Ixtiyoriy sug‘urtani tanlab qamrab olishi. Barcha shaxslar ham unda ishtirok etish istagini bildiravermaydilar. Bundan tashqari, shartnomalar tuzishda sug‘urta shartlari bo‘yicha chegaralashlar ham amal qiladi.
Ixtiyoriy sug‘urta doimo sug‘urta muddati bilan chegaralanadi. Bunda muddatning boshlanishi va tugashi shartnomada qat’iy kelishib olinadi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi sug‘urta holati faqatgina sug‘urta davrida sodir bo‘lgandagina to‘lanadi. Ixtiyoriy sug‘urtaning uzluksizligini faqatgina yangi muddatga qayta shartnoma tuzish yo‘li bilangina ta’minlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |