Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta ta’minotining meyorlashtirilishi. Sug’urtaviy baholash va sug’urtaviy qoplash tartibini soddalashtirish maqsadida sug’urta bahosiga nisbatan foizlarda yoki bir obyektga so’mlada sug’urta ta’minitining meyorlari belgilanadi.
Sug’urtaning ixtiyoriy shakli quyidagi tamoyillar asosida qurilgan.
Ixtiyoriy sug‘urta qonunchilik asosida va ixtiyoriy ravishda amal qiladi. Qonunchilik ixtiyoriy sug‘urtaga tegishli obyektlarni va sug‘urtaning umumiy shartlarini belgilab beradi. Konkret shartlar esa, sug‘urtalovchilar tomonidan ishlab chiqiladigan sug‘urta qoidalari orqali tartibga solinadi.
Sug‘urtada ixtiyoriy qatnashish to‘la holda faqat sug‘urtalanuvchilar uchun xarakterlidir. Agar sug‘urtalanuvchining xohishi sug‘urta qoidalariga zid kelmasa, sug‘urtalovchi obyektni sug‘urta qilishdan bosh tortish huquqiga ega emas. Bu tamoyil sug‘urtalanuvchining birinchi talabi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzilishini kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |