Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 1,23 Mb.
bet38/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

Iroda tarbiyasidan  maqsad farzandingizni irodasi kuchli shaxs qilib kamol toptirishdir. Bunda bolaga o‘z nafsi bilan kurashish, shaxsiy orzu va ehtiyojlarini jilovlash yoki zarur bo‘lsa, ulardan voz kecha olish, o‘z manfaatlarini boshqalar va jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘ymaslik kabilar o‘rgatiladi . Taomilda, bolaning qaysarlik davrida (to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha) olib boriladigan iroda tarbiyasida biroz qattiqqo‘llik, chidam kerak bo‘ladi, ammo ayni damda sevgi, mehribonlik, samimiylikni ham his etib tursin.
Mehnat tarbiyasi berish uchun bolaga halol kasb bilan kun ko‘rish haqida nasihatlar qilinadi, mehnatga muhabbat uyg‘otish uchun bolaligidan unga turli mayda yumushlar buyurib turiladi. Turli kasb-hunarlar o‘rgatiladi, agar bunga o‘zi qodir bo‘lmasa, biror ustozga beriladi.
Bola qalbiga yoshligidanoq iymon, e’tiqod urug‘larini sepish, unga Parvardigorimizni va Payg‘ambarimizni (sollallohu alayhi vasallam) tanitish hamda sevdirish lozim. Chunki imoni, diyonati, vijdoni bo‘lmagan bola johil, nodon, yovuz, jamiyat va el manfaatlarini nazar-pisand qilmaydigan xudbin kimsa bo‘lib o‘sadi. Davlatimiz va millatimiz uchun bunday nokaslar emas, balki qalbi toza, uyg‘oq, ilmli va mo‘min insonlar zarurdir. Bolani shu yo‘sinda tarbiyalash hammaning muhim vazifasi bo‘lishi kerak. Yurtboshimiz «Biz farzandlarimizni Imom Buxoriy hadislari, Yassaviy hikmatlari, Termiziy o‘gitlari, Naqshband ta’limoti asosida tarbiyalashimiz kerak», deganlaridek, farzandimizni Allohdan qo‘rqadigan, jamiyatga foyda keltiradigan, xalqiga xizmat qiladigan diyonatli inson etib tarbiyalashimiz kelajakda uning komil inson bo‘lib ulg‘ayishiga zamin bo‘ladi.
Ota-onalar farzandlari bilan muomala qilishda adolatli bo‘lishlari, birini boshqasidan, o‘g‘illarni qizlardan yoki aksincha, ajratmasliklari kerak. Sovg‘a berishda, lutf va mehribonchiliklar ko‘rsatishda, erkalash va iltimoslarini bajarishda barcha farzandlarni teng ko‘rish lozim. Chunki ular orasida sovg‘a-salomda tenglik yo‘qolsa yoki birini koyib, uning yonidagi ikkinchisi maqtab erkalatilsa, aka-uka yoki opa-singillar orasida bir-biriga hasad qilish va ko‘rolmaslik kelib chiqadi. Tadqiqotlar natijasida bolalarda hasad, ko‘rolmaslik va birovga nisbatan dushmanlik hissini tuyish kabi yomon tuyg‘ular shakllanishiga oilada farzandlar o‘rtasidagi adolatning yo‘qolishi ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): «Alloh taolo o‘rtalaringizda adolat qilishingizni yaxshi ko‘rgani kabi farzandlaringiz orasida ham adolat qilishingizni yaxshi ko‘radi», deganlar.
Agar bolalarga atab biror narsa olib kelsangiz, tarqatishni eng oldin qizlardan boshlang. Chunki qiz bola ta’sirchan, ko‘ngli nozik, salga xafa bo‘lib qoladigan bo‘ladi. Payg‘ambarimizdan (alayhissalom) bunday hadis bor: «Kim qiz bolalarni xursand qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagandek bo‘ladi, kim Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lasa, Alloh taolo uning badaniga do‘zax o‘tini harom qiladi».
Farzandlarga mehr-shafqatli bo‘lish, ularni suyub erkalash, hamisha ochiq chehra bilan muloyim muomala qilish, zaruriy ehtiyojlarini qondirish, har jabhada ularga shaxsiy ibrat ko‘rsatish, Alloh taolo bergan omonat bo‘lmish o‘g‘il-qiz farzandlarni gunoh va yomon ishlardan qaytarib turish ota-onaning muhim vazifalaridandir. Har bir ota-ona farzandlarining turli buzuq aqida va nojo‘ya oqimlarga kirib qolmasligi uchun ularga Ahli sunnat val jamoa aqidasi, Imomi A’zam (rahmatullohialayh) mazhabi ta’limoti asosida tarbiya berishlari zarur.
«Tarbiyani qachon boshlash kerak?» degan savol azaldan yosh ota-onalarning boshini qotirib keladi. Bu savolga esa bir rivoyat bilan javob qaytarish to‘g‘riroq bo‘lur edi. Bir kishi donishmand huzuriga kelib: «Farzandimga necha yoshidan tarbiya berishni boshlashim kerak?» deb so‘rabdi. Donishmand: «Farzandingiz necha yoshda?» debdi. «Ikki yoshga kirdi», javob qilibdi boyagi kishi. Shunda donishmand: «Siz tarbiya berishda ikki yilga kechikibsiz», degan ekan.
Ammo bolaga tarbiya va odob berishda shoshqaloqlik yaramaydi. Bitta daraxtni parvarishlab, hosilga kiritish uchun bir necha yil kutish kerak bo‘lganiday, bir farzandni komil tarbiya va axloq bilan ziynatlash uchun ham ko‘p yillar kerak. Tarbiya ota-onadan va murabbiy-ustozlardan uzoq vaqt chidam, bardosh, sabr va fidoyilikni talab etadi.
Turmush qurgan er-xotin oldida eng sharafli va muhim ish: farzand ko‘rish va unga kelajakda millatiga, ota-onasiga, jamiyatiga manfaat keltiradigan qilib, munosib tarbiya berish vazifalari turadi. Barchamizga ma’lumki, bugungi kun yoshlari bizning merosxo‘rlarimiz va kelajakda hayotning barcha sohalarida boshlangan katta-kichik ishlarimizni davom ettiruvchi o‘rinbosarlarimizdir. Har bir davrning o‘ziga xos tabiati va sharofati bo‘lganidek, fan va texnika jadal taraqqiy etib borayotgan asrimizda yoshlar tarbiyasi ham alohida o‘ziga xoslik kasb etadi.
Farzandlarimizning ilmiy saviyalari, kasbu hunarlari bilan bir qatorda axloqiy fazilatlari ham ko‘payib borishi zarur. Yosh avlodning ta’lim va tarbiyasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish faqat hukumatimizning yoki maktablarning emas, birinchi navbatda har bir ota-onaning muqaddas burchlaridan hisoblanadi.
Har bir inson o‘z farzandi yaxshi, barkamol nasl bo‘lib yetishishini orzu qiladi. Katta bo‘lgach, jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin egallab, Vataniga sodiq, elu xalqining xizmatiga tayyor, vijdonli va diyonatli bo‘lishini niyat qiladi.
Lekin hamma ota-onaning ham o‘z farzandlariga mehr-oqibati va tarbiyaviy munosabati bir xil bo‘lavermas ekan. Ayrimlar bola tarbiyasi xususida juda beparvolik qilishadi. Ular uchun bu dunyoda faqat o‘z shaxsiy yumushlari, moddiy mablag‘ to‘plash yo‘lidagi tashvishlari birinchi o‘rindagi vazifa-yu, oila a’zolarining axloqiy tarbiyasi bilan shug‘ullanish ikkinchi darajali ish ko‘rinadi.
Onalarning farzand tarbiyasidagi burchlari
Onaning burchlaridan yana biri farzandga mehribonlik ko‘rsatib, uni aziyat beradigan turli narsalardan saqlagan holda, vaqtida oziqlantirib, yuvib-tarab, toza kiyintirib, kasal bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, parvarishlashda erinchoqlik yoki dangasalik qilmay, doimo hushyor va xabardor bo‘lishdir. Lekin, afsuski, barcha onalar ham o‘z farzandlariga onalik mehrini baxsh etavermaydilar. Shunday ayollar ham bor, ular o‘z bolalarini bekordan-bekor bolalar uylariga topshirib yuboradilar.
Musulmon odobiga doir «Ma’naviy ziyofat» kitobida keltirilgan bola tarbiyasidagi eng muhim jihatlarni esga olsak, foydadan xoli bo‘lmas.
Farzandlarga mehribonlik, rahm-shafqat ko‘rsating, ular bilan yumshoq muomalada bo‘ling, sababsiz tergamang. Tez-tez ularni quchoqlab, bosh-ko‘zini mehr bilan silab turing.
Ular bilan muntazam birga bo‘lishga harakat qiling, mashg‘ulotlar o‘tkazing, o‘yinlariga aralashib turing, hazil-mutoyiba qiling, nutqini o‘stirish bilan shug‘ullaning.
Ularni also qarg‘amang, yomon so‘zlar bilan so‘kmang, yomon duo qilmang. Chunki bu narsalar fasodga yo‘liqtirib, oilangizga faqirlik keltiradi. Aksincha, yaxshi duolar qilib, ularga imon-e’tiqod, insof, yaxshiliklar tilanadi.
Bolasini kaltak vositasida tarbiya qilishni o‘ylaganlar qattiq adashadi. Chunki farzand yaxshi so‘zning gadosi, yomon gapirish, kaltaklash bolani oiladan, ota-onadan bezdiradi, xolos.
O‘n yoshga yetgan o‘g‘il va qiz bolalar alohida yotqiziladi, chunki aksincha holat fitnaga sabab bo‘lib qolishi mumkin.
Bolalaringizga ularning qurbi yetmaydigan xizmat va topshiriqlarni also bera ko‘rmang. Chunki buni bajara olmay, yolg‘on gapirishlari, hiyla izlashlari, hatto ota-onaga osiy bo‘lib qolishlari mumkin.
Ota-ona qaramog‘idagi bolalariga o‘zi yegan ovqatni yediradi, o‘zi kiygan kiyimlarni kiydiradi, ehtiyojlarini qondiradi.
Quyida marhum ustoz, taniqli olimlarimizdan Salohiddin Muhiddinning farzand tarbiyasi borasidagi maslahatlari:
«Yosh farzandlarni ovqatdan oldin va keyin qo‘l yuvishga, ovqatlanishni «Bismilloh» bilan boshlashga, o‘ng qo‘l bilan yeyishga, yeb bo‘lganidan so‘ng yaratganga shukr aytishga odatlantirishingiz lozim. Shuningdek, o‘ng qo‘l bilan yozish, kiyim kiyganda o‘ngidan boshlash, uyga o‘ng oyoq bilan kirish, har birishni «Bismilloh» bilan boshlashga ham o‘rgating.
Bolalarga tozalikka rioya qilish, tirnoqlarini olish, kiyimlarini toza-pok saqlash, tahoratxonaga kirish-chiqish tartiblaridan ta’lim bering.
Farzandlarga xoli holda, uyaltirmay, boshqalar oldida sharmanda qilmay nasihat qilishingiz lozim. Ba’zan sho‘xlik qilib, gapingizga quloq solishmasa yoki biror ishda xato qilishsa, ularni urmay-so‘kmay, tushuntirishingiz zarur. Juda iloji bo‘lmay qolganida ikki-uch kun gaplashmay qo‘ysangiz, kifoya.
Iloji bo‘lsa, bolalarning har qaysisiga alohida-alohida o‘rin solish, agar imkoniyati bo‘lsa, qiz va o‘g‘il bolalarning xonalarini bo‘lak qilib berish ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘g‘il-qizlaringizni ko‘chaga iflos chiqmaslikka, hovli tashqarisiga va ko‘chalarga odamlarga aziyat-zarar beradigan axlat, iflos narsalarni tashlamaslikka o‘rgating.
Farzandlaringizning kimlar bilan do‘st va hamsuhbat bo‘lishlariga e’tiborli bo‘ling, ko‘chada sababsiz, bemaqsad turish va yurishlariga, sizdan so‘ramay, uzoq vaqt biror mashg‘ulot bilan shug‘ullanishlariga yoki olis joyga ravona bo‘lishlariga ruxsat bermang.
Farzandlarni uyda va ko‘chadagi tanish-notanish odamlarga «Assalomu alaykum» deb salom berishga, qo‘ni-qo‘shnilarga yaxshilik va yordam ko‘rsatishga, aziyat yetkazmaslikka, uyingizga kelgan mehmonga hurmat ko‘rsatish va xizmat qilishga odatlantiring.
O‘g‘il-qizlaringizni kufr so‘zlardan, birovlarni haqorat qilishdan, behayo gaplarni gapirishdan qaytaring. Bularning nihoyatda yomonligini, yaramas so‘z-gaplar tufayli odam qattiq gunohkor bo‘lishi va zarar ko‘rishini muloyimlik bilan tushuntiring. O‘zingiz ham bu borada ularga ibrat-namuna bo‘ling, chiroyli axloq sohibi ekaningizni isbotlang.
Farzandlarni qimorning turli ko‘rinishlari, qarta, oshiq va o‘rtaga pul qo‘yib o‘ynaladigan barcha o‘yinlardan qaytarish darkor. Qimor bo‘lmasa ham, qimmatli vaqtini behuda sovuradigan, dars tayyorlash va foydali mashg‘ulotlardan ayiradigan o‘yinlarni ham cheklash lozim.
Ularning axloqsiz, behayo, fahsh suratli gazeta-jurnallar, kitoblarni o‘qishlariga, jinsiy munosabatlarni, shafqatsizlik, axloqsizlik, yovuzliklarni targ‘ib qiladigan film va tomoshalarni ko‘rishlariga yo‘l bermang.
Farzandlaringizni tamaki chekish va aroq ichishdan qaytarib, bu illatlarning inson sog‘lig‘i va iqtisodiga qanchalar zarar keltirishini, kulfatga boshlashini erinmay tushuntiring. Buning o‘rniga meva va shirinliklar iste’mol qilishga targ‘ib eting”.
O‘g‘il-qizlarimizni har qanday holatda ham rost so‘zlashga, yolg‘on nihat to hazil tariqasida ham gapirmaslikka, va’daga albatta vafo qilishga o‘rgatishimiz lozim. Chunki yosh bolalar odatda o‘ta ta’sirchan va taqlid qilishga o‘ch buladilar. Yolg‘onni atrofidagi muhitdan o‘rganib, ota-onasi yoki aka-ukalaridan biror manfaatga erishish uchun yolg‘on ishlatishlari mumkin. To‘g‘rilik har bir yaxshilikning asosi, yolg‘on esa har qanday yomonlikning onasi va boshlanishidir. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): “Albatta, to‘g‘rilik yaxshilikka boshlaydi. Yaxshilik jannatga boshlaydi. Yolg‘on yomonlikka olib boradi. Yomonlik esa do‘zaxga olib boradi”, deganlar. O‘zimiz ham ularga biror narsa va’da qilsak, olib berishimiz, bordi-yu, buning imkoni topilmay qolsa, ularga tushuntirib, muddatini uzaytirishimiz kerak. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ota-ona farzandini “Bolam, bu yoqqa kel, bir narsa beraman”, deb chaqirsa-yu, ammo bermasa, u yolg‘onchidir», deganlar. Farzandlarni halol topgan molimizdan yedirib-ichirishimiz, sudxo‘rlik, pora, o‘g‘rilik, aldamchilik, zulm bilan topiladigan narsalarda nihtiyotlashimiz lozim. Zero, bunday mablag‘lar bilan oziqlangan bola badbaxt, itoatsiz, qo‘rs-qo‘pol va yovuz bo‘lib ulg‘ayadi. Farzandlarimizni tarbiyalashda urish, so‘kish va qattiq cheklovlardan oldin ularni to‘g‘ri bilan noto‘g‘rini, foyda bilan zararni ajratishga o‘rgatishimiz kerak. Chunki biz qanchalik cheklovlar qo‘ymaylik, nima foydayu nima befoyda ekanini tushuntira bilmasak, ular bu ishlarni yashirin holda ham qilishlari mumkin.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish