Termiz davlat universitetining pedogogika instituti magistratura mutaxassisligi



Download 478,52 Kb.
bet9/29
Sana10.02.2022
Hajmi478,52 Kb.
#440313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
kurs ishi asl nusxa kkk

Yo`naltiruvchi matn usuli Yo‘naltiruvchi matn usuli Germaniya pedagog amaliyotchilari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, nazariy jihatdan asoslanib, ilmiy asosda takomillashtirilgan. Mutaxassilik fanlarini o‘qitish jarayonini takomillashtirishga doir olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda talabalarning bir qismi ko‘nikmani tez o‘zlashtirsa, ba’zi birlari sekin o‘zlashtiradi. Natijada bir talaba tez o‘zlashtirib, yangi ko‘nikmani o‘rganishga tayyor bo‘lsa, boshqasi uchun yangi amaliy mashg‘ulotning foydasi juda kam bo‘ladi. Ya’ni talabalar qiziqishi qisman barbod bo‘ladi. Yo‘naltiruvchi matn yordamida mustaqil o‘rganish imkoniyati yaratiladi va har bir talaba yangi ko‘nikma uchun kerak bo‘lgan bilimni olishi mumkin bo‘ladi. Yo‘naltiruvchi matn usulida quyidagi olti bosqich talaba tomonidan amalga oshiriladi. O‘quv jarayonini bunday bosqichlarga bo‘linishi talabalarga mustaqil o‘rganishga turtki beradi. O‘qituvchi aniq o‘quv maqsadiga yo‘naltirilgan savollar yoki topshiriqlar ishlab chiqadi. Talabalarga «Ma’lumot yig‘ish» va «Reja tuzish» bosqichlarida kinematik sxemalar, jadvallar, eslatmalar, ko‘rsatmalar kabi yozma hujjatlar beriladi. Bunday hujjatlar talabalarga mustaqil ma’lumot yig‘ishda yordam beradi. O‘qituvchi talabalarning aniq maqsadga qaratilgan harakatiga turtki beradi va ishini nazorat qiladi. Talaba esa o‘z ta’limining faol qatnashchisi bo‘lib qoladi. Endi u faqat tinglovchi emas, balki bajariladigan topshiriq uchun kerakli ma’lumotlarni yig‘adi, o‘z ish tartibining vaqtini o‘zi rejalashtiradi. Bajargan ish natijasini o‘zi baholaydi. Yo‘naltiruvchi matn usuli doirasida harakatlar quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Ma’lumot yig‘ish. Bu bosqichda o‘qituvchi talabalarga kerakli barcha manbalarni va maxsus savollar varag‘ini beradi. Savollar varag‘ida talabalarga ma’lumotlarni bosqichma-bosqich yig‘ish tartibi savollar shaklida beriladi. Bu savollar «Yo‘naltiruvchi savollar» deyiladi. Yo‘naltiruvchi savollarga javoblar – bu ish topshirig‘ini bajarish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamidir. 56 Demak, talabalar o‘zlariga berilgan ish topshirig‘ini tahlil qilib, darsliklar o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, sxema va jadvallar yoki boshqa texnik hujjatlar asosida ish bosqichlari yoki kerakli xom ashyolar haqida ma’lumot yig‘adilar. Buning uchun ular yo‘naltiruvchi savollardan berilgan topshiriq ta’rifi va o‘quv maqsadlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishadi.
2. Rejalashtirish. Bu bosqichda talabalar mustaqil ravishda ish rejasini tuzishadi, ya’ni ish topshirig‘ini hal qilishga qaratilgan o‘zlarining bajaradigan ish bosqichlarini rejalashtiradilar. Talabalar bu yerda o‘zlarining dastlabki nazariy bilimlariga tayanadilar va shaxsiy yozuvlaridan foydalanishadi.
3. Qaror qabul qilish. Talabalar o‘qituvchi bilan birgalikda rejani amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Agar muammoni yechishda turli yechimlar yuzaga kelsa, u holda eng unumli yechim tanlanadi. O‘qituvchi doimo maslahatchi sifatida qatnashishi kerak.
4. Amalga oshirish. Talabalar ish topshirig‘ini tuzilgan rejaga muvofiq bajarishadi, o‘qituvchi esa ularning ishini nazorat qilib turadi. O‘zlashtirish natijalari aniqlik , puxtalik, chidamlilik, yuqori sifatli kabi ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
5. Tekshirish. Talabalar bajargan topshiriqlari natijalarini o‘zlari tekshirishadi (Masalan sifat ko‘rsatkichlarini) va «Baholash varag‘iga qayd qiladilar. Talabalar birbirlarining ishlarini tekshirishlari mumkin. O‘qituvchi natijalarni «Xulosalar» varag‘iga yozib qo‘yadi.
6. Xulosa chiqarish. O‘qituvchi ish jarayoni va natijalarni tahlil qilib yakuniy suhbat o‘tkazadi va keyingi safar nimalarga e’tibor berish kerakligini aytib o‘tadi. Yo‘naltiruvchi matn usulining mohiyati shundaki, talabalar iloji boricha o‘zlari mustaqil o‘rganishlari lozim. Shu sababli ham, didaktik va mashq materiallari shunday tuzilishi kerakki, ular asosan mustaqil o‘rganishga qaratilishi lozim. Talabalarga beriladigan topshiriqlar aniq belgilangan bo‘lishi, ya’ni ularni o‘quv nuqtai nazaridan unumli bajarish mumkin bo‘lishi, hamda hajmi va qiyinligi jihatidan belgilangan o‘quv mazmunlariga javob berishi kerak. Bugungi kunda talabalarning mustaqil ishlashi o‘zlashtirishda yuqori samara bermoqda, ya’ni ularda birgalikda muloqotda bo‘lish, reja tuzish, qaror qabul qilish, hamda o‘z ishini tekshirish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Bundan tashqari talabaning o‘qishni tugatgandan keyin uning ish faoliyatida kutiladigan natija shuki, ular ish tartibini iqtisodiy mezonlar (tejamkorlik) asosida rejalashtirish va amalga oshirishlari kerak. Masalan, ular tejamli ishlab chiqarish usullarini qo‘llash, materiallardan yoki energiyadan tejamli foydalanish usullarini bilishlari kerak. Yo‘naltiruvchi matn usulini o‘quv jarayoniga qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy tajribalarga asoslanib, quyidagi ilmiy xulosalar beriladi: - o‘rganish-o‘zlashtirish jarayonining asosini mustaqil bajariladigan ishharakatlar tashkil qiladi; - ish- harakatlarning talabalar tomonidan mustaqil ravishda rejalashtirilishi, amalga oshirilishi, tekshirilishi va baholanishi lozim; - ish harakatlar o‘zida texnikaviy, mehnat xavfsizligi, huquqiy, ekologik kabi masalalarni qamrab olishi kerak; - ish harakatlar talabalarning bilim tajribasiga integratsiya bo‘lishi lozim.

Download 478,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish