarda diqqatning
barqarorligi doirasi- da uning ko'chishi yuz
beradi. Bunday ko'chish uzoq davom
etadigan ish paytida charchashning oldini
oladi va shu bilan diqqatning barqarorligini
oshiradi. Lekin bu tez-tez
takrorlanavermasligi lozim, aks holda salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri
parishonxotirlikdir.
Parishonxo- tirlik diqqatni uzoq vaqt
davomida jadal bir narsaga
qaratishga layoqatsizlikda,
diqqatning osongina va tez-tez
bo'linib turishida na- moyon bo'lishi
mumkin. Parishonxotirlikning bu
ko'rinishi ko'pincha ish qobiliyati
susayib ketishining va xulq-atvordagi
uyushmaganlik- ning sabablaridan
biri hisoblanadi. Parishonxotirlikni
keltirib chiqa- ruvchi sabablar
nimalardan iborat? Parishonxotirlik
shaxsning barqa- ror xislati sifatida
ixtiyoriy diqqat sustligining ko'rsatkichi
hisoblanadi va u noto'g'ri tarbiya
natijasida bo'lishi mumkin. Bunday
pari- shonxotirlikka qarshi, avvalo,
shaxsda irodaviy fazilatlarni shakllan-
tirish yo'li bilan kurash olib borish
kerak.
Tevarak atrofdagi olamning
boyligi haqida, tovushlar va
ranglar, hidlar va harorat, miqdor
va ko'plab boshqa narsalar
to'g'risida biz sezgi organlari
tufayli bilamiz. Kishi sezgi a'zolari
yordamida tashqi va ichki
muhitning holati haqida rang-
barang axborot olib turadi.
Diqqat - kishi faoliyati barcha
turlari, eng avvalo mehnat va
o`quv faoliyati samaradorligini
muhim va zarur shartidir. Mehnat
qanchalik murakkab va
mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga
shunchalik katta talablar
qo`yadi.
Ziyraklik kishiga uning kundalik
hayotida, turmushida,
boshqa odamlar bilan
munosabatga kirishishida
zarurdir. O`quvchilarning
diqqat e’tibori o`quv tarbiya
jarayonini muvaffaqiyatli
tashkil etishning asosiy
shartlaridan biridir. Ta’lim
olishda diqqatning rolini
ta’kidlarkan, buyuk rus
pedagogi K.D.Ushinskiy
«diqqat aynan shunday bir
eshikka, tashqi olamdan kishi
qalbiga kirib keladigan jamiki
narsalarning barchasi shu
eshik orqali kiradi» - deb
yozgan edi.
Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi
darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning
yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib
aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir nuqtaga
to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga aktiv yo`naltirilganiga
aytiladi. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan
har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz
diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat paytida ongning bir
nuqtaga to`planishi, ong idrokning torayishidan iboratdir.
Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi.
Ana shu nuqtaga tushgan barcha narsalar, ya’ni idrok
qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin holda
aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va
harakat jarayonlarida namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy
jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki aktivlikdir. Diqqat
har qanday faoliyatning muhim shartidir.
Inson his qilgan barcha narsa va hodisalar izsiz yo`qolmaydi.
Ular ma’lum miqdorda xotirada saqlab qolinadi,
mustahkamlanib va kerak bo`lganda qayta esga tushiriladi.
Odamda tasavvurlarning mavjudligi bizning idrokimiz miya
po`stlog`ida qandaydir izlar qoldirilishidan, ular ma’lum vaqt
davomida miyada saqlanib turishidan dalolat beradi. O`tmish
tajribamizda nimaiki hodisa yuz bergan bo`lsa, shuni esda olib
qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirishi yoki tanish
xotira deb aytiladi. Agar odamlar o`zlarining o`tishish
tajribalarini esda saqlay olmasa va qayta tiklash qobiliyatiga
ega bo`lmasa bilimlarni egallashning har qanday
imkoniyatidan mahrum etilgan va ularning aqli darajasida
qolavergan bo`lar edi. Shu sababdan ham har bir odamning
vazifasi o`z xotirasini boyitishdan iboratdir. Esda olib qolish
jarayonida odamda bir narsa yoki hodisa bilan boshqa narsa
yoki hodisa o`rtasida o`zaro aloqa bog`lanadi.
Diqqatning biror narsaga qaratishi
ob’ektga bog`liq holda diqqatning
namoyon bo`lishini quyidagi shakllarini;
sensor, aqliy, harakatlantiruvchi shakllarni
ajratib ko`rsatadilar. Hozirgi vaqtda sensor
(ko`rish va eshitish) diqqati ko`proq
o`rganilgandir. Diqqatning fiziologik
asoslarini tushunib etishga buyuk rus
fiziologlari I.P.Pavlov va
A.A.Uxtomskiylarning ilmiy ishlari katta
ahamiyatga ega. Nerv sistemasining
alohida reaktsiyalari orientir reflekslar
haqida I.P.Pavlov ilgari surgan tasavvurida
ixtiyorsiz diqqatning g`ayri ixtiyoriy tabiati
haqida taxmin bor edi. Hozirgi zamon
mas’uliyatlariga qaraganda orientir
reflekslar juda ham murakkabdir. Ular
organizmni anchagina qismlarining faolligi
bilan bog`langan.
Xulosa
Harakat esa diqqatni ob’ektga
yanada ko`proq jalb etadi.
Shunday qilib, diqqat harakatga
qo`shilib va u bilan o`zaro
chatishib, ob’ekt bilan
mustahkam bog`lanish hosil
qiladi”. Diqqatning barqarorligi
uning harakatchanlik xususiyatlari
bilan uzviy bog`liqdir. Diqqatning
ko`chishi sub’ektning bir
faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir
ob’ektdan ikkinchi ob’ektga, bir
harakatdan ikkinchi harakatga
ataylab o`tishda namoyon
bo`ladi. Diqqatni ko`chirishning
muvaffakiyati bir qancha shart
sharoitlariga bog`liqdir. Ko`chirishi
oldingi va keyingi faoliyatning
xususiyatlari bilan bog`liq bo`ladi.
Diqqatning ko`chirilishi ko`p
jihatdan yangi faoliyat
maqsadning shaxs uchun
ahamiyati, uning aniq ravonligi va
soddaligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |