99
- texnologik koeffitsientlar usuli. Bu usul xarajatlarning texnologik
koeffitsientlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmlari to’g’risida
ma’lumotlar olish imkonini beradi;
- uy xo’jaliklari va korxonalar rahbarlari orasida so’rovlar o’tkazish. Bu
xufiyona sektor hajmini ekspert baholash imkonini beradi
84
.
Adabiyotlarda xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etishning bir nechta
yo’nalishlari mavjudligi ta’kidlanadi. Bulardan birinchisi mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish davlat strategiyasi bo’lib, u milliy xo’jalik modelining asosiy
parametrlarini belgilaydi. Xufiyona iqtisodiyot miqyoslarini kengayib ketishini oldini
olish borasidagi strategiyaning muhim elementlari quyidagilardan iborat:
- xufiyona iqtisodiyotni minimumga yetkazish – eng asosiy strategik maqsad;
-
halol
raqobat
asosida
milliy
iqtisodiyotni
asosiy makroiqtisodiy
parametrlarini shakllantirish;
- monopoliyaga qarshi samarali siyosat olib borish;
- xufiyona iqtisodiyotning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqyoslarini
belgilash.
Xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etishning boshqa yo’nalishlari
ham mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi.
Mukammal xo’jalik huquqini shakllantirish halol faoliyat olib borish uchun
ma’lum rag’batlarni yaratadi.
Mamlakatda aholi turmush darajasini oshirishga va kam ta’minlanganlarni
muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy siyosat olib borish.
Biznes bilan bo’ladigan munosabatlar. Bunda davlat hokimiyatini xususiy
biznes bilan o’zaro munosabatlarida asosiy tamoyillarga rioya qilish ko’zda tutiladi.
Davlatning jazolash funksiyalaridan foydalanish. Bunday funksiya davlatning
kriminal iqtisodiyotga qarshi kurashi bilan bog’liq.
Davlatning tarbiyaviy funksiyasini qo’llash. Bu ta’lim tizimi va ommaviy
axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Uning muhim elementlariga quyidagilar
kiradi: qonunlarga itoat etish madaniyatini shakllantirish, zo’ravonlik, narkobiznes,
fohishabozlik, pornografiyani qoralash, jamiyatning ma’naviy-ahloqiy tamoyillari
asosida milliy g’oyani shakllantirish.
Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish. Bunda oila,
diniy tashkilotlar, o’z-o’zini boshqarish organlari, mehnat jamoalari, turli ijtimoiy
tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, ijodiy uyushmalar kabi ijtimoiy institutlar
bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ko’zda tutiladi.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish ham xufiyona
iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatishning bir yo’nalishi hisoblanadi.
Xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etishning mana shu
yo’nalishlarini samarali amalga oshirish mamlakatda bunday iqtisodiyotning
miqyoslarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: