Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi yosh fiziologiyasi va gigiyena


Nafas ikkita tashqi va ichki nafas olishga bolinadi



Download 2,31 Mb.
bet81/130
Sana13.04.2022
Hajmi2,31 Mb.
#548063
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130
Bog'liq
Ёш физиологияси ва гигиенаси 2020 2021 йил РУТ 2

Nafas ikkita tashqi va ichki nafas olishga bolinadi. Tashqi nafas olish
deb o‘pka bilan qon o‘rtasidagi gaz almashinuviga aytiladi. Ichki nafas olish yoki to‘qimalar aro nafas olish deb, hujayralarda modda almashinuvini ta’minlovchi to‘qimalar bilan qon o'rtasidagi gaz almashinuviga aytiladi. Tashqi muhitdan olinayotgan nafas havosida 20,95% kislorod, 0,03-0,04% karbonat angidrid gazi, 79,02% azot, 0,47% suv parlari boiadi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3% kislorod, 4% karbonat angidrid, 79,1% azot boiadi. Havoda kislorod miqdori asosan bir me’yorda saqlanadi, yuqori balandlikda biroz o‘zgaradi. Odam nafas olayotganda havoda CO0 miqdorini 2-3% qadar ortishiga chiday oladi. Agarda C 02 miqdori 4-5%ga yetsa, odamning yurak qisqarishi tezlashadi, bosh og'riydi, qusadi, hushidan ketishi mumkin. Odam uchun ayniqsa C02 gazi nihoyatda zararli boiib hisoblanadi. Daqiqalik o'pka ventilyatsiyasi deb bir daqiqada nafasga olinadigan havo miqdoriga aytiladi. Bu hajm 1 daqiqadagi nafas harakatlari soniga ko'paytirilgan nafas hajmiga teng. 0‘pkaning hayotiy sigimi deb oldin chuqur nafas olib turib, keyin nafas chiqarish mumkin boigan havo miqdoriga aytiladi. Bu bir marta nafas olgandagi o‘pkaning hajmidir. Uni spirometrda oichanadi.
Nafas olish organlariga: burun bo’shlig’i, halqum, qiqildoq, kekirdak yoki traxeya, bronxlar, o’pkalar va plevra pardasi kiradi.
Burun boshlig’i. Bola tug’ilgan vaqtda uning burun bo’shlig’i kichik va ingichka bo’lib, shilliq qavat, qon va limfa tomirlari, nerv tolalari hamda recheptor va mayda tukchalar bilan ta’minlangan bo’lib, yetarlicha rivojlanmagan bo’ladi. Bundan tashqari peshona sipuslari va pastki burun yo`li umuman rivojlanmagan bo`ladi. 2 yoshdan keyin gaymor bo’shlig’i kattalasha boshlaydi, peshona sinuslari esa 15 yoshda to’liq shakillanadi. Bola tug’ilgan vaqtda qorin tipida nafas oladi. Birundan nafas olish 3-4 yoshda shakllanib, 7-8 yoshdan jinsga bog’liq farqlar vujudga keladi. Bolalar qorin tipida, qizlar ko’krak tipidagi nafas olish vujudga keladi. Bu jarayon 14-15 yoshda tugallaniladi. 10-14 yoshgacha burun bo’shlig’ining shakli o’zgarib, kattalashib boradi. Burun bo’shlig’ining hajmi yosh ulg’aygan sayin taxminan 2,5 barobar ortadi. Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo’shlig’i orqali o’tganda isiydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi. Shundan keyin biurun bo’shlig’idagi havo halqum orqali hiqildoqqa o’tadi.
Hiqildoq. Hiqildoq IV-VI bo’yin umurtqalari ro’parasida joylashgan bo’lib, yangi tug’ilgan bolalarda qisqa, tor va voronka shaklda bo’lib, shilliq qavat, muskullardan iborat bo’lib, qon va limfa tomirlari bilan ta’minlangan. Hiqildoq 5 yoshgacha sekin o’sadi, uning o’sishi 14-15 yoshda tezlashib qiz bolalarda 1 barobar o’g’il bolalarda esa 2 barobar o’sib, tovush chiqaruvchi pardalari ancha yo’g’onlashadi.
Hiqildoq nafas o’tkazuvchi funksiyasini o’tkazish bilan 1-qatorda tovush hosil qiluvchi ovoz apparati hamdir. Uning ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog’ay va muskuldan tashkil topgan. Ichki qavatining o’rtasida tovush boylashlari va muskullari joylashgan, ularning harakati, qisqarishi va bo’shashi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi natijasida tovush hosil bo’ladi. Havo traxeyaga o’tadi.
Kekirdak yoki traxeya. Traxeya hiqildoqning pastki qismida ya’ni VI-VII bo’yin umurtqalari ro’parasidan boshlanib V ko’krak umurtqasigacha davom etadi. Traxeya yangi tug’ilgan bolalarda kalta va nozik bo’lib, tog’ay va muskul qavatdan iborat. Uzunligi 3-4 sm, 5 yoshda 5-6 sm, 10 yoshda 6,3 sm, 15 yoshda 7,5 sm kattalarda esa 9-13 smgacha bo’ladi. Uning uzunligi va tog’aylar kattaligi yosh ortishi bilan ortib boradi. Traxeya shilliq qavati nozik, qon va linfa tomirlari bilan mo’l ta’minlangan bo’ladi. Shuning uchun ham chang zarrachalari va mikroblar traxeya shilliq qavatiga tez o’rnashib oladi, bronxga o’tkazib beradi.12

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish