1- jadval
O‘zbkiston Respublikasida 2010-2011 yillar mobaynida xizmat ko‘rsatish sohasidagi tarkibiy o‘zgarishlar
№
|
|
2011 yil
|
2010 yil
|
|
Xizmat turlari
|
mlrd.so‘m.
|
O‘sish
|
Tarkibi
|
mlrd.so‘m.
|
O‘sish
|
Tarkibi
|
|
|
foiz
|
(foiz)
|
foiz
|
(foiz)
|
|
Xizmatlar, jami
|
41083,3
|
113,2
|
100,00
|
32749,8
|
115,1
|
100,00
|
|
Jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
1.
|
Savdo xizmatlari
|
8607,5
|
118,6
|
20,95
|
6134,4
|
120,9
|
18,73
|
2.
|
Transport xizmatlari
|
12350,2
|
104,1
|
30,06
|
10547
|
113
|
32,20
|
3.
|
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari
|
2630
|
139,9
|
6,40
|
2062,5
|
128,7
|
6,30
|
4.
|
Moliya-bank xizmatlari
|
3507,5
|
118,6
|
8,54
|
2753,8
|
119,4
|
8,41
|
5.
|
Turistik-ekskursiya xizmatlari
|
64,1
|
127,3
|
0,16
|
44,7
|
115,3
|
0,14
|
6.
|
Mehmonxona xizmatlari
|
112,4
|
106,5
|
0,27
|
97,5
|
107,8
|
0,30
|
7.
|
Kommunal xizmatlar
|
4780,5
|
99,9
|
11,64
|
3852,1
|
99
|
11,76
|
8.
|
Maishiy xizmatlar
|
534,5
|
120,9
|
1,30
|
561,4
|
122,8
|
1,71
|
9.
|
Avtomobillarni ta’mirlash xizmatlari
|
367,8
|
118,9
|
0,90
|
314,2
|
124,6
|
0,96
|
10.
|
Boshqalar
|
8128,9
|
118,5
|
19,79
|
6382,2
|
116,6
|
19,49
|
Umumiy ovqatlanish korxonasi — ma’lum turdagi korxona xizmatining o‘ziga xos belgilarining mujassamlanishi, mijozlarga ko‘rsatilgan xizmat sifatining darajasi va sharoiti bilan ifodalanadi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining beshta turi mavjud: restoran, bar, kafe, oshxona, tamaddixona (yaxna ovqatlar). Umumiy ovqatlanish korxonalari ichida restoran, kafe, bar asosiy o‘rinni egallaydi. Bular aholining hordiq chiqarishini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu maskanlarda odamlar fakat ovqatlanish uchunemas, balki yubileylarni nishonlash, o‘z hayotidagi muhim voqealarni, jamoa a’zolarining quvonchiga sherik bo‘lish, to‘y-tantanalarini o‘tkazish, mehmon kuzatish, tez va maroqli ovqatlanish uchun hamma sharoitlarni yaratish zarur.
Umumiy ovqatlanish va savdo xizmatlari darajasining 2010 yilda 115,7 foizga o‘sishi, chakana savdo aylanmasining 114,7 foizga o‘sishiga, do‘konlarning, ayniqsa qishloq joylardagi va aholi punktidan uzoqda joylashgan do‘konlarning mahsulotlar bilan ta’minlanishiga, shuningdek, yangi savdo infratuzilmasining tashkil etilishiga olib keldi.
Tahlil etilayotgan joriy yilda 3584 ta chakana savdo korxonasi tashkil etildi, 821 ta bashorat qilingan edi. Jumladan, 2062 ta korxona qishloq joylarda tashkil etildi (bashorat bo‘yicha 579 ta). 2010 yilda 689 ta umumiy ovqatlanish korxonasi tashkil etildi, shundan 497 tasi qishloq joylarda tashkil etildi, 302 tasi esa bashorat qilingan edi.
2011 yilda esa umumiy ovqatlanish va savdo xizmatlari 18,6 foizga o‘sdi va 8607,5 milliard so‘mni tashkil etdi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari yurtimizning barcha mintaqalari bo‘yicha o‘sish su’ratlari o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etdi. CHakana tovar aylanmasi 16,8 foizga o‘sdi va 28,3 trillion so‘mni tashkil qildi. Umumiy sotuv hajmi bo‘yicha do‘konlar ulushi 41 foizni tashkil etdi, ulgurji tovar aylanmasining o‘sish su’rati 112,4 foizni tashkil etgan holda, chakana savdoga 11037,8 milliard so‘mlik tovarlar yo‘naltirildi. Natijada bozorning 36 foiz mahsulotlari ulgurji savdo tarmoqlari orqali to‘ldirildi. Chakana tovar aylanmasi tizimida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda va bu asosan mamlakatimiz maishiy xizmat mahsulotlari va yengil avtomobillari sotuvining yuqoriligi hisobidan iste’moldan tashqari mahsulotlar ulushining o‘sishi amalga oshirilmoqda.
2- jadval
2007-2011 yillarda O‘zbekiston mintaqalari bo‘yicha savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlanish holati (solishtirma narxlarda)
O‘tgan yilga nisbatan foizda
№
|
Mintaqalar nomi
|
Xizmat hajmining o‘sishi
|
2007 yil
|
2008 yil
|
2009 yil
|
2010 yil
|
2011 yil
|
reja
|
ama
lda
|
reja
|
ama
lda
|
reja
|
ama
lda
|
reja
|
ama
lda
|
reja
|
amal
da
|
|
O‘zb. R.
|
116,2
|
132,5
|
117,8
|
126,8
|
119
|
121,8
|
121,5
|
116,9
|
117,5
|
118,6
|
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
Qoraq. Res.
|
118,4
|
130,8
|
118,6
|
124,6
|
118,8
|
119,1
|
121
|
117,5
|
119,0
|
125,8
|
2
|
Andijon viloyati
|
113,8
|
132
|
114,5
|
120
|
115,5
|
116,2
|
118
|
113
|
114,0
|
119,9
|
3
|
Buxoro viloyati
|
117,8
|
159,4
|
118,2
|
123,5
|
118,8
|
119
|
121
|
113,5
|
117,0
|
117,0
|
4
|
Jizzax viloyati
|
114,6
|
130,6
|
115,5
|
108
|
118
|
115,5
|
120,2
|
125
|
114,0
|
124,9
|
5
|
Qashqadaryo viloyati
|
119,1
|
123
|
119,2
|
117,4
|
119,7
|
120,8
|
122
|
113,5
|
117,0
|
123,9
|
6
|
Navoiy viloyati
|
122
|
136,8
|
122,2
|
124,5
|
122,5
|
130,3
|
123
|
123
|
117,0
|
119,3
|
7
|
Namangan viloyati
|
122
|
124,5
|
125
|
126
|
125
|
125
|
132,2
|
121
|
116,0
|
122,8
|
8
|
Samarqand viloyati
|
112,9
|
139,1
|
113
|
145,2
|
113,2
|
122,2
|
115,4
|
121
|
116,0
|
122,6
|
9
|
Surxondaryo viloyati
|
120
|
128,8
|
121
|
131,4
|
121,5
|
113,5
|
122
|
117
|
118,0
|
122,2
|
10
|
Sirdaryo viloyati
|
112
|
134,9
|
115
|
127,6
|
118
|
120,9
|
120
|
119
|
119,0
|
123,6
|
11
|
Toshkent viloyati
|
116,5
|
144,6
|
116,8
|
131
|
117
|
128,8
|
119,2
|
108
|
115,0
|
116,9
|
12
|
Farg‘ona viloyati
|
111,6
|
128,8
|
120
|
120
|
125
|
124,9
|
127,1
|
130
|
116,0
|
120,8
|
13
|
Xorazm viloyati
|
119,4
|
126,9
|
124
|
122,6
|
125
|
125,4
|
127,6
|
114,5
|
116,0
|
123,3
|
14
|
Toshkent shahri
|
115,5
|
127,1
|
116
|
128,2
|
117
|
119,5
|
119
|
117
|
120,0
|
113,9
|
Servis va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturini bajarish jarayonida respublika, viloyat va viloyatlararo ixtisoslashtirilgan ulgurji-savdo bazalarini tashkil etish bo‘yicha amaliy tadbirlar amalga oshirildi, ularning faoliyati va xomashyo ta’minoti yo‘lga qo‘yildi. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji-savdo baza-kontorasiga mintaqaviy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni shaklantirishda va ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda yordam ko‘rsatildi.
So‘nggi yillarda turizm sanoati aksariyat mamlakatlarda muhim o‘rinlardan birini egallamoqda. Turizm sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot — turistik mahsulot xizmatlar va tovarlarning ancha katta va rang-barang kompleksini o‘z ichiga oladi. Bu mahsulotlardan kishilar sayohat qilishda, shuningdek turizm doirasida dam olish, hordiq chiqarish, davolanish, o‘z bilim va kasbiy darajasini oshirishda foydalanishlari mumkin. Bunda turistik mahsulotning tarkibiy qismiga kiruvchi transport xizmatlari uning sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Yo‘lovchilarni, shu jumladan,turistlarni tashish har xil transport turlarida, chunonchi, havo, yer usti, suv transportida amalga oshiriladi. Turistik tashuvlar uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning jo‘g‘rofiy o‘rni va iqlim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, milliy an’analariga, odamlarning ijtimoiy holati va turmush darajasiga hamda boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Har bir transport turining o‘z ustun jihatlari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, ular tarixiy rivojlanish, texnik, iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi, ammo transport tizimlarining barcha turlari bir asosiy maqsadni — tashish xizmatlarini ko‘rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni ko‘zlaydi. SHundan kelib chiqib, turistlarga transport xizmatlari ko‘rsatishni turistlarni va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun mo‘ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflash mumkin.
Jamiyatda fan-texnika taraqqiyoti odamlarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez eltib qo‘yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar poezdlar, avtomobillar, muzyorar va suvosti transportiva boshqalar) paydo bo‘lishiga, shuningdek, transport xizmatlari ko‘rsatish sohasiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga olib keldi. Bu chiptalarni bronlashning global tizimlarida va chiptalar sotishning noan’anaviy usullarida, yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning charter dasturlari vujudga kelishi va rivojlanishida, turli axborot tizimlari ishlab chiqilishida, yo‘lovchi tashishning texnik va texnologik rejimlarini nazorat qilish elektron qurilmalaridan foydalanilishida, ularning xavfsizligi oshirilishida o‘z ifodasini topmoqda.
Mamlakatimizda transport xizmatlari rivojlanishini quyidagicha taxlil qilish mumkin. 2010 yilda transport xizmatlarining o‘sishi bashorat bo‘yicha 118,9 foiz belgilangan bo‘lsa, amalda 121,5 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, 2010 yilda barcha mintaqalarda transport xizmatlarining xajmi o‘sishi ta’minlandi. Transport xizmatlarining o‘sishi asosan transport infratuzilmasining kengayishi va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha yangi marshrutli yo‘nalishlar tashkil etilishida nomoyon bo‘ldi. Yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha marshrutli yo‘nalishlarining soni rejaga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichga ega. 2011 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra,mamlakatimizda yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha 3721 ta marshrut faoliyat ko‘rsatmoqda (bashorat-3687 ta marshrut). Shahar ichidagi marshrutlar 2140 (bashorat 2053 ta) tani yoki yurtimizdagi umumiy marshrutlar sonining 57,7 foizini tashkil etdi. Viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘lovchi tashish marshrutlari 351 tani tashkil etdi, bu esa rejaga to‘la mos keladi.
3- jadval
2007-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari bo‘yicha transport xizmatlarining rivojlanish holati (solishtirma narxlarda)
Do'stlaringiz bilan baham: |