Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuziii va ovozini o‘zgalarnshsidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi. - Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuziii va ovozini o‘zgalarnshsidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.
- « 3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga uz harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishshg xoxdayotganligini kursatadilar, 8 oylitadan boyaglab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar quliga tushsa, o‘z xavotirini yigisi orqali namoyon egadi. Bu xavotir 14-18 oyligada asta—sekinljk bilan kamaya boiglaydi.
- 2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga yetgan bolada atrof muhitni biljshga qiziqishi va rivojdanayotgan bilish faolligi ko‘zga tashlanadi.
1-3 yoshli bolalarning aqliy rivojlanishi
Shuni alohida ko‘rsatish joizki, 1,6 - 3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi, Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi ko‘rinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil, sistemali ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko‘ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarshsh bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo‘laklarini ushlab kurmasdan, balki chamalab idrok eta oladi.
1 yoshda o’rgangan so’z 3 ta
1.3 yoshda o’rgangan so’z 19-20
1.6 yoshda o’rgangan so’z 25-30
1.9 yoshda o’rgangan so’z 120
1.6 yoshda o’rgangan so’z 180
2. yoshda o’rgangan so’z 280
2.6 yoshda o’rgangan so’z 450
3 yoshda o’rgangan so’z 800-900
- 2,5-3 yoshli bola katgalarning kursatgan namunasi, rangi, shakli va katgaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan qoda,a to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so‘ngra kaggaligiga va undan keyjngina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bulgan juda ko‘p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlagani davrida predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va uziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning kursatishicha 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrag, uchburchak, to‘griburchak, ko‘nburchak) va 8 xil rangni {qizil, qovoq sariq, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilipsh jihatidan turli xil narsalarda turlicha namoyon bo‘lishi sababli, bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan ularning nomlarini aniq bilishlari va o‘z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Katgalarning bu yoshdagi bolalardan ana shu rang va shakllarni eslab qolishini talab etishlari birmuncha noto‘gridir, buning uchun mos davr 4-5 yoshlar xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |