Buyrakda siydik hosil bo’lish. Buyrakda siydik hosil bo’lish 2 davrga bo’linadi: birlamchi davr-filtratsiya davri deyilib, unda birlamchi siydik hosil bo’ladi. Ikkilamchi davr-reabsorbsiya jarayoni deyilib, unda ikkilamchi siydik hosil bo’ladi.
Kapsulaga arterial qon tomiri kiradi. Bu tomir kapsula bo’shlig’ida kapillyarlarga bo’linib, malpigiy tushunchasini hosil qiladi. Malpigi tushunchasidagi ya’ni kapillyar qon tomiridan qon so’rilib, Shumlyanskiy Baumen kapsulasi bo’shlig’iga o’tib birlamchi siydik shakllanadi. Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin bo’lib, unda faqat oqsil bo’lmaydi. Chunki u kapillyar qon tomirlari devoridan filtirlanib o’tmaydi. Kapsulalarga birlamchisiydik kalavasimon kanalchalarga o’tadi. Filtrlangan kapillyar qon tomirlari yana bir-biri bilan qo’shilib kapsuladan chiquvchi arterial tomirni hosil qiladi. Ular yana kapillyar qon tomiriga bo’linib, egri-bugri kanalchalarni va genli halqani to’rsimon shaklda o’rab oladi. Egri-bugri kanalchalarga (va genli halqani) birlamchi siydik tarkibiga qand va aminakislotalar, suv, tuzlar arteriya tomirlaridan vena tomirlariga qayta so’rilib ikkilamchi siydik hosil bo’ladi. Katta odamlarda 1 kecha-kunduzda o’rtacha 100 l birlamchi siydik filtirlanib uning 98,5-99%i egri-bugri kanalchalar orqali qonga qayta so’riladi, qolgan 1-1,5 ikkilamchi siydik sifatida tashqariga chiqariladi.11
Buyrak tuzilishining umumiy ko`rinishi.
8-rasm. Siydik ajratish sistеmasi.
I.-buyrak va qovuq; 1-buyrak; 2-buyrak usti bеzlari; 3-pastki kovak vеna; 4-qorin aortasi; 5-buyrak jomlari; 6-buyrakning miya va 7-po`stloq qavatlari; 8-siydik yo`li (o`rtasidan kеsilgan); 9-qovuq dеvori; 10-siydik yo`lining qovuqning ichki dеvoridagi tеshigi.
II.-Buyrakning uzunasiga kеsilgani: 1-buyrak artеriyasi; 2-buyrak vеnasi; 3-buyrak jomi; 4-siydik yo`li; 5-buyrakning ichki (miya) qavati; 6-tashqi (po`stloq) qavati; 7-buyrak kosachalari; 8-buyrak piramidalari.
III.-Buyrak piramidalarining mikroskop tuzilishi: 1-buyrak koptokchalari; 2-birinchi tartibdagi burama kanalcha(6)ga aylanadigan to`g`ri kanalcha; 7-piramidaning ichiga ochiladigan yig`uvchi naycha.
IV.-Buyrak koptokchasining tuzilishi: 1-artеriya stvolchasi; 2-koptokchaning qon kеltiruvchi tomirchasi; 3-koptokcha; 4-koptokcha kapsulasi (Shumlyanskiy Boumеn koptokchasining kapsulasi); 5-koptokchaning qon olib kеtuvchi tomirchasi; 6-siydik kanalchasi(boshi ochilgan davomi buralib kеtgan); 7-buyrak vеnasi.
Yosh ulg'ayishi bilan siydikning miqdori ham tarkibi ham o'zgaradi. Bolalarda siydik voyaga yetgan odamlarga nisbatan ko'p ajraladi, siydikning chiqarilishi bolalar ratsionida nisbatan katta miqdorda suv va uglevodlarning bolishi va suv almashinuvining jadal kechishi hisobiga juda tez va ko‘p bo'ladi. Faqat tug'ilganidan keyingi birinchi 3-4 kunlari ajraladigan siydikning miqdori unchalik ko'p bo'lmaydi. Bir oylik bolalarda bir kecha-kunduzda 350-380 ml siydik ajraladi, bir yoshning oxiriga kelib - 750 ml, 4-5yoshda - 1 / ga yaqin, 10 yoshda - 1,5 /, jinsiy yetilish davrida esa 2 I gacha siydik ajralish kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |