Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga sodiqlik



Download 1,23 Mb.
bet97/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

2.Tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga sodiqlik.
Sharqda yaratilgan qator musulmon etikasining noyob namunalari bo‘lgan asarlar yoshlarni ma’naviy- axloqiy shakllantirishda asosiy mezon, qoida, qo‘llanma, maslahatdan iborat pandnomalar sifatida xizmat qilib kelgan. Bu borada ayniqsa Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston”, Abduraxmon Jomiyning “Baxoriston”, Mir Alisher Navoiyning “Mahbub –ul -qulub”, “Hayrat ul- abror ” kabi asarlari o‘zbek milliy axloqini, ma’naviyatini, qadriyatini yuksaltirishda katta e’tiborga molik shoh asarlardir.
Oilani mustahkamlash, farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashda bevosita Sharq mutafakkirlarining merosidan milliy-ma’naviy qadriyatlar sifatida foydalanish hozirgi kundagi oilalarda mavjud ayrim notabiiy munosabatlar, ko‘rinishlar, hamda kommunistik turmush yuritish tarzining singib ketgan qonuniyatlarini o‘zbek oilasiga zo‘rma-zo‘raki kiritilgan tarbiya usullarini bartarf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustamlakachilik davrida ayrim o‘zbek oilalaridagi milliylik o‘z shakli va mazmunini yo‘qota bordi. Hatto men o‘zbekman deyishga, o‘z millatidan orlanishgacha borib yetgan vaqtlari ham bo‘ldi. Bunday qarashning oqibat natijalarini nafaqat yoshlar, balki ota-onalarning o‘zlarini o‘zbek tilini mensimay rus tilida gaplashishadi; milliy- urf-odatlar, ya’ni qadriyatlarni mensimay eskilik sarqiti deb qarashlarida; oilada bolalar tarbiyasida g‘arb va rus madaniyatiga taqlid qilishda; oilada o‘zaro bir-biri bilan aloqa munosabatida; qaynona-kelin, qariya ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi munosabatda, keksalarni qariyalar uyiga topshirish va hokazolarda ko‘rish mumkin.
Mana shunday nuqsonlarni yo‘qotish va oldini olishda, oilani mustahkamlashda, o‘sayotgan farzandlarni komil insonlar qilib tarbiyalashda Sharq mutafakkirlarining bebaho fikrlari, durdona asarlari, ularning pandnomalari-yu, rivoyatlaridan oqilona foydalanib, ularning maslahatlariga amal qilgan holda ish olib borish tarbiyada qo‘llangan maqsadga erishishning muhim omili ekanligi nafaqat fanda, balki kundalik turmish faoliyatida isbotlandi.
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy me’rosi oilada bolalarni ma’naviy tarbiyasid muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, jamiyatni ham har tomonlama ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ma’naviy, ham madaniy rivojlantirishning muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda bu masalaga nechog‘lik chanqoqlik his qilinayotganligi tobora ravshanlashib bormoqda.
Shu boisdan ham keyingi paytlarda Sharq mutafakkirlarining hayotiga, faoliyatiga va ularning asarlariga bo‘lgan e’tibor va ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Sharq xalqlarining merosi xilma-xil, ajoyib afsonaviy va tarixiy dostonlarga, masal va rivoyatlarga boy bo‘lib, mavzu jihatdan bir-biriga chambarchas bog‘langan.
Bu asarlar o‘z muxtasarligi, ravonligi, qiziqarliligi, ohangdorligi hamda didaktik ahamiyati, g‘oyaviy mazmuni, ma’naviy to‘qligi, hayotiyligi bilan, xalqqa yaqinligi bilan insonlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda o‘zgacha muhim ahamiyatga egaligi bilan ham qadrlidir.
Mutafakkirlarning hikimatli so‘zlari bilan birga, ilg‘or qarashlari va umumma’rifiy orzularini tarannum etuvchi voqea va hodisalar o‘zining tarbiyaviy mazmuni bilan yoshlarni komil insonlar sifatida tarbiyalashda asosiy omil sifatida xizmat qilishi mumkin. Zero, mutafakkirlar merosida keltirilgan hikoyalarda, matalu rivoyatlarda nomus va poklik, insof va adolat, muruvvatlilik va haqgo‘ylik kabi ijobiy fazilatlarga qarama-qarshi qabixlik, tovlamachilik, riyokorlik, muttahamlik kabilar qo‘yiladi. Ko‘pgina xikoyalar zamirida inson o‘ziga kerakli xulosalar chiqarib oladi. Eng ahamiyatlisi shundaki, bu o‘git va nasihatlar o‘tmishdagi ulug‘ mutafakkirlar va donishmandlarning tarixiy hikoya va hikmatli so‘zlari orqali inson ongiga yetkaziladi.Chunki donishmandlar hayot tajribalari, nafis didlari, murakkab ruhiy holatlari va bilim darajalariga tayangan holda xulosalar chiqarib chuqur mazmunli fikrlar bayon etganlar. Bu fikriy kashfiyotlar asrlar davomida insonni ma’naviy go‘zal qilib tarbiyalash uchun xizmat qilish bilan birga, o‘z fikr- mulohazalarini chuqur va nafis ifodalashga ham o‘rgatadi.
Sharq mutafakkirlari asarlarining mazmunidan kelib chiqadigan fikrlar nafaqat yoshlar tarbiyasi, oila muammolari, balki davlat ahamiyatidagi qator axloqiy-ma’rifiy va ijtimoiy muammolarni ham hal etishda muhim rol o‘ynaydi.
Mutafakkirlar merosida oilada bolalarga singdiriladigan aql, odob, hayo, insonparvarlik asosiy axloqiy mezon sifatida qaraladi. Bunday axloqiy sifatlarni bolalarda shakllantirishda asosan hikmatlardan samarali foydalanish yaxshi natijalar berishini ta’kidlab, ular o‘z nasihatlarini, o‘gitlarini rivoyatu-hikmatlar asosida bayon etishga harakat qilishgan.
Sharq mutafakkirlarining oila va oilada bola tarbiyasi yuzasidagi qarashlari bilan tanishar ekanmiz, Markaziy Osiyodagi axloqiy fikrlar tarixida, inson faoliyati uchun, farzandlar kamoli uchun, oilaviy munosabatlarni talab doirasida olib borish uchun qator uslubiy va nazariy fikrlarni uchuratish mumkinki, bu asarlar bugungi kunda oilada bolalarni ma’naviy- axloqiy tarbiyalashda dasturil amal sifatida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Sharq mutafakkirlari asarlarining shuxrati nafaqat Markaziy Osiyoda, balki xorijiy mamlakatlarda ham keng yoyilgan bo‘lib, ko‘p tillarga tarjima qilingan. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, buyuk allomalarimiz yangitdan dunyoga keldilar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xaqiqiy tariximiz tiklanib yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol ruhi mukammal singdirilmoqda. Hayotda har bir inson o‘z qadriyatlari bilan yashaydi. Mavjud qadriyatlar esa uning kimligini belgilaydi. Agarda fan nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, odamlarni shartli ravishda beshta toifaga bo‘lish mumkin.
1- toifadagilar faqat oila muammolari bilan;
2 – toifa- oila, maxalla, tuman, shaxar muammolari bilan;
3 - toifadagilar yanada kengroq viloyat muammolari bilan;
4- toifadagilar mamlakat muammolari bilan;
5- toifadagilar dunyodagi muammolar bilan qiziqadi, o‘ylaydi va yashaydi.
Fuqarolarimiz ichida dunyoqarashi keng bo‘lgan insonlar ko‘p. Ular nafaqat o‘zlari haqida, balki boshqa insonlar haqida xam qayg‘uradilar. Buyuk bobomiz Alisher Navoiyning “Odami ersang demagil odami, onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami” so‘zlari aynan barkamol insonlarga qaratilgan. Bizning oliy maqsadimiz “Ozod, obod Vatan va farovon turmush”ga erishishdir. Bu buyuk yo‘ldan biz bormoqdamiz va xalqimiz kundan-kunga farovonlikka erishmoqda.
Har bir inson o‘z hayotida ijtimoiy faol bo‘lishlikka intilishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, o‘z shaxsiy qadriyatlarini shakllantirishga erishishi, oilaviy turmushga tayyor bo‘lishi, ilm olishga intilishi, hayoti uchun zarur bo‘ladigan mehnat malakalariga ega bo‘lishi, madaniy hordiq chiqara olishi va, albatta, Vatan oldidagi burchini bajara olishga tayyor bo‘lishi lozim.
Milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz xususida gap ketganda, faqat o‘zimizga xos va mos bo‘lgan mahalla instituti xususida fikr yuritmaslik mumkin emas. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining asosiy bo‘g‘inini maxalla tashkil etadi. Mahalla- fuqarolar intilishi va sa’y- xarakati tufayli muayyan milliy, axloqiy tartib-qoidalarga rioya qilish,ma’raka- mavrid, yaxshi yomon kunlarni birga o‘tkazish, axillikni ta’minlashga xizmat qiladigan ijtimoiy- iqtisodiy va hududiy jamoadir. Mahalla – hokimiyat bilan kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, jamiyatda barqarorlik, osoyishtalik hamda totuvlikni ta’minlashga xizmat qiladigan noyob tuzilmadir.
Mahalla deganda insonlarning belgilangan ma’lum bir hududda jamoa bo‘lib yashashlari tushuniladi. Ta’kidlash joizki, o‘zini-o‘zi idora qilish qadimgi Sharq mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston hududida vujudga kelgan ilk davlatlar va ularning boshqaruv faoliyatida ham yorqin ifodasini topgan. O‘zbek mahallalari o‘zida jamoatchilik ruxi, insonparvarlik, o‘zaro yordam, insof, diyonat, raxmdillik kabi insoniy tuyg‘ular bilan sug‘orilgan holda shakllangan katta oiladir.
O‘zbekiston hukumatining mahallani rivojlantirish borasida olib borayotgan siyosati ikki muhim vazifani hal etishni ko‘zda tutadi:
birinchisi- ma’naviy vazifa bo‘lib, u xalqimizning ming yillik tarixidagi noyob, eng aziz an’analarni, qadriyatlarni qaytadan tiklash va rivojlantirishdan iborat ;
ikkinchisi – siyosiy huquqiy vazifa bo‘lib, mahalla instituni bugungi zamon talablariga muvofiq tarzda tiklash barobarida viloyat, shaxar, tuman hokimlari zimmasiga yuklatilgan ko‘pgina vazifa va huquqlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, ya’ni mahallalarga berib, ularning maqomini ko‘tarish, shu tariqa jamiyatimiz hayotini demokratlashtirishda yangi va juda muhim qadamlar tashlashdan iborat.
Ayni paytda o‘zini-o‘zi boshqarish, davlat hokimiyati idoralari ustidan jamoat nazoratini o‘rnatish, axolining kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashda hamda ta’lim-tarbiya jarayonida mahalla institutining o‘z o‘rni bor. Bir mahallada ahil va inoqlikda yashayotgan kishilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga milliy qadriyatlarimizning bir qismi bo‘lmish mehr- muruvvat, sahovat ko‘rsatishni o‘zlarining sharafli burchi deb bilmoqda.
Mahallaning huquqiy- tarbiyaviy ahamiyati shundaki, insonnning kamolga erishishida asosan oilaviy muhit asosiy o‘rin egallaydi, mahalla esa mazkur oilaviy muhitga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, asrlar davomida shakllangan an’analarimizdan farzand tarbiyasiga oila bilan birga mahalla ham mas’ul bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ularning yoshlar tarbiyasidagi ishtiroki tobora susayib boryotgani ko‘zga tashlanadi. Nazarimizda, jamoat joylarida yoshlarning nojo‘ya harakatlariga, qo‘polliklariga o‘rta va keksa avlod vakillarini go‘yo kuzatuvchi bo‘lib qolayotgandek. Ba’zan o‘rta va keksa avlod vakillarining tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatish hollari ham uchrab turibdi. Bundan hulosa shuki, davlat va nodavlat jamoat tashkilotlari ma’naviy qadriyatlar asosida yoshlarni tarbiyalashda faol ishtirok etishlari lozim. Jamoat joylarida va traesportlarda kishi o‘zini qanday tutishi haqida eslatma plakatlar, fotolavhalar va boshqa ko‘rgazmali targ‘ibot-tashviqot vositalari tashkil etilishi kerak. Chunki kishilarga jamoat transportiga chiqqanida belgilangan tartibga amal qilishi, xushmuomala bo‘lishi, yoshi katta, nogiron va yosh bolali kishilarga joy berishi va boshqalar to‘g‘risida ushbu ko‘rgazmali targ‘ibot-tashviqot vositasi orqali eslatib turilishi lozim.
Ma’naviyat sohasida mahallaning eng asosiy vazifalaridan biri, xalqimizning ming yillik tarixidagi noyob, eng aziz milliy an’analarni, qadriyatlarni tiklash va rivojlantirishdan iborat. Mahalladagi yoshlarni Vatanni sevish, uni ardoqlash ruhida tarbiyalash davr talabidir. Tarbiyaviy ishlarda yoshlar o‘rtasidagi befarqlik, loqaydlikni bartaraf etish lozim.
Insonning insoniy fazilatlari, eng avvalo, nasldan o‘tadi. Bu fazilatlar inson yashayotgan muhitda mustahkamlanadi va tarbiya orqali boshqariladi. Bu marakkab jarayon ishtirokchisi bo‘lmish odam bolasi oilada, o‘quv yurtlarida va ijtimoiy hayotda sinovdan o‘tadi. Hayot bizlar o‘ylaganchalik oddiy emas. Bola dunyoga kelgach, barcha bolalar kabi bir xil shakl va mazmun egasi bo‘ladi. Keyingi hayot uni yo yaxshi yo‘lga, yo yomon yulga olib kirib ketadi.
Mamlakatimizda barcha fuqarolar uchun bir xilda Konstitutsiyaviy xuquq va burch belgilangan. Buni hamma ham bir xil anglamasligi oqibatida kimdir nasl qurboni, kimdir muhit qurboni kimdir tarbiya qurboniga aylanadi va oqibatda ayrim insonlar hayotdagi jiddiy to‘siqlarga uchraydi.
Keyingi paytlarda uchrayotgan oilalardagi, mahallalardagi, o‘quv muassasalaridagi nosog‘lom muhit, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi nopedagogik munosabatlar, mas’uliyatsizliklar, yoshlar taqdiriga befarqlik oqibatida har xil diniy oqimlarga kirib ketishlar yoshlar hayotiga tahdid solmoqda. Bu salbiy holat har bir sog‘lom fikrlovchi insonlarni chuqur o‘ylantirishi lozim.
Har qanday muammoning kelib chiqish sabablari oldindan batafsil o‘rganilsa, uning yechimi oson bo‘ladi. Ko‘pincha bizlar muammo vujudga kelganidan so‘nggina faoliyatimizni kuchaytiramiz. Bu o‘z-o‘zidan teskari samara beradi. Maqsadimiz yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash ekan, bunda bola tug‘ilgan kundan to u haqiqiy hayotga kirguncha uning shakllanishi doimiy jamoatchilik nazoratida bo‘lishini ta’minlashimiz kerak. Kattalarning shaxsiy namunasi esa bunda muhim rol o‘ynaydi.
Biz o‘z tarixi bilan faxrlanadigan insonlarni tarbiyalashimiz va shakllantirishimiz, bunda milliy g‘urur va milliy qadriyatlarimizga tayanishimiz va undan unumli foydalanishimiz zarur.
Ming afsuski, hali odamlarimiz ichida dunyoqarashi va siyosiy savodxonligi zamon talablariga javob bera olmaydigan har xil toifadagi fuqarolarning borligi achinarli holat. Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya, ayniqsa, mafkuraviy ishlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tashkilotlar asosiy e’tiborni yoshlarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirishga, hozirgi o‘tish davrida iqtisodiy soxani inson uchun hayotiy zaruriy ustuvor masala ekanligiga qaratishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirgi kunda tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni saqlash va unga rioya qilish dolzarb muammolardan biridir. Chunki, fan va texnikaning rivojlanishi, demografik holatning o‘sishi, ya’ni jahonda insoniyat turmush tarzining takomillashib borishi milliy va ma’naviy qadriyatlarning ahamiyatini oshirmoqda. Shu bois, qadriyatlar tizimida ekologik- huquqiy ong va tafakkur, ekologik- huquqiy ta’lim va tarbiya, ekologik- huquqiy ma’naviyat va madaniyat bugun hayotimizning eng zarur qismiga aylanmoqda.
Istiqlol bilan bog‘liq ahamiyatli molik yana bir yangilik, milliy qadriyatlarimizdan asrlar davomida yashab kelayotgan boqiy bayramimiz- Navro‘zning yurtimizga qaytgani bo‘ldi. Sobiq sho‘rolar davrida “diniy sarqit”, “bid’at” va boshqa bir qancha tamg‘alar bilan badnom qilishga urnilgan bu bayramimiz yana dunyo yuzini ko‘rdi. 1990 yil 2 mayda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Farmoniga mufoviq “Navro‘z” qayta tiklanib, 21 mart dam olish kuni deb belgilandi. Xalqimiz sayllarga chiqib, bir- birlarining holidan xabar olib, mexr va sahovatga muhtoj kishilarga muruvvat ko‘rsatib kelmoqdalar.
Navro‘zi olamning qaytishi xalqimiz ruhiyatini ko‘tardi. Navro‘z bayrami bilan birga arlar davomida e’zozlab kelingan urf- odatlarimiz, an’ana va o‘yinlarimiz qayta tiklandi.
Mamlakatimizda yoshlarga ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya berishda bir qator ilmiy- nazariy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu esa o‘z navbatida yurtimizda ekologiya sohasidagi milliy qadriyatlar. Urf- odatlar bilan bog‘liq ta’lim- tarbiya jarayonini mustahkamlamoqda.
Yosh avlodni tarbiyalashda milliy-ma’naviy qadriyatlar juda katta tarbiyaviy kuchga ega. Ularga sodiqlik bizni milliy birlik sifatida jahon miqyosida betakrorligimizni ta’minlaydi. Tilimiz, urf- odatlar, an’ana va udumlarimiz shunchaki o‘tmishdan qolgan meros emas, balki o‘zligimizni anglashimiz shartidir. Biz bu qadriyatlarimizning naqadar muhim ekanligini anglay olsak, millat sifatida o‘zligimizni saqlab qolamiz.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish