Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Pedagog kadrlarning ma’naviyati hamda uning mafkuraviy kompetentliligining asosiy belgilari



Download 1,23 Mb.
bet42/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

Pedagog kadrlarning ma’naviyati hamda uning mafkuraviy kompetentliligining asosiy belgilari.


-Mamlakatimizda ishlab chiqilgan milliy g‘oyada mafurani yoshlar ongi va qalbiga singdirish ta’lim-tarbiyaning turli shakllari orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutildi, ta’lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasini o‘rganishning differensial pedagogik-psixologik dasturini yaratish zarurligi belgilab qo‘yildi.
- Fan va ilmiy muassasalar oldiga milliy mafkuraning milliy, umuminsoniy, falsafiy, diniy, huquqiy, siyosiy, sotsiologik, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-psixologik asoslarini, urf-odatlar, an’analar va intellektual qadriyatlarning yangi avlod dunyoqarashini shakllantirish va boyitishdagi o‘rni hamda ta’siriga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarini muntazam olib borish vazifasi yuklandi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishning asosiy vazifalarini bosqichma-bosqich amalga oshirishda erishilayotgan dastlabki natijalar, yangidan to‘planayotgan tajribalar diqqat markazida bo‘ldi. Birinchi bosqichda (1997-2001 yillar) pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish, yangi o‘quv davlat standartlarini yaratish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi moddiy-texnika bazasini vujudga keltirish birlamchi vazifa bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda (2001-2005 yillar) majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek, o‘quvchilarning qobiliyati, qiziqishi va o‘zlashtirish imkoniyatiga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish amalga oshirildi. Keyingi bosqichda kadrlar tayyorlash tizimini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini takomillashtirish davom etdi. O‘tgan yillar davomida erishilgan yutuqlarga oid ko‘p ma’lumotlarni, fakt va raqamlarni keltirish mumkin. Eng muhim natija — mamlakatimizda milliy mafkuraga asoslangan tamomila yangi ta’lim tizimi yuzaga keldi va u dunyoda rasman e’tirof etildi. Ta’limning hamma bosqichlarida o‘quv dasturlari yangidan yaratildi va ular zamonaviy xalqaro talablarga to‘la mos keladi. Oliy o‘quv yurtlarida yangidan joriy etilgan bakalavr yo‘nalishi va magistratura yo‘nalishiga yangi davlat standartlari joriy etildi. Eng muhimi, o‘quv yurtlari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Bugun biz zamonaviy talablar asosida jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega o‘quv binolari bilan haqli ravishda faxrlana olamiz.
Mustaqillik yillarida tug‘ilib voyaga yetgan farzandlarimizning o‘qishda, ilmiy ijodkorlikda, madaniyat, san’at va sport sohalarida erishayotgan yutuqlari qalblarimizni faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan to‘ldiradi. Ular zamonaviy texnologiyalarni, kompyuterda loyihalashtirish va boshqarish ilmini, bir necha tillarni mukammal egallagan yoshlardir. Bu yutuqlar muhtaram yurtboshimiz rahbarligida istiqlolimizning dastlabki yillarida ta’limtarbiya soh
O‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyati «o‘qituvchi-o‘quvchi» o‘zaro aloqasi negizida olib boriladi, aynan shu jarayonda ta’limiy, tarbiyaviy, korreksion, rivojlantiruvchi va shakllantiruvchi maqsadlar amalga oshiriladi. Shuning uchun o‘qituvchining kasbiy-psixologik kompetentligini o‘rganishda eng avvalo, kommunikativ (mulokot) kompetentlikka e’tibor qaratilgani maqsadga muvofiqdir. KOMPETENTLIK – ma’lum holat xususida to‘g‘ri mulohaza yuritishga imkon beradigan bilimga ega bo‘lish, dalil-isbotli fikr, kishining muayyan sohada saviyasini ifoda etadigan atama. Kompetentlik shaxs xususiyatlari va holatining murakkab majmui bo‘lib, ma’lum sohadagi bilim, ko‘nikma va tajribani mujassamlashtirishi. Kompetentlik insonga muayyan masalalarda fikr bildirish, ma’lum qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va o‘zi qaror qabul qilish imkonini beradi. Hozirgi zamon fanida kasbiy kompetentlik, ilmiy, boshqaruv, pedagogik, didaktik, metodik, ijtimoiy-psixologik kompetentlikka oid tushunchalar keng qo‘llanadi. Boshqaruvga oid kompetentlik ana shu sohaga taalluqli bilim va ko‘nikmalarning, rahbarlik faoliyatida amaliy tajribaning mavjudligi bilan belgilanadi.
Zamonaviy psixologiyada kommunikativ kompetentlik va uning tarkib topishi shart-sharoitlari, omillarini o‘rganishga nisbatan bir necha yondashuvlar mavjud. Masalan, bixevioristik yunalish vakillari kommunikativ kompetentlikni shaxsning muayyan vaziyatlarda maqsadga muvofiq xulk-atvor shaklini namoyon qilish, vaziyatni oqilona baholash va shunga mos tarzda faoliyat yuritish ko‘nikmalarini egallaganligi bilan belgilaydilar. Kognitiv psixologiya yo’nalishi tarafdorlari esa kommunikativ kompetentlik sub’ektning kognitiv (akliy) sohasi darajasi, uning insonlar psixologiyasi borasidagi bilimlari, shuningdek ijtimoiy tafakkuri, tasavvuri va idrokiga bevosita bog‘liq ravishda shakllanadi, deb hisoblaydilar. Insonparvarlik psixologiyasi vakillari shaxsning qadriyatlar tizimi xususiyatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadilar va kommunikativ kompetentlik eng avvalo, muloqotga kirishuvchilarning samimiyligi, ochiqligi, shaxs rivojlanishiga imkon beruvchi muloqot ko‘nikmalarini egallaganligiga bog‘liq deya ta’kidlaydilar.
Turli ijobiy psixologik amaliyot namunalarini qo‘llash orqali insonning psixologik salohiyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan hozirgi zamon psixologiyasi ayrim namoyandalari esa muloqotga shaxs faoliyat jarayonida o‘z hatti-xarakatlarini boshqarishining sub’ektiv modellarini sinovdan o‘tkazish va taqdim qilishi uchun makon sifatida qaraydilar. Bunda kommunikativ kompetentlik shaxsda sub’ektiv nazorat malakalarining rivojlanganligi, dunyokarashning pozitiv shakli tarkib topganligi, muvaffakiyatga nisbatan intilish, yul-yuriqlarning shakllanganligi, munosabatlarni maqsadga muvofik yo‘lga qo‘yish qobiliyatining mavjudligida namoyon bo‘ladi. Individning ichki psixologik muxitini yaxshilashga esa kommunikativ kompetentlikni ta’minlashning garovi sifatida qaraladi.
Kommunikativ kompetentlik shaxs xulq-atvorining boshqalar tarafidan to‘g‘ri anglanishi bilan ham bog‘liqdir. Inson hatti-harakatlari mazmunining aynan muloqot jarayonida o‘zgalarga to‘g‘ri yetkazilishi shaxsda ijtimoiy sheriklik sub’ekti sifatida qoniqish hissini uyg‘otadi. Pirovardida, kommunikativ kompetentlikning yuqori darajasi jamiyatda muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydi, bu esa mos ravishda kishining o‘zini o‘zi hurmat qilishi darajasiga ham ta’sir qiladi. Kommunikativ kompetentlikning quyi darajasi esa stressga moyillik, xavotirlanish, qo’rquv kabi holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Kommunikativ kompetentlik hamsuhbat bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlash, uning «Men»ini hurmat qilishda namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida o‘quvchiga muloqot sherigi sifatida psixologik jihatdan dalda, madad berishi dars va darsdan tashqari vaqtdagi pedagogik muvaffaqiyatning muhim omillaridan hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi paytda pedagog kadrlar, o‘qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida kommunikativ kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan amaliy kurslar samaradorligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish lozim.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish