Blum savollari. Ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning muxim omili – o‘qituvchining ularga va ta’lim oluvchilarning o‘zaro bir – biriga beradigan savollari ekan. Ta’kidlanishicha, o‘qituvchilarni ta’lim oluvchilarga berishgan savollarining 80 – 85 foizi, faqat daliiliy bilimlarnigina talab qilib, ular javob berishda xotirada qolganlarini takroran so‘zlash (bashorat) bilangina cheklanar ekanlar. To‘g‘ri javobi o‘quv adabiyotlarida yaqqol bayon etilmagan yoki o‘qituvchi tomonidan aytib berilmagan savolgina ta’lim oluvchini fikrlashga majbur qiladi. Bunday savollarga jahon pedagogikasida “Blumb savollari” nomi bilan mashxur va o‘zlashtirishning oltita; bilish, tushinish, qo‘llash, tahlil, sintez va baholashdarajalariga muvofiq bo‘lgan savollar misol bo‘lishi mumkin. Masalan: “nima uchun?”, “taqqoslang?”, “tarkiby qismlarga ajrating?”, “eng muxim xususiyatlari nima?”, “buni siz qanday hal qilgan bo‘lardingiz?”, “bunga munosobatingiz qanday?”, kabi savollar ta’lim oluvchilarga yuqori intellektual amallar (tahlil, sintez, baholash) darajasida fikrrlashga undaydi. Yoki, matndan parcha o‘qib bo‘lgandan so‘ng, ta’lim oluvchilarni fikrlashga undovchi quyidagi savollarni berish ham maqsadga muvofiqdir: “bu parchaga qanday savolar qo‘yish mumkin?”, “siz muallifga qanday savol bergan bo‘lardingiz?”.
Ta’lim oluvchining ta’lim oluvchilarga beradgan savollari to‘g‘risida fikr yuritilar ekan, uning aniq, lo‘nda,, tushunarli va ixcham bo‘lishi hamda bir savol faqat bitta o‘quv elementi (tushuncha, qonun, qoida va h.q.) so‘ralishi zarurligini alohida ta’kidlash lozim. Berilgan savollar mazmunida mavzuga yoki matnga oid tayanch so‘z va iboralardan foydalanish ham muhimdir.
Sinkveyn (axborotni yig‘ish). O‘rganilayotgan materialni to‘laqonli va puxta anglash uchun qo‘llaniladigan interfaol metodlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Sinkveyn – fransuzcha besh qator o‘ziga xos, qofiyasiz she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot yoyilgan va yig‘ilgan holda , ta’lim oluvchi so‘zi bilan, turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi.
Sinkveyn tuzish – murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni puxtaroq anglashga yordam berish bilan birga, ta’lim oluvchilarning kritik fikrlash qobiliyatini yuqori darajada rivojlantiradi. Sinkveyn tuzish qoidasi:
1. Ikkinchi qatorga mavzuga oid ikkita sifat yoziladi (qanday?, qanaqa?).
2. Uchinchi qatorda mavzu doirasidagi hatti – harakat (funksiyasi – vazifasini anglatuvchi) uchta so‘z (fe’l) bilan ifodalanadi.
3. To‘rtinchi qatorga mavzuga nisbatan tasavvur (assotsiatsiya)ni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr (sezgi) yoziladi.
4. Oxirigi mavzuga mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga o‘xshash bo‘lgan bitta so‘z (sinonim) yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |