Anhanaviy
qidirishda
olimlar
adabiyotlarni
ko’rib, avvalgi olimlar
ishlariga havolalar bergan holda ularni o’rganadi.
Teskari yo’l esa
iqtiboslik metodini taklif qiladi. Tadqiqotchi o’zidan oldin
yozilgan ishlar muallifining familiyasini bilishi va bibliografik havolalar
ko’rsatkichiga murojaat qilgan holda shu olimning barcha iqtibosli ishlaridan
mavjud barcha zamonaviy ishlarni topishi mumkin.
2.Mendeley bibliografik menejerini o’rnatish uchun ko’rsatma
Mendeley – bibliografik axborotni boshqarish, saqlash va ishlarni pDF
va DOC formatlarida ko’rish imkonini beradigan dastur hisoblanadi. Dastur bilan
ishlashning ikkita usuli bor:
1. O’z kompgpyuteringizga o’rnatish orqali. Dastur Windows, MacOS, Linux
shuningdek mobil qurilmalar uchun iOS va Android.
2. Dastur bilan brauzer orqali ishlash.
Biz sizga dasturni o’z kompgpyuteringizga o’rnatishni tavsiya qilamiz. CHunki
brauzerli versiyasi funktsional imkoniyati cheklangan holda ishlaydi. Dasturni
o’rnatish va ro’yxatdan o’tish.
O’rnatish bo’yicha ko’rsatma
1. Mendeley Community axborot saytiga diqqatingizni qarating.
2. Siz qo’llaydigan versiyani tanlang (Desktop, Web, iOS va Android).
3. Tegishli ko’rsatmani oching.
Mendeley bilan qulay ishlash uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
1. http://www.mendeley.com/ saytiga kiring va Create a free
account tugmasini bosing.
2. O’z ma’lumotlaringizni kiriting:
ism va familiya
, email (sizning elektron
pochtangiz manzili) va parolgp. Pochta manzili sizning loginingiz bo’ladi. Sizning
pochtangizga tasdiq xati keladi. SHu xatdagi havola bo’yicha o’tsangiz, endi
sizning tizimda o’z o’rningiz bor. Agar siz ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz saytning
o’ng pastki burchagidagi havolani bosish orqali Mendeley dasturini yuklab oling.
Bu albatta parol va login kiritilgandan keyin amalga oshadi.
Qo’shimcha:
1. Microsoft Word dasturi bilan ishlash uchun qo’shimchani o’rnatish kerak.
Microsoft Office paketining barcha ilovalarini bekitgan holatda Mendeley dasturini
ishga tushiring va Mendeley dasturining Tools menyusidan Install MS Word
plugin punktini tanlang. Qo’shimcha imkoniyatlar statsionar dasturda ishlaydi.
2. Sichqoncha yordamida maqolani osongina import qilish uchun sizga
Web Importer bookmarket talab qilinadi.
Brauzerda http://www.mendeley.com/import sahifasini oching. Brauzer zakladkasi
paneliga Save to Mendeley tugmasini surib keling. Bu jarayonni siz maqolani
o’qiydigan va havolalarni saqlaydigan barcha brauzerlarda takrorlash kerak. Keyin
matnda siz saytlar ro’yxatini ko’rasiz. Ularni bir bosish bilan Mendeley tizimiga
import qilish imkonini beradi. Bu saytlarga ehtiboringizni qarating –
«podderjivaemqe istochniki» deb nomlanadi va ularga keyinroq to’xtalamiz.
GOST stilini o’rnating. Buning uchun View menyusidan Citation Styles, undan
esa More Styles punktini tanlang. Get More Styles zakladkasida qidiruv qatoriga
GOSTni kiriting. Sizga ikkita natija kerak. Sichqoncha yordamida «Russian GOST
R 7.0.5-2008 (Russian)» natijasini bosing va keyin o’ngda Install tugmasini
bosing. «Russian GOST R 7.0.5-2008 (Numeric)» natijasi bilan shu jarayonni
takrorlang. Birinchisi [muallif, yil] ko’rinishidagi havola uchun kerak, ikkinchisi
esa – [1] ko’rinishidagi havola uchun ishlatiladi. Ayni shu oynada paydo bo’lgan
Use this style tugmasini bosish orqali ulardan ixtiyoriy birini tanlash mumkin.
Stilni xohlagan vaqtda o’zgartirish mumkin.
Umumiy
guruhni yaratish
5. Mendeley dasturida chapda Groups zakladkasi ostida Create Group punktini
tanlang. Guruh nomini kiriting masalan, «Amalga oshgan ishlar hisoboti».
Agar ishda sizni qo’shganda 4ta va undan kam odam ishtirok etsa, private Group
optsiyasini tanlang. Tekin versiyada bitta odam faqat bitta xususiy guruhni
yaratishi mumkin. Unda ahzolar sizni qo’shganda 4ta odam bo’ladi. Agar siz
guruhga ko’p qatnashchilarni qo’shmoqchi bo’lsangiz u holda public Group
optsiyasini tanlang. SHundan so’ng Create Groupni bosing.
NB: agar siz public Group yaratgan bo’lsangiz, uning tarkibi (manbaga havolalari)
siz tomoningizdan
taklif qilingan qatnashchilar
, Mendeleyning barcha
foydalanuvchilari uchun ko’rinadigan bo’ladi.
Umumiy guruhda maqolaning to’liq matnini saqlab bo’lmaydi.
6. Yangi oyna ochiladi. Manzillar maydoniga barcha loyiha ishtirokchilarining
pochta manzili nuqta vergul bilan kiriting (bu manzil aynan ro’yxatdan o’tish
vaqtida qo’llanilgani).
7. Guruh ichida papkalar yaratish mumkin (masalan, hisobotni tayyorlashning aniq
bir qatnashchisi uchun). Guruh nomi ustida sichqoncha o’ng tugmasini bosing.
Papka ichida papkaosti yaratish mumkin.
8. Umumiy guruhga manbalarning bibliografik izohini qo’shish uchun avval
Mendeley dasturidagi o’z kutubxonangizda ularni belgilab oling, keyin esa tegishli
papkani chapga ko’chiring.
Mendeley – pdf, doc formatlaridagi maqolalarni va kutubxona havolalarini yaratish
va saqlash uchun ajoyib yordamchi hisoblanadi.
9. «Podderjivaemqx istochnikov»dan import qilish. Siz har doim «Podderjivaemqx
istochnikov» sayti mavjudmi yoki yo’qligini ko’rib turasiz: bu saytlarning brauzer
panelida «Save to Mendeley» tugmasi mavjud. Maqola izohi mavjud sahifada
«Save to Mendeley» tugmasini bosing (birinchi martasida tizim login va parolni
so’rashi mumkin, biroq keyinchalik ishlash davomida tizim buni eslab qoladi).
Mendeley sahifada topgan maqolalar ro’yxatini ochadi. Keraklisini belgilang va
«Save»ni bosing. Agar joriy sahifada maqolaning to’liq matniga o’tish imkoni
mavjud bo’lsa, u holda Mendeley maqolaning pdf-faylini avtomatik tarzda
saqlashga harakat qiladi. Agar maqola pdf-fayl ko’rinishida bo’lmasa, aytaylik sayt
sahifasida oddiy matn ko’rinishida bo’lsa, u holda Mendeley shu matnli sahifaning
web-sahifasi nushasini saqlab qo’yadi.
10. Agar siz maqolani elektron nashrlar bazasidan topgan bo’lsangiz (Jstor va
boshqa turdagi), brauzer panelida «Save to Mendeley» tugmasini bosganingizdan
keyin kompgpyuter bibliografik tavsif topilmagani haqida xabar beradi yoki agar
sahifada «Save to Mendeley» mavjud bo’lmasa, u ham qo’rqinchli emas. Barcha
elektron bazalar bibliografik ma’lumotlarni formatlarda saqlashga moslashtirilgan
(BibTex, RIS va boshqalar).
Saqlash tugmalari har ko’rinishda bo’lgani bilan ularni har doim tanib olish
mumkin: «Export» «Export citation» «Cite» «Download citation» va boshqalar.
Odatda «poslatgp statgpyu po pochte», «raspechatatgp» optsiyalari qaerda bo’lsa,
ular ham shu yerda joylashgan bo’ladi. Sizga BibTex, RIS, Zotero, Endnote XML
formatlari mahqul keladi. Bibliografik ko’rsatmalari bo’lgan mikro-faylni
saqlang. Mendeley tizimining «File» menyusidan «Import» punktini va saqlangan
mikro-faylni tanlang.
11. Agar sizning kompgpyuteringizda maqolaning pDF-faylidagi matni saqlangan
bo’lsa, Mendeley matnning o’zidan bibliografik ko’rsatmalarni ajratib chiqarishi
mumkin. Variant 1. Dasturning «File» menyusidan «Add File» punktini tanlang.
Agar sizning pDF-faylingizda matn ko’p bo’lsa, u holda vaqtni tejang. Barcha
matnlarni bitta papkaga to’plang va «File» menyusidan «Add Folder»ni tanlang.
Variant 2. Oddiygina qilib pDF-fayl yorlig’ini dastur oynasiga olib keling.
Keyinchalik, siz pDF-fayllaridagi yangi matnlarni saqlash uchun yangi papka
yaratishingiz mumkin va Mendeley avtomatik tarzda sizning kutubxonangizga
qo’shadi.
Eslatma: agar manba haqidagi ma’lumotlar to’liq bo’lmasa, u holda manba tavsifi
ostida sariq fonda yozuv paydo bo’ladi: «These details need reviewing…».
Sarlavha to’g’riligini tekshirib ko’ring (probellar, tinish belgilari), keyin esa
Mendeley dasturida «Search by Title» tugmasini bosing. Qolgan maydonlar
Google Scholar axborotlaridan avtomatik tarzda to’ldiriladi. Axborotni yana bir
marta tekshirib ko’ring.
12. Agar «Search by Title» tugmasi yo’q bo’lsa (yahni Mendeley manba haqidagi
ma’lumotlar to’liq), siz ma’lumotlarni kiritishingiz va tegishli maydonlar qiymatini
o’zgartirib, qo’lda ishlash rejimida o’zgartirish kiritishingiz kerak. Yoki siz
yozuvni to’liq emas singari qayd etish va «Search by Title» qo’llashingiz: manba
ustida o’ng
tugmani bosing
, avval «Mark As…», keyin esa «Needs Review»ni
bosing.
13. Agar qandaydir sababga ko’ra bibliografik tavsifni saqlab bo’lmasa, u holda
yozuvni qo’lda kiritish yo’li qoladi. «File» menyusida «Add Entry Manually»
tanlang va zarur axborotni kiriting. Paydo bo’lgan muloqot oynasida yo’q
maydonni keyin tahrirlash rejimida to’ldirish mumkin bo’ladi.
Eslatma: Mendeley dasturining o’ziga xos jihatlari bor. Ular CSL-stillari bilan
ishlashda noxushliklar keltirib chiqarishi mumkin (masalan, biz o’rnatgan GOST
stillari bilan). Ayniqsa, chop etilmaydigan hujjatlar bilan ishlashda (working
papers): hisobotlar, ArXiv / SSRN materiallari, preprintlar. Biz barcha chop
etilmagan hujjatlarni «Working paper»
sifatida emas
, balki «Report» sifatida
saqlashni tavsiya qilamiz. Bunda albatta bibliografiyani yakuniy rasmiylashtirishni
tekshirib ko’ring.
Eslatma: «Institution» maydoni (hujjatni nashr qilgan tashkilot haqida axborot)
bibliografiyaga tushmaydi. Uning aks etishi uchun «publisher» maydonini
qo’llashni tavsiya qilamiz. Uning batafsil detallari bilan tanishish uchun quyidagi
havola bo’ylab o’ting -
http://support.mendeley.com/customer/portal/articles/364144-csl-type-mapping.
14. Hisobot uchun o’z fragmentingizni MS Word dasturida oching.
Bibliografiyani boshqarishning barcha elementlari Word panelining «Mendeley
Cite-O-Matic» zakladkasida «Ssqlki» joylashgan. TSitata qo’yish uchun kursorni
matnning kerakli joyiga qo’ying va Alt+M bosing yoki «Insert Citation» tugmasini
bosing. Birinchi marta paydo bo’lgan oynadan chap pastki qismida (sozlama
o’zgartirilmagan bo’lsa) «My Library» turibdi. Siz bibliografik ma’lumotlar
manbasini almashtirish va hisobot uchun tayyorlangan Mendeley umumiy guruhini
oling. Buni faqat bir marta qilinadi va natija saqlanadi. Manba haqidagi
ko’rsatmalarni paydo bo’lgan maydonga kiritishni boshlang: sarlavha, muallif
familiyasi, yil. SHundan keyin Enter yoki OK bosing. Havola hujjat ichida paydo
bo’ladi.
SHuningdek
, siz Mendeley dasturida ham kerakli manbani tanlab
olishingiz mumkin: dasturning asosiy oynasida kerakli maqolani toping, uni
tanlang va «Cite» bosing ( u yuqoridagi panelda paydo bo’ladi). Havola qo’yishni
bekor qilish uchun usha yerda «Cancel» tugmasini bosing.
15. Agar siz boshqa matn muharriridan foydalansangiz, Mendeley bibliografik
ma’lumotini nushasini oling (Ctrl-C) va matn muharririga formatlangan
bibliografik ma’lumotni qo’ying (Ctrl-V). SHuningdek, Mendeley dasturining
asosiy oynasiga qayta bog’lanish mumkin: «Library As Citations»da «View»
bosing va o’sha yerdan bevosita bibliografik ma’lumotlarni
nushalang.
16. Havolani tahrirlash uchun unga kursorni qo’yish va Alt+M yoki «Insert
Citation» tugmasini bosish kerak bo’ladi.
17. Hujjatga adabiyotlar ro’yxatini qo’yish uchun ro’yxat qo’yilishi kerak bo’lgan
joyga kursorni qo’ying va MS Word yuqoridagi panelida «Insert Bibliography»
tugmasini bosing. Agar siz hujjatga keyinchalik boshqa havolalar qo’shsangiz, u
holda bibliografiyani yangilash uchun MS Word yuqoridagi panelida «Refresh»
tugmasini bosing.
18. Havola va bibliografiya rasmiylashtirish standartini tanlash uchun kerakli stilni
«Style» ochiladigan ro’yxatidan tanlang. Havola va bibliografiyalar avtomatik
tarzda rasmiylashtiriladi.
19. Bibliografik ro’yxatni ayniqsa nashr qilinmagan ishlarni va boshqa ishlarni
tekshirib ko’ring (standartlar,
qonunlar
, EHM uchun dasturlarni ro’yxatga olish
haqidagi guvohnomasi va boshqalar). Ular bilan turli muammolar kelib chiqadi.
Havolalar va bibliografiyalar bilan ishlashning so’nggi bosqichida o’zgartirishga
to’g’ri kelsa qo’lda o’zgartirish kiriting.
20. Agar hujjat matnida sizning bibliografiyangizda yo’q bo’lgan maqolaga havola
mavjud bo’lsa, u holda dastur ularni qo’shishni taklif qiladi.
ScienceDirect.
ScienceDirect to’liq matnli ma’lumotlar bazasi – Elsevier nashriyotining
yetakchi informatsion platformasi bo’lib, olimlar, o’qituvchilar, talabalar, tibbiyot
sohasi mutaxassislari va sanoat tashkilotlari departamentlari uchun mo’ljallangan
va dunyo nashrlarining 25%ini tashkil qiladi.
ScienceDirect ko’p predmetli platforma bo’lib, fanning barcha sohalaridagi
adabiyotlarni ko’p qirrali qamrovini tahminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |