Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 1,23 Mb.
bet26/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

Imom Ismoil al-Buxoriy. «Sahih» yo’nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida «Amir ul-mo'minin», «Imom al-muhaddisiyn» («Barcha muhaddislarning peshvosi») degan sharafli nomga sazovor bo’lgan.
Islom dini insonni ma'naviy kamolot sari yetaklovchi ta'limotdir. Shu sababli Qur'oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilarning qat’iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ’ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning «Aljome' as-sahih» asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo’lsa, «Al-adab al-mufrad» («Adab durdonalari») nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o’rtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim bo’lgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 hadisni o’z ichiga oladi.
Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati. Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo’lib, bu fazilatlar sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillilik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o’z aksini topganki, bularning barchasi Qur'oni Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Bir qancha hadislar mazmunan insonni saxovatli bo’lishga undaydi. Saxovatli inson jamiyat taraqqiyotiga ham katta hissa qo’shadi, uning ravnaqi yo’lida mehnat qiladi, atrofdagilarni o’zi ega bo’lgan ne'matlardan bahramand etadi.
Xulq-odob haqidagi hadislarda ezgu insoniy xislatlar ulug’lanib, gunoh sanalgan illatlar qoralanadi. Bundan tashqari, sha'riy udum va urf-odatlarga amal qilish, ularni o’tkazishga oid xulq-odob qoidalari ham bayon etiladi. Turli marosimlarni o’tkazish tartibi, safar qoidalari, salomatlikni saqlash, salomlashish, muomala madaniyati, bemor kishi holini so’rash odobi, kiyinish qoidalari, yemoq-ichmoq, so’zlashish odobi va hokazolar haqida turli tavsiyalar beriladiki, ular bevosita keyingi davrlarda yaratilgan odob-axloq qoidalari borasidagi risolalarning mazmunini yoritishda asos bo’lib xizmat qiladi. Hadislarda jamiyat ravnaqi, insoniyat taraqqiyotining ta'minlanishiga ta'sir etuvchi muammolarga ham jiddiy e'tibor berilgan. Ularning orasida ekologik muammolarga alohida o’rin ajratilgan bo’lib, necha asrlardan buyon o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Ana shunday muammolar mohiyatini o’z mazmunida aks ettirgan hadislarda ekin hamda ko’chatlarni o’tqazish, ularni himoya etish, ariq-zovurlar qazish va ularni vaqti-vaqti bilan tozalab turish, suv chiqarish kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga undovchi fikrlar mujassamlangan.
Demak, hadislar Muhammad payg’ambarimizning sunnatlari bo’lib, mazmunan har bir mo’minning ishonchi, e'tiqodini mustahkamlaydi, shu bilan insonni ma'naviy kamolotga yetaklaydi. «Islom dini ma'rifatga asoslangani uchun ham har bir shaxsni aqliy, jismoniy jihatdan kamolga yetkazishga oid e'tiqod va iymondan iborat bo’lib, faqat ezgulikka xizmat qilish, oliyjanob bo’lish, pokiza yurish, bir burda luqmani halol qilib yeyish, jaholat va jaholatparastlikka yo'1 qo’ymaslik, o’z birodarining, qarindosh-urug’larining, millatining va vatanining qadriyatlarini asrashdan iboratdir». Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston o‘lkasida tarbiyaga oid fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg‘or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, drammaturg, muallim A.Avloniyni (1878-1934) alohida ta’kidlash mumkin. U maktablar ochib, shaxsan o‘zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shgan va ta’lim-tarbiyaga oid “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” singari asarlar yozib qoldirgan. Uning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari o‘zbek klassik pedagogikasining namunasi hisoblanadi. A.Avloniy ushbu asarida tarbiyaga “Tarbiya-“Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir”, deb ta’rif beradi. Uningcha, axloq ilmining asosi tarbiyadir. Bolaning salomat bo‘lishi va saodati, tanini pok tutmog‘i, yoshligidan maslagini tuzatmog‘i, yaxshi xulqlarni o‘rgatmog‘i, yomon xulqlardan saqlab o‘stirishi uchun yaxshi tarbiya zarur. U: “Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan “poklik” degan davoni ustidan berub, katta qilmog‘i lozimdur”,-deydi. A.Avloniyning maslahatiga ko‘ra tarbiya jarayonini bola tug‘ilgan ondan boshlash, unining vujudini quvvatlantirish, fikrini nurlantirish, axloqini go‘zallashtirish, zehnini ravshanlantirib borish kerak. U tarbiyani kim, qaerda amalga oshirishi xususida ham bir qancha tavsiyalar beradi va tarbiyaga mas’ullarni quyidagicha taqsimlaydi:
1. Uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidir, deb hisoblaydi.
2. Maktab, madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumatning vazifasidir, deydi.
A. Avloniy asarda tarbiya qaysi onalarning, qaysi otalar, muallim va mudarrislarning vazifasi?, degan savollarni qo‘yadi va ularga shunday javob beradi:

  • “Qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paxmoq, qo‘li to‘qmoq onalarnimi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar? Bu so‘z kishining yuragini ezadi, bag‘rini yondirdi.

  • “Qaysi ota? To‘ychi, uloqchi, bazmchi, do‘mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko‘zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avvalo ularni o‘zlarini o‘qitmak, tarbiya qilmak lozimdur”.

  • “Qaysi muallim? Maqsadi pul, maslagi shuhrat, yuqori maktablarda o‘qimagan, “usuli ta’li” ko‘rmagan muallimlarni aytursizmi? Avval o‘zlari dorilmualliminlarda o‘qimaklari, so‘ngra dars bermaklari lozimdur”.

  • “Mudarrislarga na dersiz desak, qaysi mudarris? Matlablari osh, maqsadlari chopon, darslari beimtihon, isloh yaqinidan yurmagan mudarrislarni aytursizmi? Bular o‘z vazifalarini bilib, nafslaridan kechib, zamonga muvofiq ravishda darslarini isloh qilib, imtihon birla o‘qutmaklari lozimdur”.

  • Mana shu so‘zlar har kimni “Al-isloh” demakga majbur qilur. Bo‘lmasa hukumat-chi? desak, “xayr, hukumat hammaning otasidur. O‘z fuqarosining bolalarini tarbiya qilmak lozim”.

  • Behbudiy «Risolai asbobi savod» (1904), «Risolai jug‘rofiyai umroniy» (1905), «Risolai jug‘rofiyai Rusiy» (1905), «Kitobat-ul atfol» (1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) kabi kitoblari muallifi. Behbudiy nazarida ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo‘lmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuot sari boshladi. «Padarkush» shu tariqa maydonga keldi. Xullas, 1911 yilda yozilgan «Padarkush» dramasi 1913 yildagina bosilib chiqadi. Kitob jildidagi «Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining yubiley sanasiga bag‘ishlanadi», degan yozuv va uning Tiflis senzurasining ruxsati bilan chop etilishi shuni ko‘rsatadiki, ish oson ko‘chmagan. Pe’sa bosilib chiqqandan keyin ham uni sahnaga qo‘yish uchun yaqin bir yil vaqt ketdi. Muallif bu haqdagi xatlarga javoban kinoyaomuz: “Turkistonda bekor odam yo‘qki, xalq uchun ishlasa. Bekor kishi yo‘qki, teatr sahnasiga chiqib, «masxarabozlik» qilsa”, deb yozgan edi.

«Padarkush» – o‘zbek dramachiligining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif «Milliy fojia» atagan, 3 parda 4 manzarali bu drama hajman juda ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va jo‘n. U jaholat va nodonlik, o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani haqida hikoya qiladi. Orqa-oldini o‘ylamagan boyning Toshmurod ismli o‘g‘li bor. O‘g‘li o‘qimagan. Boy atrofdagilarning gapiga kirmaydi, o‘g‘lini o‘qitmaydi, oqibatda u ko‘cha bezorilariga qo‘shiladi. Restoranda maishatga puli yetmay, sheriklarini tunda uyiga boshlab keladi. Boy uyg‘onib, ularni sezib qoladi. Lekin boyni o‘ldirib, pulini olib ketadilar.
Xulosa: jaholat va nodonlik otaning ham, bolaning ham boshiga yetadi. Agar butun millat shu ahvolga tushsa-chi?! «Padarkush» dastlab Samarqandda 1914 yilning 15 yanvarida sahnaga qo‘yildi. «Xalq nihoyat ko‘p kelib, bilet yetmagani va joyni yo‘qligi uchun uch-to‘rt yuz kishi qaytib ketdi», deb yozadi mahalliy matbuot. Toshkentda 1914-yilning 27-fevralida А.Avloniyning «Turon» truppasi Kolizey (hozirgi Savdo birjasi) binosida o‘z faoliyatini mana shu «Padarkush» bilan boshlagan edi. Spektakl oldidan mashhur Munavvar qori teatrning jamiyat hayotidagi roli va o‘rni haqida nutq so‘zlaydi. Boy rolini Abdulla Avloniyning o‘zi ijro etadi. Mahalliy matbuot bu kunni «tarixiy kun» deb yozadi.
M.Behbudiy milliy til masalasiga katta e’tibor qaratdi. Birgina uning «Oyna» jurnali ma’rifat va madaniyat tarqatishda juda katta xizmat qildi. Unda millat va uning haq-huquqiga, tarixiga til-adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Ayniqsa, til masalalari muharrirning hamisha diqqat markazida bo‘lgan. Behbudiy millatning taraqqiyoti uchun bir necha til bilishni shart hisoblardi. Masalan, jurnalning 1913-yil avgust, birinchi nishona sonidayoq, «Ikki emas, to‘rt til lozim» degan maqola bilan chiqqan edi. Farzand niholga o‘xshaydi. Agar u o'z vaqtida, yaxshi parvarish qilinmasa, to’g’ri o’smay qolishi mumkin. Ota-onaning asosiy vazifasi esa, bolaga chiroyli tarbiya berish, yaxshi inson qilib voyaga yetkazishdir.
Luqmoni Hakimdan “Nega o’g’lingizga juda ko’p nasihat qilasiz?” deb so’rashdi. U zot: “Keksalarning yoshlarga qilgan nasihati xuddi ko'chatlarni voyaga yetkazadigan bog’bon kabidir. U vaqt-vaqti bilan ko'chatlarning ortiqcha shoxlarini kesadi, ular atrofidagi begona o’t-o’lanlarni tozalab tashlaydi. Xullas, uning mustahkam bo’lib o’sishi uchun bor kuch-quvvatini sarflaydi. Agar shunday qilsa, nihol yaxshi o’sib, unadi. Zero, u hosilga kirgach, mevasi asaldek shirin bo’ladi. Aks holda, bog’bon beparvo bo’lib, ko’chatlarning ortiqcha shoxlarini kesmasa, ular baland o’sib, yaxshi hosil bermaydi. Natijada, bunday niholdan bog’bonga foyda yo’q", deya javob bergan ekan.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish