2-BOB. Ta’lim mazmunini shakllantirishning mazmuni
2.1 Mutaxassislik fanlar mazmunini tanlab olish tamoyil va mezonlari
Mutaxassislik fanlar mazmunini tanlab olish quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
• erkin fikrlovchi shaxsning rivojlanishi va uning madaniyatini shakllantirish masalalari mazmunini yaxlit aks ettirish;
• ilmiy va amaliy ahamiyati;
• ta’lim mazmunining murakkabligi, o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi;
• ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;
• maktab hamda litseylar bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
• umumiy o‘rta ta’lim mazmunini qurishda xalharo tajribalarni hisobga olish. Mutaxassislik fan o‘qituvchisining o‘quv meyoriy hujjatlari Mutaxassislik fanlari o'qituvchisining o'quv meyoriy hujjatlariga davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o’quv reja, ishchi o’quv reja, fanning o’quv dasturi, fanning ishchi o'quv dasturi, o'qituvchining fanga doir taqvimiy- mavzuiy rejasi, ma’ruza va amaliy mashg'ulotlar ishlanmasi, darslik, o'quv uslubiy majmua kabilar kiradi. Malaka talablari — uzluksiz taʼlim tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qoʼyiladigan talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |