“Vatan ostonadan boshlanadi” " mavzusidagi ertalikning maqsadi ham, ahamiyati
ham Vatan tuyg’uning muqaddasligini aniqlashga yo`naltirilgan. Ertalikni o`tkazish
uchun maktab sahnasi chiroyli qilib bezatiladi. O’zbekistonning davlat bayrog’i,
gerbi sahna to`riga qo`yiladi. Sahnadan O’zbekistonimiz go`zal tabiati aks
ettirilgan rasmlar, yetishtirilgan noz-ne'matlar o`rin oladi.
Ertalik o 'qituvchining kirish so 'zi bilan ochiladi.
Ona vatanimiz - hur O’zbekiston!
Istiqlol tufayli Ochadi jamol.
Insonlar dili O`urur va iymon,
Mehr-Oqibatda topmoqda kamol.
Sahnaga o 'zga sayyoraliklarning fazoviy kemasi chiroqlarini o 'chirib-yondirib
keladi va to 'xtaydi.
Undan ovoz eshitiladi:
- Men - Mars! Men - Mars! Meni eshitayapsizmi? Kemaning quvvat olish
qismi ishlamay qoldi. Men bir notanish sayyoraga qo`nishga majburman.
Kemadan ikki kishi tushib keladi. Ular sahnadagi narsalarni, davradagi
odamlarni ko 'rib, hayron bo 'ladilar.
1-mehmon:
Bu qaysi sayyora?
Olamning qaysi nuqtasi?
Nomi nedir?
Unda kimlar yashaydi?
2-mehmon: Bunchalar go’zal bo’ston,
Jon olar guliston,
Bu qanday sayyoradir?
Undan ko’zlar qamashar.
Ikkala mehmon:
Atrofni qarang,
Misoli jannat.
Yam-yashil bog’lar
Qo’zg’atar hayrat.
O 'quvchi: Bu sayyora, Ona yerdir,
Yer va inson do`stlashgan.
Jannat kabi go`zal bu yurt
Nomin aytar, sen eshit,
O`quvchilar jonli harflar bilan "O’zbekiston" so`zini hosil qilishga
kirishadilar:
O`-o`zligimni topdi o`zbek sunbularning kunida,
Z- Zamon silsilasi qaytaraolmas maqsaddan.
B - Baht-saodat kelar albat, ahil bo`lsak, bizlarga,
E - Ezgu tilak, insoniylik burchimiz.
K - Kamolot, uluo`lik tomon intilar xalqim,
I - Insonlar orzusi yetuklik, axir.
S - Sabr-toqat, iymon bo`lsa-da yo`ldosh,
T - Tinch o`tar inson umri, baxt unga doim yuldosh.
O - Orzu-niyatlarimiz: tinch bo`lsin butun jahon,
N - Nomi jahonda jaranglar ona yurt - O’zbekiston!!!
2-mehmon: Ofarin, ofarin! Doimo bo`lsin omon, Yurtingiz va xalqingiz doimo
bo`lsin omon.
Mehmon: Bu ne shodiyona, qanday tantan,
Nega bunda barcha odam jamuljam?
O 'quvchi: Yurtimizda bayramlar ko`p, to`ylar ko`p,
Bao`rikenglik, mehmondo`stlik bizga xos, Mustaqil O’zbekiston
madhini kuylash Dilimizga nur, qalbimizga zur quvonch.
Mehmon: Vataningiz ancha issiq, Yuzingizda ajib nur.
Menimcha, har kuningiz, Juda o`tadi masrur.
O 'quvchi: Serquyoshdir vatanim,
Qalbimiz quyoshdan-da iliq,
Shuning uchun har kunimiz
Boshlanadi qo`shiqdan.
O 'zbekiston davlat madhiyasi ijro etiladi.
Mehmon:
Yurtingiz O’zbekiston,
Juda go`zal bu makon,
Davlatingiz ramzlari
Ne bildirar, qadrdon?
O 'quvchi: Xalqim orzu-niyati
Dilga quvonch soladi.
Bayrog’imiz dunyo uzra,
Yuitga dovruo` soladi.
Bayroqdagi to`rt xil rang,
Hamohangdir birlikda.
Bir-birini to`ldirib,
Maqsad sari tenglikda.
O 'quvchi: Havo rang - tinchlik demak,
Oq rangdir - poklik ramzi.
Yashil - yashnagay el,
Qizil rang - hayot ramzi,
Yulduziari doimo sirli
Ma'nolarni so`zlaydi.
O`n ikki - bu o`n ikki oy,
Tarixdan so`zlaydi
Yangi chiqqan to`lin oy,
Har ko`zni o`zga chorlar.
Duoga ochamiz qo'1
Dilga nur, poklik solar.
Mehmon:
Bayrog’ngiz dunyo bo`ylab,
Hilpirasin, dovruo` solsin.
Yurt maqsadi, omzi,
O`sib kamolga yetsin.
o`quvchi:
To’g’rimizda-chi, orzu
Aks etgandir, biling siz,
Humo qushi yetaklar,
Maqsad sari, biling siz.
Paxta-buo`doy chambari To`kinlik,
to`qlik ramzi.
Quyosh, yulduz, suv, togiar
Yashnagan yurt timsoli.
Mehmon:
So`zlaringiztilimizni,
Ko`nglimizni choo` qildi.
Yurtingizga mehringiz
Bizni hayron, lol qildi.
Yurtni sevmoq bizlarga
Payg`ambardan merosdir.
Temur bobom o`gitlari
Durlar ichra olmosdir.
Nomi dunyoda mashhur
Bobolarim bor mening,
Uluo`bek, Sino, Bobur,
Navoiy - jonim mening.
Shoirlarim so`zlaydi,
Vatan madhini a'lo.
Ko`ngillarning madhida
Mustaqillik bebaho.
Shu yerda o`quvchilar shoirlarning ona-Vatanni uluo`lovchi she 'rlaridan, qo
'shiqlaridan o 'qiydilar, maqol va hadislar aytadilar, raqsga tushadilar.
Mehmon:
Samo uzra kemamiz,
Yo`l kezib qanot qoqdi.
Yurt, odamlar ichra suzib,
Chin dildan bizga yoqdi.
O 'quvchi:
Sizlar hali biz bilan,
Ko`p suhbat qurmadingiz,
Yurtim bo`stonlarida,
Sayr qilib yurmadingiz.
Shundan so 'ng o 'quvchilar sahnada davra aylanib, qo 'llaridagi O’zbekistonning
noz-ne'matlarini, gullarini namoyish qiladi. Ularni tavsif etadilar.
O 'quvchi:
Poklik, oqlikni paxta
Xalqim dilidan olgan.
Shuning-chun paxta qadri
Oltindan ortiq bo`lgan.
Hamma o 'quvchilar:
Qancha aytsak shuncha oz
O’zbekiston madhini,
Ko`nglimiz to`q, zo`r ishonch,
"Vatan -barchamizniki!"
Shu yerda fazoviy kemaning chiroqlari yonib, shu 'la socha boshlaydi.
Mehmon: \Ey, aziz insonlar, baxtlisiz doim,
Shunday yurt, shunday el ichrasiz doim.
Sizning sururingizdan ko`nglimiz to`ldi.
Ona-yurtga mehringizdan,
Serquyosh yurtingizdan,
Quvvat olib kemamiz
Uchishga tayyor bo`ldi.
Mehmonlar:
Xayrlashamiz! Qolar omad siz bilan,
Yashnasin el! Qolar iymon siz bilan.
O`quvchilar:
Biz o`zbeklar mehmonlarni uluo` ko`ramiz,
Yerga tashrifingizni qutluo` bilamiz,
"Oq yo`l" deymiz ko`ksimizda qoiimiz.
Mehmonlarga doim ochiq uyimiz.
O 'qituvchining xotima so 'zlari bilan ertalikyakunlanadi:
Aql - boylik, bergan bilan kamaymas,
Vatan madhin aytgan bilan tugamas.
"Sog`lom avlod" o`zligini xor qilmas,
El-u yurtin ulug`lagan kam boimas!
Rahmat, o`quvchilar!
El-u yurtimiz baxtiga doimo sog`-salomat bo`hnglar. Har biringiz Vatan
ostonadan boshlanishini, Vatanni sevish Onani sevish bilan barobar ekanligini
unutmang va ona Vatanimiz O’zbekistonni ko’z qorachig’iday asrang!
Boshlangich sinflarda bu kabi ertaliklarni o`tkazib borish o`quvchilarda ona-
Vatanga mehr-muhabbat, undan faxrlanish tuyg’uni orttiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |