Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat rivojlanishida bugungi kunda har tamonlama barkamol insonni tarbiyalash asosiy muhim vazifalardan biridir. Respublikamizda o’tkazilayotgan islohotlarni takomillashtirishda yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilib bu sohada ko’plab yangiliklar, o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa kelajak yosh avlodning o’sib rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun qo’yilgan mustahkam poydevordir.
“Maktabgacha ta’lim tizimini sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblanib, u har tomonlama sog’lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish orqali bolalarni har tamonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashni asosiy maqsadida”1 tizimda bir qator yangiliklar amalga oshirildi. Bu esa yosh avlodni ta’lim tarbiya olishi uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish va kelajakda o’z sohasining yetuk mutaxassislarini yetishtirish uchun qo’yilgan qadamlardan bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatimizda uzliksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarga sifatli ta’lim berish asosida ularning intellektual salohiyatini oshirish, xalqaro maydonda munosib o’rin egallashi uchun sharoit yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarni sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishni ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari, O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to’g’risidagi nizomini hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama rivojlantirish, ta’lim –tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha davlat talablari belgilandi.2
Maktabgacha ta’limning maqsadi ham aynan, bolalarni maktabga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs qilib shakllantirish, qobilyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta’limga bo’lgan ishtiyoqlarini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda turli yangi usullarni qo’llash orqali ta’lim-tarbiya berish, ularni qobiliyatlarini rivojlantirish, ma’lum sohaga yo’naltirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni turli faoliyatlar bo’yicha kompetensiyalarini rivojlantirish va maktab ta’limiga bilimli qilib yetishishlari uchun zamin yaratilar ekan bu jarayonda albatta bolalar uchun o’yin faoliyati muhim o’rin tutadi. O’yin-maktabgacha yoshdagi bolalarning har tamonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy va o‘yin faoliyati orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bolalarning aqliy, jismoniy, psixologik jihatdan rivojlantirishga asos bo’ladi. So’nggi yillarda pedagog, tadqiqotchi, psixologlar o’z izlanishlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil rivojlanishida, o’yin texnologiyalarini rivojlantirish barcha sohalarda bolalarning sog’lom rivojlanishi uchun hayotiy muhim element ekanligini yetarli darajada isbotlab berishdi. Bolalar o’yin texnologiyalarini egallashlari uchun ularga vaqt, makon materiallari hamda ota-ona yoki vasiylarning, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan malakali tarbiyachilarning qo’llab-quvvatlashi kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy va o‘yin faoliyati orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarni turli faoliyatlarga jalb qilishda o’yin faoliyatlaridan foydalanish bolalarni yanada e’tiborlarini tortib kun tartibini yanada qiziqarli o’tishini ta’minlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy va o‘yin faoliyati orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ham muhim bo’lib, bu jarayonda pedagogning bilim tajriba, mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy va o‘yin faoliyati orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali ularni psixologik xususiyatlarini shakllanadi, maktabga tayyorlashda ta’lim-tarbiya berish faoliyatini tashkil etish va uni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu jarayonda bolalar hayotiy barcha zarur tushunchalarga ega bo’la boshlaydi, o’z qiziqishlarini qondiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy va o‘yin faoliyati orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish o’ta muhim jarayondir. Yuqоridаgilаrdаn kеlib chiqib ilmiy tаdqiqоt mаvzusini “Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy va o‘yin faoliyati orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish” dеb bеlgilаdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |